D
|
Maktab, kollej , institute, Universitet
|
2.
|
Kasb tanlashga yo’llash bosqichlari necha bosqichdan iborat?
|
A
|
1
|
B
|
2
|
C
|
4
|
D
|
5
|
3.
|
Talabalarning kasb xaqidagi fazilatlari necha sinfdan shakllantiriladi?
|
A
|
1- sinfdan
|
B
|
2- sinfdan
|
C
|
3- sinfdan
|
D
|
4- sinfdan
|
4.
|
Talabalarni kasb tanlashida o’qitishning qaysi metodlari samaraliroq?
|
A
|
Leksiya usuli
|
B
|
Suhbat tushintirish kurgazma, og’zakiusullari
|
C
|
Faqat suhbat
|
D
|
Faqat og’zaki
|
5.
|
Talabalarning kasbga kunikmasi nima deyiladi?
|
A
|
Tajriba
|
B
|
Moslashish
|
C
|
Moslashish ,kunikish ,toliqish
|
D
|
Erinish
|
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Kasbga yo’naltirish ishlarida ijtimoiy asoslarini izohlab bering?
2. Kasb tanlashda psixologik jihatlarning ahamiyatini tushintirib bering?
3. Kasb tanlash jarayonida qaysi fiziologik xislatlariga ahamiyat berish zarur?
UYGA VAZIFA:
1-topshiriq:Talabalarni kasb tanlashga yo’llash ishida
oily o’quv yurti mutaxasislarining kansultatsiya ishi
2-topshiriq:Kasb tarbiya mazmuni
9-Mavzu: Kasblarning tiplari Kasblarning turkumlari, bo'limlari, guruhlari haqidagi ma`lumotlarni tahlil qilish. Kasb tanlashda onglilik va mustaqillik.”
RЕJA:
1.Ta’lim to’g’risidagi qonun, kadrlar tayyorlash
2 milliy dasturida yoshlarimizni kasb tanlashga yo’llash haqida
3 Kasb tanlashga yo’llash faning maqsadi
4.Kasb tanlashga yo’llash fanning vazifasi
5.Kasb tanlashga yo’llash kabenetlarining ish faoliyati
DARSNING MAQSADI: Bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilarini ma’naviy – kasbiy tayyo’rlash bilan kasb tanlashga yo’llashni tushuntirish
DARS JIHOZLARI: Darslik , chizma , jadval va plakatlar,
TAYANCH IBORALAR: Fan, kasb, ixtisoslik, malaka, ko’nikma, maqsadi, vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqot usullari
Nazariy qism
1. Bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi pedagogika oliy yurti partasidanoq, umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi, sinf rahbari, to’garak rahbari va maktab rahbarlaridan biri sifatida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash bo’yicha tayyorgarlik olishi kerak.
Bo’lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisini kasb tanlashga yo’llash bo’yicha faoliyatga tayyorlash Oliy maktabda o’qitilayotgan barcha o’quv fanlarini kasbiy-pedagogik ta’lim-tarbiya sari qaratish bilan bog’liq didaktik ta’minoti taqazo etadi.
Didaktika – (grekcha «didaktisos») so’zidan olingan bo’lib o’rnak, saboq bo’lishlilik kabi mazmunlarni anglatadi:
Bo’lajak o’qituvchi – pedagogni maktabda o’quvchilarni kasb tanlash ishiga tayyorlashning samarasi ko’p jihatdan uni qay darajada politexnizm tamoyillari asosida amalga oshirishga bog’liqdir, ya’ni:
- onglilik tamoyili;
- kasb tanlashda faollik tamoyili;
- mos kelish tamoyili;
- rivojlantirish tamoyili;
Kasb tanlashga yo’llash o’quvchilarga politexnik ta’lim tarbiya berish masalasi bilan chambarchas bog’liq.
Ma’lumki, politexnik ta’lim xalq xo’jaligining rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy asoslarini tahlil qilish, ishlab chiqarish tarmoqlarining istiqboli yo’nalishlarini aniqlashni, bu yo’nalishlarni belgilovchi yangi pedagogik va axborotli texnologiyalarning ilmiy asoslarini o’rganishni nazarda tutadi.
Kasbini to’g’ri tanlash insonga o’z mehnatidan moddiy va ma’naviy qoniqish olish bilan birga, uning ijtimoiy mavqyeining yuksak bo’lishini ta’minlaydi (10-shakl)da ifodalangan.
Kasb tanlashga yo’llash – umumiy o’rta ta’lim maktablarining eng muhim vazifalaridan biridir. Lekin boshqa vazifalar, ya’ni politexnika ta’limi, dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish, mehnat tarbiyasi va boshqalar ham u bilan yonma-yon turadi. Shuning uchun kasb tanlashga yo’llash sistemasi bir sistemachasi sifatida qarab chiqilishi mumkinki, undan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning hamma asosiy vazifalari hal etiladi. Masalaga bunday yondashish kasb tanlashga yo’llashning boshqa sistemalari bilan aloqa o’rnatishni ularning bir-biriga ta’sirini hamda mazkur sistema uchun o’ziga xos tomonlarini aniqlashni nazarda tutadiki, buning butun sistemasi vazifasiga ma’lum hissa bo’lib qo’shilishini ta’minlaydi.
2. Kasb tanlashga yo’llash ishi barcha pedagoglar kollektivi: maktab rahbarlari, sinf rahbari, fan o’qituvchilari va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchi oliy o’quv yurtida qanday ixtisoslik bo’yicha tayyorgarlik ko’rishidan qat’i nazar, kasb tanlashga yo’llash ishlarini olib borishi kerak.
Ana shu tayyorgarlikni u kelgusida turli yunalishda, ya’ni:
- fan o’qituvchisi sifatida;
- sinf rahbari sifatida;
- maktab rahbaridan biri (direktor, ilmiy bo’lim mudiri yoki maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari) sifatida qullashi mumkin.
Pedagogika, ilmiy-metodik adabiyotlarni xalq maorifi organlarining direktiv hujjatlarini tahlil qilish ma’lumot olish maqsadida anketalar tarqatish, darslarni, o’qituvchilar, sinf rahbarlarining sinfdan tashqari tadbirlarini kuzatish va ularni tahlili va hakazolar ularning o’qituvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlarning juda xilma-xil va murakkabligini ko’rsatdi. Bu ishlar qo’yidagilar bilan ta’riflanishi mumkin:
Kasb tanlashning ahamiyati to’g’risida, iste’dod haqida qisqacha suhbatlar o’tkazadi, kursning programma metarialini o’rganish, masalalar yechish, individual topshiriqlarni laboratoriya-amaliy ishlarni bajarish prosessida kasblarga qiziqish uyg’otadi:
- kasb tanlashga yo’llash maqsadida o’quvchilarni o’rganadi (kuzatishlar, suhbatlar, o’tkazadi, anketa savollar tarqatib o’zini qiziqtirgan savollarga javob oladi, insho yozdiradi, kasb tanlashga yo’llash kartochkalarini to’ldiradi va hakazo);
- o’quvchilarni ishlab chiqarish mehnatiga jalb qiladi, ularning mehnat natijalirini tahlil qiladi:
- o’quvchilarni to’garak mashg’ulotlariga jalb qiladi va ular uchun doklad mavzularini tanlaydi. Bu esa mazkur iqtisodiy rayondagi zarur kasblar bilan tanishtirishga imkon beradi;
- o’qituvchilarni mutaxassislar, ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlarni tashkil etadi;
- ishlab chiqarish obe’ktlariga ekskursiyalar uyushtiradi;
- kasb tanlashga yo’llash mazmuni bilan boyitilgan maktab kechalari, olimpiadalar, konkurslar tashkil etadi va hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham:
|