O`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kepetinglar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot



Download 2,19 Mb.
bet6/7
Sana29.05.2022
Hajmi2,19 Mb.
#618888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Saparowa Altyn

Kepetinglar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
IX-XIII asrlarda Fransiyaning davlat tuzumi Davlat senorlik monarxiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tuzumi bilan bog'liq edi. IX-XII asrlarda mamlakatdagi chuqur siyosiy tarqoqlik natijasida qirol hokimiyati o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotadi. Qirol feodallar tomonidan "tenglar orasida birinchi" (primus inter pares) sifatida ko'riladi. U yem ing o'zidayam qirol bo'ysunmagan vassallar bilan doim o qattiq kurashlar olib borishiga to'g‘ri kelardi. Qirollik domenlaridan boshqa joylarda hokimiyat yirik feodallarga (Burgundiya va Normandiya gersoglariga, Flandriya, Tuluza, Shampan va boshqa yerlaming graflariga) tegishli edi. Suzerenitet-vassalitet munosabatlariga asoslangan bunday feodal davlati shaklini senorlik monarxiyasi deyish mumkin. Unda siyosiy hokimiyat qirol va turli darajadagi feodallar o'rtasida taqsimlangan. Ular bir-biriga syuzerenitet-vassalitet munosabatlari bilan bog'liq edi. IX-XII asrlarda senorlik monarxiyasining tashkil topishi markaziy hokimiyatning zaiflashishini, mamlakat ichki birligining buzilishini, tashqi siyosiy ahvolining kuchsizlanishini anglatardi. Fransiyada o'rta asrlar jamiyati rivojlanishining mazkur bosqichida senorlik monarxiyasi o'zida mavjud ijtim oiy-siyosiy reallikni ancha aniq ifoda etgan edi. Iqtisodiy va siyosiy markazlashtirilmagan sharoitlarda feodallar qirol hokimiyatiga qaraganda ancha samarali tarzda davlat funksiyalarini amalga oshirardilar. Senorlik monarxiyasiga faqat siyosiy inqirozning namoyon bo'lishi sifatida qarash kerak emas. U bevosita natural ho‘jalik va yerga feodal mulkchilik bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqqan. Siyosiy tarqoqlik Fransiya jamiyatining olg'a harakatini aslo to'xtatib qo'ya olmasdi.13 XII-XIII asrlarda feodalizm rivojlanib, uning zaminida yangi iqtisodiy munosabatlar tug‘iladi. Shaharlar o'sib, tovar-pul xo ‘jaligi taraqqiy eta boshlaydi. Siyosiy tarqoqlik asta-sekin to'xtab, qirol hokimiyati kuchaya boradi. Ayniqsa, XIII asrda qirol Ludovik IX islohotlari natijasida qirol hokimiyati ancha kuchayib, qirol Fransiyadagi barcha feodallaming suzereniga aylanadi. IX-X asrlarda qirol hokimiyati kuchsiz edi.14 Qirol dunyoviy va ruhoniy feodallaming yuqori qismi tomonidan sulola tamoyiliga rioya qilingan holda saylanardi. 987-yilda Fransiya taxtiga Gugo Kapetning saylanishi bilan yangi sulola Kapetinglar sulolasiga asos solinib, Karolinglar sulolasi tugatiladi. Dastlabki Kapetinglar davrida qirolni saylash tartibi saqlanib qolgan, lekin XII asrdan taxt meros tariqasida o'tardi. Dastlab qirolning funksiyasi nihoyatda chegaralangandi. Unda faqat ba’zi an’anaviy imtiyozlar saqlanib qolgan edi. U fransuz q o‘shinlariga boshchilik qilib, qonunlar chiqargan, sud hokimiyatini amalga oshirgan. Lekin birinchi Kapetinglar davrida qirolning qonunlar (kapitulyariylar) chiqarishi amalda tugatiladi. Qirolning boshqa vakolatlari ham faqat nazariy jihatdan saqlanib qolgan, haqiqatda qirol bu vakolatlami amalga oshira olmasdi. Qirolga "qirollikni va cherkovni himoya qilish", shuningdek, mamlakatda "tinchlikni saqlash" majburiyati yuklangan. Lekin u bulami amalga oshirish uchun real hokimiyatga emas, faqat o‘z domeni doirasida sud hokimiyatiga ega edi. Feodal munosabatlaming rivojlanishi qirol vassallari yig‘ini qirol kuriyasi (curin regis)da o'z ifodasini topadi. Bu organ Korolinglar davrida vujudga kclgandi. Ilk Kapetinglar davrida Kunya deyarli ahamiyatga ega bo'lmadi, chunki perlar va boshqa qudratli vassallar uning majlislariga kelishmaydi. Dastlab unda faqat qirolning vassallari ishtirok etishadi. Kuriyada siyosiy, moliyaviy, sud xarakteriga ega bo’lgan masalalar muhokama qilingan. Qirollar Kuriyadan umsh va tinchlik, salb yurishlari, rim papasi bilan munosabatlar to'g'risidagi va boshqa masalalani etishda maslahatlar so ‘raganlar. Kuriya tasdig'iga qirolning hujjatlari qo'yilgan. XIII asrdan murakkab huquqiy masalalami hal etish uchun Kuriya majlislariga ko'pincha legistlar taklif qilina boshlagan. Mahalliy mamlakatning siyosiy jihatdan tarqoqboshqaruvgiga monand tashkil etilgan edi. Qirollik boshqaruvining mahalliy organlari faqat qirol domenlarida tashkil etilgan. Yirik senorliklarda o'zlarining mahalliy boshqaruv tizimi mavjud edi. Qirol chinovniklari joylarda juda xilma-xil funksiyalami amalga oshirishgan. Ulaming qo'lida ma'muriy, harbiy, sud, m oliyaviy funksiyalar to'plangan edi. Mahalliy davlat boshqaruvining harakat doirasi qirollik domenlarining ko'payishi va yirik feodal egaliklaming qo'shilishi darajasiga qarab kengayib borgandi. XI asrning o'rtalaridan qirol o'z domenida prevo mansabini joriy etadi. Prevolar maxsus okruglar - prevotliklarga tayinlanib, ushbu okruglaming boshliqlari, qishloqlarda ularning yordamchilari serjantlar, shaharlarda mayorlar edi. Prevo asosan qirol xazinasiga soliqlar yig'ish, feodal qo'shinlarini tuzish, boshqaruv masalalarini hal etish va sud ishlarini ko'rish bilan shug'ullanardi (XII asming oxiridan yirik ishlar prevo yurisdiksiyasidan olingan edi). Filip II Avgust hukmronligi davrida (1180-1223 yillar) qirol domeniga ko'p miqdorda yerlar qo'shib olinishi munosabati bilan muhim ma’muriy islohot o'tkazildi. Qirollikka qarashli barcha mulklar balyaj deb ataluvchi leng m a’muriy okruglarga bo'linib, ularga qirollik gubernatorial! balyalar boshliq qilib qo'yildi. Balyajlar ancha yirik hududiy birliklar bo'lib, ulaming soni qirollik domenlarining o'sishiga qarab ko'payardi. Bayarlar funksiyalari jihatidan Buyuk Karlning graflarini eslatardilar. Balya prevo ustidan nazorat qilgan, qirol qonunlari va buyruqlari bajarilishini tekshirgan va hokazo.15 Balyalar qaramog'ida sud, soliqlar yig'ish, lashkarlar chaqirish ishlari bo'lardi. Balyalar vaqti-vaqti bilan qirolga yozma hisobot berib turishlari lozim edi. Balyalar odatda qisqa muddatga va sarovga yaqin turgan kishilardan tayinlanib, ular mahalliy provinsial zadagonlarga qavm-qarindosh bo'lmasligi yoki biror masalada ular bilan yaqin munosabat bog'lam asligi shart edi. Filip II davrida jami bo'lib 20 ta balyaj tashkil qilingandi. Janubda, Langedokda16, asosan chegara rayonlarida, balyalar o'm iga seneshallar tayinlanardi. Seneshallaming balyalardan farqi, seneshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar edi

Xulosa.
Malakaviy bitiruv ishimizga yakun yasar ekanmiz, avvalambor, shuni chuqur anglab olishimiz kerakki, tarixni o’rganish, davlatlarning rivojlanish bosqichlariga nazar tashlash, ular erishgan yutuq va kamchiliklardan xulosa chiqarishimiz darkor. Zero prezidentimiz aytib o’tganlaridek: “Biz ko’p yillar davomida ma’rifat va madaniyatga noto’g’ri munosabatda bo’ldik. Unga sarflanayotgan mablag’lar doim boshqa sohalardan kam bo’ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim”17 Kapetinglar sulolasi hukmronligi davrida Fransiya siyosiy jihatdan yagona davlatga aylanishi yuz beradi. Gugo Kapet franklar davlatining taxtiga o’tirgan vaqtida qirollik yerlariga Parij atrofidagi hududlar kirgan. Parij esa uning hokimiyatini tan olmas edi. Yirik yer egalari va feodallar qirol hokimiyatini tan olishmas va o’zlarining hududlarida o’z siyosatlarini olib borardilar. Mamlakatning atrofi kuchli grafliklar bilan o’rab olingan edi. Hozirgi Fransiya hududining janubiy va g’arbiy qismi Ispaniya va Angliya nazorati ostida bo’lgan. XII asrning birinchi yarmidagina Lyudovik VI va Lyudovik VII hukmronlik qilgan davrda qirol hokimiyati bir qadar yuksala boshladi.


Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish