O’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 6,66 Mb.
bet55/136
Sana14.04.2022
Hajmi6,66 Mb.
#551160
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   136
Bog'liq
KHY 3 kurs-2021majmua

6-Mavzu: Bo'lajak mehnat ta' limi o'qituvchilarni maktab o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish ishiga tayyorlash tizimini tahlil qilishKasb-hunarga yo'naltirishning tarkibi.
REJA:

  1. Mehnat ta’limi jarayonida olib boriladigan kasb tanlashga

yo’llash ishining mazmuni va vazifalari

  1. Mehnat ta’limi darslarida kasb tanlash ishlari

  2. O’quv ustaxonalarida o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlari

  3. 5-7 sinflarda kasb tanlash ishlarini olib borish

  4. 8-9 sinflarda o’quvchilarni kasb haqidagi tushunchalarni shakllantirish

DARSNING MAQSADI: O’quvchilarga mehnat ta’limi darslarida kasb tanlash ishlarini olib borishni o’rgatis


TAYANCH IBORALAR: Fan, kasb, ixtisoslik, malaka, ko’nikma, maqsadi, vazifasi, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqot usullari
Nazariy qism
Kasb tanlashga yo’llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etiladigan umummaktab vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ishda mehnat ta’limi alohida o’rinni egallashi esdan chiqarmaslik kerak. Bunga sabab shuki, mehnat ta’limining mazmuniga qator kasblar bilan o’zviy ravishda tanishtirish kiradi va bu tanishtirish fak nazariy jihatdagina emas amaliy jihatdan ham olib boriladi. Ma’lumki , kasb to’g’risida tasavvur ana shunday tarzda belgilangandagina u xaqda to’liq tasavvurga ega bo’lish mumkin bo’ladi.
Kasb tanlashga yo’llash ishi bo’tun mehnat ta’limi jarayonida olib boriladi .
VIII-IX sinflarda asosan kasb xaqida ma’lumot beriladi. O’quvchilar qanday ommaviy ishchi kasblar borligi bilan tanishadilar. Bu kasblarning elimentlari o’quvchilarning ustaxonadagi faoliyati mazmunini tasahkil etadi. Bu xol o’qitishning shu davrida o’quvchilarni umumtexnik tayyorlash vazifasiga tula mos keladi.
Mehnat tayyorgarliginin profelini tanlashda kupincha munozarali vaziyatlar vujudga kelib, bu munozarada o’quvchilarning ota- onalari xam ishtirok etishlari mumkin. Mehnat tayyorgarligining yrim profellari guyo etiborsizdek tuyilib, xech kim bu kasbni tanlashni xoxlamaydi. Boshqa profellarga esa, aksincha, keragidan kuproq o’quvchilar qiziqib qolishadi.
Afsuski, maktablarning ish tajribasida shunday manzarani kuzatish mumkin: o’qituvchilar bu masalani o’quvchilarning o’zlashtirishiga qarab xal etishga o’rinishadi, y’ani a’lochi o’quvchilarga tanlash xuquqi beriladi, yomon o’zlashtiruvchilar esa qolgan kasb turlaridan birortasini tanlashga majbur bo’lishadi.Masalani bu tarzda xal etish xar jixatdan notog’ridir xayot yo’lini zo’rma – zo’raki tanlaganlaridan xech qnday yaxshilik kutib bo’lmaydi. Shubxasiz, a’lochi o’quvchilar rag’batlantirilishga loyiqlar , biroq bu narsa boshqalarni kasb tanlash erkinligidan maxrum qilmasligi kerak.Shunday ham bo’ladiki, mehnat tayyorgarkligining profelini to’g’ri tanlagan o’quvchi keyinchalik o’ziga shu profel doirasidagi kasbni tanlaydi.
Shundan kelib chiqib, mehnat tayyorgarligining profelini tanlash ixtiyoriy bo’lishiga xarakat qilish lozim.Bunga qanday erishish mumkin? Bu savolga javob berish uchun avvalo kasb tanlash erkinligini qanday tushinish lozimligini aniqlab olish zarur.
Bizning jamiyatimizda xoxlagan kasbni tanlash yulida siyosiy, ijtimoiy, va boshqa xil g’ovlar yuq.Ammo bu xuquqdan o’z o’rnida foydalaba bilsh va buni o’rgatish darkor. Gap shundaki, u yoki bu kasbga bo’lgan talab uning etiboriga qarab emas, balki xalq xo’jaligining strukturasiga qarab aniqlanadi. Shuning uchun, xoxishimizdan qat’iy nazar, obe’ktiv tarzda kechuvchi ilmiy- texnik taraqqiyot bu planga o’z shratlarini kiritadi. Va biz yoshlarni xalq xo’jaligiga kerakli kasblarda ishlashiga tayyorlashimiz kerak. Ravshanki, bu uta muxim vazifaning bajarilishini ta’minlash kasb tanlash erkinligini fuqorolik burchini tushinish bilan, mamlakatimizda barcha kasblar ham kerakli va faxrli ekanligini anglash bilan uyg’unlashib ketishi lozim.
Kasb tanlash xaqidagi masalani faqat o’zining manfa’atlari nuqtai nazaridan xal etmasligi kerak. Amalda uchraydigan barcha kasblar bilan o’quvchilarni tanishtirib chiqishning imkoni yuq albatta lekin kupgina kasblar inson oldiga qator umumiy talablarni quyadi. O’smirlarni mana shu talablar bilan ularning kasblar xaqidagi tasavvurini kengaytirish kerak. Masalan, keyingi paytda jismoniy mehnatning ma’naviy saviyasi ortayotganligi kuzatilmoqda. Aqliy mehnat faoliyatiga quyiladigan talablar tobora ortib bormoqda. Mehnat jamoasida o’zini tutishiga nisbatan ham yuqori talablar quyilmoqda. Shuni hisobga olib, kasb tanlashga yo’llash ishini shunday tashkil qilish mumkinki, o’quvchilar faqat konkret kasblar to’g’risida tasavvur olibgina qolmasdan, mehnat faoliyatiga nisbatan quyiladigan umumiy talab to’g’risida ham tasavvurga ega bo’layotganliklarini anglaydigan bo’lishsin.
Yuqorida aytilganlardan, mehnat ta’limi jarayonida kasb tanlash ishi bir necha bosqichdan utib, bu bosqichlarning xar biridan o’z vazifalari xal etiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Bunda kasb tanlashga yo’llash ishi, boshqa xar qanday o’quvtarbiya ishi kabi, ikki yoqlama jarayondan iborat bo’lib, bu jarayonda o’qituvchiga xam o’quvchiga ham teng darajada rol ajratiladi. Shuning uchun kasb tanlash ishiga nisbatan quyiladigan eng muhim talab o’quvchilarning yuksak darajada aktiv bo’lishi lozimligidirki bu aktivlik kasbiy tarbiya kasb tanlash negizlarini shakllantirish hisobiga ta’minlanadi. Mehnat o’qituvchilri profdiagnostika hamda profkonsultatsiyaga tayyorgarlik ko’rgan bo’lsalar va bu ishni o’z vaqtida o’tkazsalar o’quvchilarning faolligi ortadi.

Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish