O’simliklar fiziologiyasi


Noqulay omillar ta’sirida o’simliklarda paydo bo’ladigan nospesifik o’zgarishlar - stresslar



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

 
Noqulay omillar ta’sirida o’simliklarda paydo bo’ladigan nospesifik o’zgarishlar - stresslar. 
Tashqi muhitning noqulay omillari ta’siri qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Evolyusiya davomida 
bunday noqulay omillar ta’siriga o’simliklar moslasha boradi. O’simlik to’qimalarida o’ziga xos 
fiziologik-biokimyoviy o’zgarishlar roy beradi, natijada o’simlik shu sharoitga moslasha boradi va 
kelajak avlodlarning noqulay sharoitga bo’lgan chidamliligi orta boradi. Ya’ni o’zlarini himoyalash 
qobiliyati paydo bo’lib, ular rivojlana boradi. O’simlikning aniq bir yashash muhitiga moslashuvi 
adaptasiyalanish deyiladi. Bunday funksiyalarning mavjudligi barcha fiziologik jarayonlar kabi zaruriy 
hisoblanadi. Noqulay omillarning qisqa yoki uzoq muddatli ta’siriga moslashmagan o’simliklarning 
metabolitik jarayonlari kuchli zararlanadi va ular nobud bo’lishlari mumkin.
 
Noqulay omillar ta’siridan organizmda paydo bo’ladigan nospesifik o’zgarishlar yig’indisi - 
stress 
bo’lib, bu o’zgarishlarni royobga keltiradigan kuchli ta’sir etuvchi omillar 
stressorlar
deyiladi. 
O’simliklar tanasida stressni royobga keltiruvchi omillarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin: 
1.
Fizikaviy - suv yetishmasligi yoki ortiqligi, yorug’lik va haroratlarning o’zgarishi, radioaktiv nurlar 
va mexanik ta’sirlar. 
2.
Kimyoviy – har xil tuzlar, gazlar, gerbisidlar, fungisidlar, sanoat chiqindilari va boshqalar. 
3.
Biologik – shikastlovchi hasharotlar patogen mikroorganizmlar, parazitlar, boshqa o’simliklar bilan 
konkurensiya va boshqalar. 
O’simliklarning stressorlar ta’siriga chidamliligi o’sish va rivojlanish bosqichlarida ham har xil 
bo’ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori bo’ladi. Eng chidamsizlik – o’simliklarning yosh 
maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o’simliklarning o’sish va rivojlanishi bilan bir qatorda ularning 
chidamlilik darajasi ham pishib yetilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo o’simliklarning gullash fazasi, 
ayniqsa gametalarning shakllanish muddati ham kritik sanaladi. Chunki bu muddatda o’simliklar 
stressorlar ta’siridan kuchli zararlanishi va hosildorlikni keskin kamaytirishi mumkin. 
Kuchli va tez ortib borayotgan stressorlar ta’siridan paydo bo’ladigan nospesifik jarayonlarga 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

Membranalar o’tkazuvchanligi ortadi va membrana potensiali o’zgarishi natijasida, ionlar almashuvi 
ham buziladi. 

Sitoplazmaga Ca
2+ 
kirishi o’zgaradi. 

Sitoplazmada pN nordonlik tomonga o’zgaradi. 


O’simliklar fiziologiyasi
155 

Protoplazmaning qovushqoqligi ortadi. 

Kislorodning yutilishi va ATF sarflanishi kuchayadi. 

Gidrolitik jarayonlar tezlashadi.

Stress oqsillarning hosil bo’lishi faollashadi . 

Plazmolemmadagi N

- pompalarning faolligi ortadi. 

Etilen va ABK sintezi tezlashadi, hujayralarning bo’linishi va o’sishi sekinlashadi, fiziologik va 
metabolitik jarayonlar o’zgaradi. 
Yuqorida sanab o’tilgan stress reaksiyalar istalgan stressorlar ta’siridan sodir bo’lishi mumkin. 
Ular hujayra strukturalarini himoyalashga va noqulay o’zgarishlardan saqlashga qaratilgan(Polevoy, 
1989). O’z navbatida nospesifik o’zgarishlar bilan bir qatorda spesifik o’zgarishlar ham paydo bo’ladi 
(ular haqida keyingi konkret omillarning ta’sirini izohlashda to’xtaymiz). 
Noqulay omillar ta’siridan hujayrada uglevodlar va ayniqsa prolin (aminokislota) miqdori ham 
ko’payadi va himoya reaksiyalarida ishtirok etadi. O’simliklarga suv yetishmaganida, hujayra 
sitoplazmasida (arpa, shpinat, g’o’za) prolin konsentrasiyasi 100 martagacha ko’paygani aniqlangan. 
Prolin oqsillarni denaturasiyadan saqlaydi. Prolin to’planganda, osmotik faol modda bo’lganligi uchun, 
hujayrada suvni saqlashda ham xizmat qiladi. 
Umuman, o’simliklar noqulay muhitda yashaganda, ularning tanasida etilen va ABK miqdori 
ko’payadi, modda almashinuv jarayoni pasayadi, o’sish va rivojlanish sustlashadi, qarish jarayonlari 
tezlashadi, to’qimalarda auksin, sitokinin va gibberellinlar miqdori kamayadi va tinimga o’tish tezlashadi. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish