Karolinglar davrida davrida ijtimoiy iqtisodiy hayot Karl Buyuk Karolinglar dinastiyasining eng atoqli nomoyondasi edi (dinastiya xam uning nomi bilan atalgan). U 46 yil xukmronlik kildi. (768-814). Karl katta sarkarda va istilochi edi. Tarkib topayotgan frank feodal davlati Karl davrida juda katta agressiv siyosat yurgizdi. Juda ko’p joylarni istilo qilib, Karl Buyuk juda katta bir davlatga boshliq bo’ldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin Garbiy Yevropada Karl Buyuk davlatidek katta davlat dunyoga kelmagan edi. Karl Buyukning shaxsan uzi 50 dan ortik yurishda katnashdi. U Yevropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo langobardlar masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor-mor qilingan bulishiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan ittifoqda bulishga qarshi yana urush ochdi. U langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar qiroli Dezideriyni taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin uz mustakilligini yo’qotdi. Lekin Karl Buyuk urushlaridan kupini sharkda – Markaziy Yevropada olib bordi. U sakslar bilan bulgan urushlarga ayniqsa ko’p kuch sarf kildi. Bu urush qattiq bo’lib, 30 yildan ortiq (722-yildan 804-yilgacha) davom etdi. Franklarni xisobga olmaganda, sakslar Garbiy Germaniyada yashagan kabilalar ichida eng katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha chuzilgan juda katta territoriyada urnashgan edi. Sakslarning Karl zamonidagi ijtimoiy tuzumida urugchilik tuzumi alomatlari, uning barcha yaxshi va yomon tomonlari xali anchagina saqlanib qolgan edi. Frank qiroli qo’l ostidagi yerlarning juda kengayib ketishi, tabiiy, Karl Buyukni va uning maslaxatchilarini unvonini (titulni) uzgartirish to’grisida o’ylashga majbur qildi. 800-yilda Karl Rimda bulgan vaktida papa unga "Rimliklar imperatori" tojini kiydirdi. Bir oz vaqtdan keyin Sharkiy Rim – Vizantiya imperatori deb emas, balki rimliklar imperatori deb e’lon qilindi. Juda katta bir davlatni idora qilish ishi Karldan ma’muriy apparatni qayta tuzishni talab qildi. U amaldorlar orkali, imperatorning maxsus farmonlarini chiqarish, maxalliy xokimiyatni bir kadar sistematik nazorat kilib turish yuli bilan idora etuvchi markazlashgan davlat tuzishga xarakat kildi.5 Karl Buyukning idora kilish markazi kirol saroyi – palasiy edi. Yukori mansabdagi amaldorlarning butun ishi shu palasiyda markazlashtirilgan bulib, bular: palata grafi (u oddiy sud’ya bulib, imperatorning yukligida uning urinbosari xam edi), arxikansler, kamerariy, konnetabl va boshkalaridan iborat edi. Maxallalarda eng katta amaldorlar graflar – lotinchasiga comites, ya’ni ma’muriy okruglarning boshliklari va ularning vikariylari yoki vise-graflar va boshkalarning boshliklari buysunardi.6 Imperatorning farmonlari yozma ravishda tuzilib, kapitulyariya deb atalar edi (kapitulyariya lotincha caput degan suzdan olingan bulib, bob demakdir, farmon aloxida paragraflarga bulinganligi uchun shunday deb atalardi). Karl Buyukning 250 ga yakin farmoni bizgacha yetib keldi. Bu faktlarning xammasi Karl Buyuk zamonida idora kilish apparatining anchagina byurokratlashganini kursatadi. Merovinglar va dastlabki Korolinglardagi ana shu ibtidoiy idora apparatining aksincha Karl imperiyasida amaldorlarning doimiy chinovniklik apparati tarkib topdi. Karl Buyuk byurokratiyasining tashkil topishiga Rim tradisiyasi shubxasiz ta’sir kildi. Kirollik – imperatorlik kanselyariyalaridagi davlat tili, latin tili, ya’ni rimliklar tili edi. Karl Buyuk va uning vorislari zamonida feodallashuv prosessining juda tezlashib ketayotganligi imperiyaning parchalanib ketishida juda katta axamiyatga ega. Birok Karl Buyuk imperiyasi «kabila va xalklarning kursatmasidan iborat» bulishi bilan bir vaktda, feodallashayotgan jamiyat xam edi. Karl magnatlar va boshka «nufuzli odamlar» tomonidan dexkon yerlarining tortib olinishini cheklashga ancha urindi, birok yerdor zodagonlar uning farmoyishlariga karshilik kursatganlari uchun bu farmoyishlar amalda bajarilmay kolaverdi. Feodallashuv imperiyani siyosiy tarkoklikka va pirovardida, siyosiy jixatdan mayda kismlarga bulinib ketishiga olib keldi. Bu narsa xammadan burun magnatlar syezdlari axamiyatining ortishida kurinadi. Karolinglar pomestyesini urganish uchun asosiy manba Karl Buyukning «Pomestyelar tugrisidagi kapitulyariy»si va «Abbat irminon poliptigi» deb atalgan xujjatdir. Franklarning kishlok xujaligi VIII – IX 27 asrlarda ancha muvaffakiyatlarga erishdi. Karolinglardan kolgan manbalarga karaganda dexkonchilikning asosiy sistemasi bulgan. Karolinglar pomestyesi anik natural xujalik xususiyatlariga ega edi. Bu xakda «Pomestyelar tugrisidagi kapitulyariy»da juda ochik dalillar keltirilgan, bu «Kapitulyariy» da pomestyelarda yetishtirilgan maxsulotlarning kirol oilasi va kirol saroy axllari extiyojlarini koplashga sarflanganligi bir necha marta ta’kidlab utildi. Karl Buyuk uz zamonasining ancha ma’rifatli kishisi edi. U garchi yoshi ancha ulgaygan vaktida ukish-yozishni urgangan bulsada, grek va latin tillarini bilardi. Bu olimlar ichida York yepiskoplik maktabi (Angliyaning shimolida) ukigan Alkuin nomli angl-saks ayniksa mashxur edi. Sungra Karlning saroyda usha vaktning kuzga kuringan boshka yozuvchilari – langobardiyalik Pavel Dyakon, ispaniyalik vestgot Teodulf va boshkalar xam yashar edi. Karl saroyida uziga xos bir olimlar jamiyati vujudga keldi, bu jamiyat antik dunyodan ibrat olib, «Akademiya» deb ataldi. Bu jamiyatning ishlarida Karlning uzi xam katnashdi. Akademiya katnashchilari latin avtorlarining, yozuvchi va shoirlarning asarlarini ukidilar, ba’zida esa antik avtorlarga taklid kilib uzlari xam asarlar yozdilar. Shu narsani unutmaslik kerakki, Karolinglar ma’rifatidan juda kam kishi baxramand buldi. Xatto Karl Buyuk saroyidagi mansabdorlarning xam juda kupchiligi ukish-yozishni bilmasdan utib ketdi. Amalda Karl Buyukning «ma’rifatparvarlik» tadbirlari kupdan-kup cherkov yepiskoplik maktablarining rivojlanishigagina olib keldi, keyinchalik bu maktablar zaminida urta asr universitetlari vujudga keldi.