O’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “fuqarolik jamyati va huquq ta’limi” kafedrasi


Milliy g’oya targ’ibotida axborot texnologiyalar tushunchasi



Download 57,99 Kb.
bet3/7
Sana01.07.2022
Hajmi57,99 Kb.
#724344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
go\'zal...1

1.1.Milliy g’oya targ’ibotida axborot texnologiyalar tushunchasi
“Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”1 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2 da belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o’qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi.
Bunday murakkab va mehnattalab mashina va 6 jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan 7 metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha,
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi. Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q. N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo`lshi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o ‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyag- barcha masalalarni ham san’at vositasida targ‘ib etib bo‘lmaydi
Xavflar
- katta mablag‘ talab etadi
- vaqt nuqtai nazaridan obraz, voqea eskirib qolishi mumkin
- noto‘g‘ri maqsadda ham foydalanilishi mumkin
- ommaviy madaniyatning tarqalishiga ham xizmat qiladi
- ba’zi bir yo‘nalishlari kishilarda sayozroq fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishi ham mumkin
“Aqliy xujum” metodi
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarni o‘qitishjarayonida qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy interfaol metodlardan biri – “Aqliy hujum” metodi hisoblanadi.
“Aqliy hujum” metodi bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida eng ko‘p qo‘llanilayotgan metodlardan biri bo‘lib, dars jarayonlarida undan maqsadli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchi yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga katta yordam beradi.
Aslida “Aqliy hujum”ni uyushtirish nisbatan sodda bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish mammolari echimini topishda ham foydalanish mumkin.
Dastlab guruh yig‘ilib, ularning oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammoning echimi to‘g‘risida ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o‘zgalar g‘oyasiga “hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. “Aqliy hujum” metodi orqali o‘quvchilarga savollarni berish bilan o‘qituvchi avvalo o‘tgan darslarni mustahkamlaydi, yangi mavzuni oydinlashtiradi, mavzulararo bog‘lanishga erishadi, qolaversa, o‘quvchilarda erkin fikr, mustaqil dunyoqarashni shakllantirib, fikrlarni zudlik bilan jamlash, tez, aniq va lo‘nda javob berish, vaziyatni to‘g‘ri baholash kabi ko‘nikmalarni uyg‘otadi. O‘quvchilarning mustaqil dunyoqarashi, erkin tafakkurini rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarida ushbu metoddan foydalanish kutilgan samarani berishi shubhasiz.



Download 57,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish