Ko`krak qafasi o`q otuvchi qurol jaroxatlarining asoratlari.
Ko`ks devoir yiringli jaroxatlari va ikkilamchi pnevmotoraks ochilishi holatlari:- o`pka atelektazi ( yuzaki nafas va yo`tal paytida shilliqni tiqilishi bronxlarning drenaj funksiyasi susayishi hisobiga paydo bo`ladi).Atelektaz belgilari:yuqori temperatura,taxipnoe,perkutor tovushni qisqarishi(!),auskultatsiyada nafas olishni yo`qligi:-perikardit (serozli, yiringli, aralash), yiringli plevrit, pnevmoniya, o`pka abssesi va gangrenasi. Yiringli plevrit belgilaria: -yaradorning holati og`irlashuvi, yuqori harorat, Intoksikatsiya hisobiga titrash, shikastlangan tomonda perkutor tovush va nafasning qisqarishi, punksiya paytida gemoragikva quyqal suyuqlik, anaerob-achitqili mikroflora hisobiga yomon hidli yiring.
Ko`krak jaroxatlarini davolash bosqichlari va prinsiplarini ajratish.
O`z-o`ziga, o`zaro , birinchi tibbiy yordam ko`rsatish: -aseptic bog`lam, germeeetik okklyuzion
bog`lalam, analgetiklar (shpris-naychalar orqali), antibiotiklar (tabletkalar).
Vrachgacha yordam: bog`lamni to`g`ri qo`yish, aseptik bog`lamni ko`proq qo`yish.
Birinchi shifokor yordammi: -qabul-saralash palatkalarida zaruriy yordam - bog`lamni to`g`ri qo`yish ,narkotiklar kiritish,yurak-tomir preparatlari; bog`lam qo`yishda ko`rsatilgan yordamni zarurriyligi:bilan
a) davom etishi bilan kechuvchi qon ketishi jaroxatlarda qilinishi shart—ilgak bilan jaroxatni tekshirish,uni doka bilan tamponada qilish,tampon ostidagi jaroxatni himoya qilish,bog`lam;
b) o`sib borish bilan kechuvchi klapan pnevmotoraksi jaroxatlarida punksiya 2-qovurg`a oralig`iga yo`g`on igna yordamida qilinadi va teriga ipak yoki yopishqoq plastir fiksatsiya qilinadi.
v) ochiq jaroxatini yopilibqolishi bilan kechuvchi jaroxatlarida-ko`p miqdordagi steril doka salfetkalardan okklyuziv bog`lam, indeferent mazlar bilan o`yintirish,ko`ksga yelimli plastir yoki bint bilan fiksatsiya qilinadi; keng jaroxatlarda —doka kompressori bilan tarang tortil tamponada,Vishnevskiy mazi bilan keying siqib turuvchi bog`lamni qo`yish;
g) tashqi nafas olish buzilganda -sun`iy yoki yordamchi o`pka ventilyatsiyasi, traxeotomiyaga ko`rsatma;
d) jaroxat tomonga vagosimpatik blokada;
e) yurak tamponadasida-perikard punksiyasi
j) antibiotiklar, SQV.
Malakali xirurgik yordam . Saralash: -KO`J ning yengil jaroxatlari yoki sog`ayishga komanda. Ichki organlarga suyak shikastisiz teshib o`tmagan ko`ks jaroxatlari.
-Og`ir va o`rta og`irlikdagi jaroxatlarga front bazasidagi gospitalda yordam ko`rsatilishi mumkin: -Hayotiylikni saqlab qolishga yordam berish maqsadidagi operatsiyaga ko`rsatma bo`luvchi jaroxatlar: davom etuvchi ichki qon ketishlar,keng ochiq pnnevmotoraksda germetik bo`lmagan bog`lam, izolyatsiyalangan bog`lam, tashqi klapan pnevmotoraksi, yurak jaroxatlari, torakoabdominal jaroxatdagi yoki bog`lam qo`yishda, tashqi qon ketish, ichki klapan pnevmotoraksda suvosti drenaji va torakosintez joylashtirish uchun, vagosimpatik blokada bajarishda, katta va o`rta daraja gemotaraksda qonni yo`qotish va antibiotik kiritish uchun plevara bo`shlig`i punksiyasi paytida.
Qon ketish davometishi bilan kechuvchi plevra operatsi yalari bosqichlari: oldi-yon tomondan 4-5 inchi qovurg`a oralig`i kirish kirish orqali torakotomiya, plevra bo`shlig` bo`shashishi, qon ketuvchi tomirlarga bog`lam, o`pkahi ko`zdan kechirish, o`pka jaroxatini tikish, plevra bo`shliqlarini drenirlash, ko`ks devori jaroxatlarida tikish.
Do'stlaringiz bilan baham: |