O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Tadqiqot maqsadining aniq belgilanishining ahamiyati nimada? 
2.
Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablarni 
bayon eting. 
3.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy funktsiyalariga nimalar kiradi? 
4.
Tadqiqotning konstruktiv-normativ funktsiyalarini izohlang. 
 
2.4. ILMIY TADQIQOTNING FARAZI 
Tayanch tushunchalar:
faraz, tadqiqot farazi, dalil, faraz turlari, 
reproduktivlik. 
Ilmiy faraz
fan taraqqiyotining, yangi ixtirolarning muhim tarkibiy qismidir. 
Biror ilmiy ixtiro induksiya, oldindan bashoratsiz, tajribasiz amalga oshmaydi. 
Ayniqsa pedagogik tadqiqotda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, natijani har tomonlama 
asosli bo’lishida ilmiy faraz alohida ahamiyatga ega. Oldindan aniq ko‘ra olish 
ilmiy faraz (fanda qabul qilingan faraz)dir. Ilmiy tadqiqot maqsadi, vazifasini 
aniqlangandan keyin eksperemintal (tajribalar) o‘tkazish uchun muayyan ilmiy 
faraz bo‘lishi, farazga har safar tayanish tadqiqot faoliyatining me’zonidir. Ilmiy 
faraz oldindan tasavvur qilish, fikriy tajriba, tadqiqotning ichki tizimi, tadqiqotnig 
harakat kuchidir. 
Ilmiy faraz tajribaga, tipik hayotiy misollarga, mantiqiy analogiya, ilmiy 
voqelik modeliga, kelgusida tajribada tekshiriladigan mavhum nazariyaga 
asoslanadi. Aniq ilmiy faraz tadqiqot samaradorligini oshiradi, tadqiqot bo‘yicha 
aniq natijaga erishishga yordam beradi.
Tadqiqot avvalidagi ilmiy faraz ishchi faraz hisoblanadi. Yaxshi 
shakllantirilgan ilmiy faraz muammoni hal etish asosida erishilgan natijalarga 


107 
ko‘ra istiqbolli aniq faraz yaratish imkoniyatini beradi. Muayyan ilmiy faraz 
chuqur nazariyaga asosan ifodalanadi, unda mavjud voqelik, natijalarining 
pedagogik qonuniyatlar bilan uyg‘unligi, mosligi isbotlanadi.
Tadqiqotda ilmiy faraz isbotlanish shart, dastlabgi ilmiy faraz va 
eksprimentlar natijasi asosidagi muayyan ilmiy faraz taqqoslanadi.
Pedagogik tadqiqot ilmiy farazi aniq natijaviy dalillar, misollar bilan bog‘liq. 
Har tomonlama tekshirilgan natijaviy misollar, yaratilgan yangilik, bashorat qilish 
ilmiy farazning asoslangani tadqiqotning mezonidir. Demak, ilmiy farazlar avvalo 
dialektik qonuniyatlar kelib chiqsa, mukammal tajribalarda va eksprimentlarda 
asoslansa uning mukammalligi ta’minlanadi. 
Ilmiy farazlar tadqiqot mavzusiga, qo‘yilgan maqsadga, vazifalarga mos 
bo‘lishi izlanish samaradorligini oshiradi, izchilligiga erishiladi. Dastlab farazni 
fanga ma’lum bo‘lgan qonun va nazariyalar yordamida izohlashga harakat qilinadi. 
Faraz emperik tasdig‘ini topadi yoki eksperimental tekshirish natijasida rad etiladi. 
Farazning muhim sharti eksperimentlar va amaliyotda isbotlanishidir.
Ilmiy tadqiqotchi o‘zining umumiy g‘oyasini bir yoki bir nechta farazda 
ifodalaydi. Faraz tizimi tadqiqot jarayonining mexanizimidir. Ilmiy farazga 
qo‘yiladigan asosiy talablar:
1.
Pedagogik tadqiqotda eng muhimi nima? 
2.
Tadqiqot obyektining tarkibiy qismi, xususiyati, pedagogik voqelik nimada 
aks etadi? 
3.
O‘rganilgan jarayon modelining xususiyati qanday? 
4.
O‘rganilayotgan voqelikni mohiyati nimada? 
5.
Muayyan voqelik qanday hosil bo‘ladi? 
6.
Tadqiqot vaqti, muddati, qanday? 
7.
Ilmiy farazning tajribada aniqlash uchun qaysi metod va vositalardan 
foydalaniladi? 
Demak, tadqiqot jarayonining hal qiluvchi tarkibiy qismi muayyan ilmiy 
faraz, uni tajribada, amaliyotda isbotlanishidir. 
Faraz –ilmiy asoslangan, lekin aniq isbotlanmgan tahmindir, u nazariy holat 


108 
yoki uning inkor qilinishi sifatida o‘zining xulosaviy tasdig‘ini topishi uchun 
maxsus isbotni talab etadi. Faraz tadqiqotning metodologik tavsifi, nazariyaning 
elementi sifatida ilmiy bilimni rivojlantirissh metodini o’zida aks ettiradi. Maxsus 
metodologik adabiyotlarda faraz “ehtimoliy bilim” sifatida ta’riflangan. Faraz – 
bu isbotni talab qiladigan ilmiy tahminlar tizimi. Tadqiqot farazsi fan uchun 
bahsli, noaniq bo‘lgan, isbotlar va tajribaviy-tadqiqiy tekshirishni talab etuvchi, 
tahminlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi lozim: 
“Tadqiqot obyektida nima noaniq, unda men boshqalar sezmagan nimani 
ko‘rayapman?” (V.V.Krayevskiy). Tadqiqot farazsini aniqlashning asosiy 
talablariga quyidagilar kiradi: 
-
faraz tadqiqot obyektiga tegishli bo‘lishi kerak (farazning metodologik 
aniq qo‘yilishi faqat tadqiqot obyektini ko‘p jihatdan o‘rganish bilan bog’liq 
bo’lishi lozim); 
-
faraz fanda o‘rnatilgan nazariyalar, yondashuvlarga mos kelishi zarur (bir-
biriga qarama-qarshi bo’lmagan talablar); lekin salmoqli evristik potentsialga ega 
farazlar mavjud nazariy tasavvurlarga qarama-qarshi qo’yiladi: ana shu sababli 
ilmiy farazning yaqqol belgisi uning nostandartliligi, noaniqligi hisoblanadi
.
Tadqiqotning metodologik kamchiligi farazning o‘z-o‘zidan aniqligi, noo’rin 
belgilanishi sanaladi (masalan, quyidagi gipotetikni holat metodologik noto’g’ri 
deb hisoblash mumkin: “o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ekologik faoliyati 
samarasi ekologik bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq”). 
Shu narsa aniqki, har qanday faoliyatning samarasi subyektda maxsus bilim va 
ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq; 
-
faraz maxsus tekshiriladigan bo‘lmog‘i zarur – inkor yoki tasdiq imkonini 
berishi lozim (masalan, eksperimental tekshiruv vaqtida); 
-
farazda qonunchilik tabiatiga ega bo‘luvchi, o‘rganilayotgan pedagogik 
voqelikka xos zarur invariant aloqalar aks etishi lozim. V.V.Krayevskiyning 
fikricha, metodologik aniq farazlar quyidagi tasdiqlarni o‘z ichiga oladi: 
pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar, 
pedagogik faoliyat turining komponentlari, mezonlar, parametlar, funksiyalar va 


109 
h.k. 
Bizning nuqtai nazarimizcha, faraz quyidagi sxema bo‘yicha shakllanganda 
samarali yondashuv bo‘ladi: “Agar...(g‘oya va fikr faraz yadrosi sifatida), u 
holda...(kutilayotgan natija), chunki...(tushuntirish)”, u farazning tavsiflovchi, 
tushuntiruvchi va bashoratlovchi vazifasini amalga oshirishga imkon beradi. Faraz 
ikki variantda shakllanadi: “agar..., u holda...”; “agar..., u holda..., chunki...”. 
E.V.Berejnovaning “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida fandan 
amaliyotga o‘tishning metodologik shart-sharoitlari” nomli dissertatsiyasida 
belgilangan gipotetik holatlardan biri: “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida 
fandan amaliyotga o‘tish uchun quyidagi metodologik shartlarni inobatga olish 
zarur: a) o‘rganilayotgan obyekt haqidagi hissiy-aniq bilimlardan fikriy-aniq 
bilimlarga o’tish jarayonida harakatlar ketma-ketligiga erishish: o‘rganilayotgan 
obyekt modelining tavsifiy tuzilishi; o‘rganilayotgan obyektning nazariy modelini 
tuzish; mos keluvchi dalillar yordamida nazariy modellarni asoslash; tadqiqot 
ishining aksiologik jihatini aniqlash; aksiologik jihat bilan bog’liqlikda nazariy 
modelni baholash; nazariy model, uning asoslanishi va bahosini hisobga olib 
me’yoriy modelni tuzish; mos keluvchi dalillarni inobatga olib me’yoriy modelni 
asoslash; b) kamida uch marta amaliyotga murojaat qilish: tadqiqot obyektini 
tavsiflash, amaliy modelni baholash va me’yoriy modelni asoslash...». Yana bir 
misol. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tabiatga qadriyatli munosabatni 
shakllantirishda zaruriy pedagogik shart-sharoit sifatida quyidagilar inobatga 
olinadi: bilishga oid (sodda tadqiqiy, bilish-irratsional), qadriyatga yo’naltirilgan, 
qayta tashkillashtiriladigan (loyihali, biotexnik), refleksiv ekologik faoliyat; kichik 
maktab 
yoshidagi 
o‘quvchilarning 
ekologik 
faoliyatida 
psixologik 
mexanizmlarning subyektivlashtirilishi, identifikatsiyasi, hissiyotlar, empatiyalar, 
refleksiyalarning pedagogik dolzarblik kasb etishi.
 
Tadqiqot farazi shakllanishi jarayoni spiralsimon tabiatga ega: tadqiqotchi 
ko‘p bora ortga qaytib, goh konseptual holatlarni aniqlashtiradi, goh tahlil qiladi va 
faktik materialni yangi nazariy jihatdan tushuntirib beradi, ba’zida g‘oyani 
aniqlashtiradi. 


110 
Pedagogik tadqiqotda ishchi faraz (mavjud ma’lumotli materialni 
tizimlashtirish maqsadida taxmin) va ilmiy farazni ajratishadi, u salmoqli 
ma’lumotli material umumlashtirib yig‘ilgandan keyin yaratiladi va ilmiy 
muammoni yechish “loyihasi”ni ishlab chiqish, ba’zi noaniqlik va xatoliklari bilan 
ilmiy nazariya elementiga aylanishi mumkin bo‘lgan gipotetik holatni 
shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish