O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX YO`NALISHI 181-GURUH TALABASI SAPAROVA ALTYNNING
IX-XI ASRLARDA FRANSIYA
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR: Hamdam Matyoqubov
Tarix fakulteti tarix kafedrasi o`qituvchisi
URGANCH-2020
Mavzu: IX-XI asrlarda Fransiya
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.IX asrda Frank davlati.Karolinglar dinatsiyasining idora qilina boshlanishi.
2.Karolinglar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
3.Imperiyaning parchalanishi.Verden sulhi.
4.Kepetinglar sulolasi davrida Fransiya.
5.Kepetinglar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
V.Ilova
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Doimo insoniyatni oldinga undovchi omillardan biri tarixiy xotiradir. “Har qaysi xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad- muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi”.1 Yevropa mamlakatlarining, xususan, G`arbiy Yevropa kontinentidа umumiy xristian diniy davlatning tashkil topishi Karolinglar davri bilan aloqador. Karolinglar sulolasi hukmronligi davri tarixini o`rganish orqali o`sha davr G`arbiy Yevropa umumiy tarixi, turli xalqlarning kelib chiqishi (ingliz, fransuz, italyan, nemis), turli til, madaniyatlarning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish imkoniyatini yaratadi.O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. A. Karimov «Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch» asarida ta'kidlab o`tganidеk, «Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o`z hayotimizda yanada kеngroq joriy qilihda ko`ramiz»1 . Mustaqillik davriga qadar kommunistik mafkura aqidalariga va tamoyillariga asoslangan sho`ro tarixshunosligida nafaqat o`zbеk xalqining, balki jahon tarixining ham juda ko`p muhim masalalari noto`g`ri va buzib talqin etilgani ma'lum. Bu davrda yaratilgan darsliklar va o`quv qo`llanmalarda jamiyatni sinflarga bo`lib o`rganish, mamlakat hukmdoridan tortib oddiy saroy xizmatkorlarigacha bo`lgan toifalarni xalqdan ajratib, ularni jamiyatning xalqqa qarshi bo`lgan, uning manfaatiga zid faoliyat olib boradigan alohida sinf dеb qarash, sinflar o`rtasidagi tinimsiz kurashlarga tabiiy tarixiy jarayon sifatida qarash va tushuntirish hukmron edi. Shuning uchun qo`liga kеtmon, o`roq yoki cho`qmor tayog`ini ushlab mulkdor toifani o`ziga o`xshash mulksizga aylantirish uchun otlangan dehqon timsoli butun o`rta asrlar tarixining bosh qahramoniga aylangan edi. Natijada bir yoqlama, o`quvchi hafsalasini pir qiladigan urushlar va davlatlar tarixi yaratilib, haqiqiy tarix, yaxlit tarix barbod etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |