O’simliklar fiziologiyasi



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Turlarga xos immunitet.
 
Turlarga xos immunitet birinchi bor N.I.Vavilov tomonidan fanga 
kiritilgan (Medvedev, 2004). Turlarga xos immunitetning ma’nosi shundaki, o‘simliklaming har bir turi 
aksariyat ko‘pchilik patogenlarga nisbatan chidamlilik xususiyatiga egadir. Ammo patogen-
zaharlovchilarning ayrimlari evolutsiya davomida o‘simliklardagi mavjud immunitetga qarshi, ya’ni 
ushbu o‘simlikni zaharlashi mumkin bo‘lgan xossalarini egallagan. 
Shuni aytib o‘tish lozimki, xuddi odamlar va hayvonlar organizmidagi kabi ko‘pchilik 
o‘simliklarda patogenlarga nisbatan “
tug'ma immunitet” 
mavjud. Biz bunga misol qilib hujayra devorlari 
va o‘simlikning tashqi qobiqlarini keltirishimiz mumkin. Chunki, faqatgina ulaming zararlanishi patogen-
tekinxo‘rlarga yo‘l ochishi mumkin. Shuningdek, o‘simliklardagi turlarga xos immunitetning у ana biri 
bu ulaming patogenlar uchun oziq sifatida yaramasligi yoki ular to^qimalari tarkibida patogenlarning 
muqobil rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalar, Masalan, sterinlar miqdorining kamligidir. 
O‘simliklar to‘qimalarida doimiy ravishda patogenlar uchun zaharli hisoblangan toksik birikmalaming 
turi juda ko‘p. Ammo ulaming ayrimlari doimiy ravishda faol shaklda, Masalan, saponinlar, yoki 
vakuolalarda faol bo‘lmagan holatda masalan, tsianogen glikozidlar va glukozinlitlar joylashgan bo‘lishi 
hamda faqatgina pathogen tomonidan hujayralar zararlanganda faol shaklga o‘tishi mumkin. Ushbu 
prototoksinlar 
fitoantisipinlar 
deb ataladi va ulaming biosintezi pathogen ta’siri natijasida faollashadi 
sitoplazmatik fermentlar ishi natijasida yuz beradi. Fitoantisipinlar patogenning o'simlik to‘qimalariga 
kirishida ular uchun birinchi kimyoviy to'siq hisoblanadi.
Fitoaleksinlar 
o‘simliklarning patogen bilan zararlangan joyida ko‘plab sintezlanadi va 
patogenez jarayonida o‘ta sezgir reaktsiyalarborayotganligining asosiy ko‘rsatkichidir. Shuning uchun 
ham fitoaleksinlar fitoantisipinlardan farqli o’laroq faqatgina zararlangan o‘simlik to‘qimalarida 
sintezlanadi, ya’ni ular sog‘ to‘qimalarda bo‘lmaydi. Turli tur o‘simliklari ikkilamchi moddalar-
fitoaleksinlar sifatida har xil moddalarni sintezlaydi. Masalan, o‘simliklaming patogenlar bilan 
zararlanishi natijasida dukkakdoshlar oilasi vakillarida izoflavonoidlar-medikarpin (bedada) va glitseolin-
1 (soyada) sintezlansa, ituzumdoshlarda seskviterpenlar-rishitin (kartoshka, pomidor) va kapsidol (bulg‘or 
qalampiri, tamaki) hosil bo‘ladi. O‘simliklaming kimyoviy himoyalanishi tizimiga fitoaleksinlar va PR-
oqsillardan tashqari patogenlar uchun toksik modda hisoblangan tionin va defenzin kabi peptidlar ham 
kiradi. 
Tioninlar 
sisteinga boy kichik molekulali oqsillar bo‘lib fosfolipidlarga ta’sir qilish xususiyatiga 
ega va shu sababli hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini buzadi. Shuning uchun ham tioninlar nafaqat 
patogenlar bo‘lgan zamburug‘lar va griblarga, balki har qanaqa tirik organizm hujayrasiga zararli ta’sir 
qilishi mumkin. 
Defenzinlar 
o‘simliklarda bakteriyalar va patogen zamburug'larga javob reaksiyasi sifatida 
sintezlanadi va ular tioninlardan farqli ularoq membranalar tuzilishiga ta’sir qilmasdan uning potensialini 
o‘zgartiradi.


O’simliklar fiziologiyasi
164 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish