I-BOB. MILLIY G’OYANI O’QITISHDA PEDAGOGIK MAHORAT
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan ozuqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” ligini alohida ta’kidlaydi. Hozirgi zamonda mafkura targ‘iboti sohasida yangi texnologiyalar tobora takomillashib bormoqda, Undan turli-xil nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinishlar kuchaymoqda.
Bu, “O‘zbekiston jamiyatini milliy g‘oya va ma’naviy- ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko‘rishga undaydi. Uni hisobga olish ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Hamda O‘zbekistonning mustaqil tarraqqiyot yo‘lidan rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”1.
Milliy g‘oya tarig‘boti texnologiyalari fanining maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo‘llari va sohalari bo‘yicha tushunchalar berish orqali globallashuv jarayonlarida g‘oyaviy mafkuraviy kurash va ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishini targ‘ibot texnologiyalariga, targ‘ibotchining faolligiga bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat.
1. Milliy g‘oyani singdirishning samarali yo‘llaridan biri uni ta’lim tizimida uzluksiz o‘qitish ekanligi ma’lum. Quyida mazkur fanni o‘qitish jarayoni targ‘iboti texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari, predmeti maqsadi va vazifalari xususida so‘z boradi. “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi” atamasining paydo bo‘lishi tasodifiy emas. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalalarda tub islohotlar o‘tkazildi. Bu islohotlarning zamirida avvalo, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz
Bugun davr o‘zgardi, ayniqsa, zamonaviy mutaxassisga talablar davlat ta’lim standartlari doirasida kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldiruvchi shaxs bo‘lish, mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi.
Bundan o‘qitish holatiga tegishli qator holatlar kelib chiqadi, chunonchi, mustaqil ta’lim salohiyati kuchaydi, yakka tartibda o‘qitishga ehtiyoj sezilyapti, uning metodologik ahamiyati oshmoqda, ijodiy tafkakkurni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xo‘sh, ta’limda izohli-tasvirli-yondashuv o‘qitish texnologik yondashuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgani, ya’ni o‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish XXI asrda ustuvorlik kasb etayotgani sababi nimada?
Birinchidan, an’naviy o‘qitish yozma og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘radi hamda “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning o‘quv-bilish faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir. Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi va yangicha yondashuvlarni taqozo etadi. Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o‘quv obektlariga aylanish o‘qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo‘llashga ehtiyojni tug‘dirmoqda
Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri-milliy g‘oyani targ‘ib qilish texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng ma’noga ega. U insonning aniq, murakkab jarayonni kema-ket o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, yo‘nalishlar tushuniladi. SHu bilan birga “texnologiya” tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jamoatchilik ongiga mustahkam o‘rnashdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib qoladi
. Milliy g'oyani o'qitish texnologiyalari
Darsning rejasi
Texnologiya tushunchasi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalarga belilayotgan ta’riflar.
Innovatsion texnologiyalar va ularning klassifikatsiyasi. Dars turlariga qarab texnologiyalarni qo'llash usullari. Inter faol usullar va ularni qo'llash metodlari. Ta’lim jarayonida interfaol usullar.
Guruhlarda ishlash. Ta’limiing texnikaviy vositalari tarix o'qitish samaradorligini oshirishning muhim omili ekani, darslarda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda texnikaviy vositalami tanlash va ulardan foydalanish metodlari.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash samarali usullardan biri.
Milliy g'oyani o'rganishda masofali o'qitishning o'rni. Masofali o'qitishning mazmuni.
Elektron o'quv darsliklari va o'quv metodik komplekslami yaratish, kompyuter yordamida, kompyuter yordamida dars va prezentatsiyalarini yaratish. Komp`yuter orqali o'quvchilar bilimini rivojlantirish va baholash.
O‘quvchi-talabalar qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni shu asosda tashkil etish bugungi dolzarb vazifadir. Chunki chetdan bo‘layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba'zi yoshlar ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta'sirlar sezilmoqda, boqibeg‘amlik, loqaydlik alomatlari paydo bo‘lib, ularning boshqa oqimlarga og‘ib ketish holatlari ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e'tiqod, ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo‘lmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab etmoqda.
Bugun Islom Karimov asarlari, ma'ruza va nutqlari, chiqishlaridagi ma'naviy-ma'rifiy mavzuda ilgari surilgan fikrlar asosida tuzilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu risolaning ma'no-mazmunini tarbiya dasturlariga singdirish orqali ta'lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-e'tiqodli, barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratish lozim.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan g‘oyalarni, ma'naviyat asoslarini xalq ta'limiga joriy etish o‘quvchilarni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish mezonlarini belgilab beradi.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar milliy g‘oya va mafkura tamoyillaridan kelib chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma'naviy-ruhiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:
- milliy g‘oya va mafkuraga ishontirish;
- ma'naviy-ruhiy rag‘batlantirish;
- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
- yuksak e'tiqodni shakllantirish;
- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy islohatlarning mohiyatini chuqur anglab yetish va faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish.
Boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, keng fikrli, sog‘lom, jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g‘oya va mafkura mustahkam bo‘lgan shaxslarni shakllantirishda ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirilishining ahamiyati kattadir.
Bunda «Milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchi-talabalar ongiga singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish» mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosi asosida o‘quvchi-talabalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon-e'tiqod, mehr-shafqatlilik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish;
- o‘quvchi-talabalarni Vatanga muhabbat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |