1.2 Milliy g’oya targ’ibotida axborot kommunikatsiya tizimi va innovatsion texnologiyalar
Pedagogik texnologiyalarning nazariy tahliliga oid ko‘pgina manbalarda mutaxassislar, “Aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilashadi:
olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
ish sifatiga emas, soniga e’tibor qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi;
istalgan g‘oyani mumkin qadar mukammallashtirish va rivojlantirish mumkin;
har qanday g‘oyalar ham qo‘llab quvvatlanadi;
barcha g‘oyalarning asosiy mavzulari(farazlari) yozib olinadi;
“hujum” vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
savollarga qisqacha(asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutiladi1.
SHu o‘rinda qisqacha “Aqliy hujum” metodining vazifasiga to‘xtalib o‘tish lozim. Bu metod qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va muammoning chegarasini hamda tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni echish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya yoki sinf) yanada jipslashadi.
“Aqliy hujum” metodi qo‘llanish maqsadiga ko‘ra, universal hisoblanib, ilmiy izlanishlar jarayonida yangi muammoni echishga imkon yaratadi, o‘qitish jarayonida o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga yordam beradi, fikrni mustahkamlashda asqotadi, ya’ni o‘quvchida o‘z-o‘zini boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi.
“Aqliy hujum” metodi bo‘yicha o‘quvchilar mustaqil o‘qib, izlanishlari va muayyan ma’noda bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishlari uchun o‘tgan darslarda ular mazkur mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlar yoki o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan tayanch ma’ruza matni bilan ta’minlanishlari zarur.
7-9 sinflarda o‘qitiladigan“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani mavzularini “Aqliy hujum” metodidan foydalanib o‘qitishda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
imkon qadar ko‘proq fikr va g‘oyalarni to‘plash;
o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga zamin hozirlash;
bolalarda bir-birini fikrini hurmat qilish hissini tarbiyalash;
o‘quvchilar tomonidan bildirilgan noto‘g‘ri fikrlarni tanqid qilmaslik, bir-birining fikriga tolerantlik bilan qarash;
munozara yakunida fikr bildirgan barcha o‘quvchilarni rag‘batlantirish;a ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur. O‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N .F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.l.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi turli davrlarda turlicha ko’rinishlarda bo’lagan. Masalan, pedagogik texnologiya-1940-1950-yillarda “ta’lim texnologiyasi”deb nomlanib ta’lim jarayonida texnik vositalardan (diafilm kineskop magnit metalari va boshqalar) dan foydalanib dars o’tishga nisbatan pedagogik texnologiya deb atalgan. 1950-1970-yillarda bilimlarni o’zlashtirishning barcha tomonini qamrab olib kompleks integrativ jarayonga nisbatan qo’llanilgan ta’lim turiga pedagogik texnologyalar deb atalgan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deb ta’limning komphyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish va dars jarayonida ulardan foydalanishga nisbatan aytiladi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini tubdan islox etish, yangicha shakl, usul, vositalar asosiga qurish boshqarish va tashkil etishning mexanizmi va loyixasidir. Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar xisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning ta’limtarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining falsafiy jihatdan to’g’ri yo’nalishda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Falsafiy oqimlar va yo’nalishlarning har biri ta’lim-tarbiya masalalariga o’ziga xos yondashadi. Shu sababdan pedagogik texnologiyaning falsafiy yo’nalishi uning to’g’ri yoki noto’g’riligini, jamiyatning ma’lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko’rsatadi. Bu pedagogik texnologiyalarga baho berishda asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. hun zaruriy shart xisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni xamda turli pedagogik nazariyalar xaqidagi ma’lumotlardan iborat bo`lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin xisoblanadi. Hozirgi pedagogik texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan taxlillar, chiqarilgan xulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-muloxazalarning rivojlantirilishi asosida paydo bo`lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi uning o`ziga xos ildizlarini tashkil qilishini xisobga olgan xolda ularni bilish va chuqur o`rganish kelgusi rivojlanish yo`llarini belgilashda muxim axamiyatga ega. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Uning mohiyati
“Pedagogik mahorat haqida tushuncha”2. Uning mohiyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini awalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb eion qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimina-siga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit—qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora—tadbirlarni amalga oshirish"" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda awalo, bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egalJash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi.
2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka-
mmal bilish.
3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida. o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijti-moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamoioti-ning me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am-xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy -metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish loziin. - barcha masalalarni ham san’at vositasida targ‘ib etib bo‘lmaydi
- katta mablag‘ talab etadi
- vaqt nuqtai nazaridan obraz, voqea eskirib qolishi mumkin
Xavflar
- noto‘g‘ri maqsadda ham foydalanilishi mumkin
- ommaviy madaniyatning tarqalishiga ham xizmat qiladi
- ba’zi bir yo‘nalishlari kishilarda sayozroq fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishi ham mumkin
“Aqliy xujum” metodi
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarni o‘qitishjarayonida qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy interfaol metodlardan biri – “Aqliy hujum” metodi hisoblanadi.
“Aqliy hujum” metodi bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan metodlardan biri bo‘lib, dars jarayonlarida undan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchi yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga katta yordam beradi.
Aslida “Aqliy hujum”ni uyushtirish nisbatan sodda bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish mammolari echimini topishda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |