O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


 PEDAGOGIK TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

2.3. PEDAGOGIK TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Tadqiqotning maqsadi – ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) 
natijasi.
Ilmiy tadqiqotda maqsad muhim o‘rin tutadi. Amerikalik olim Jon Kxo 
“Har qanday faoliyatda aniq maqsad etmish foiz ijobatdir” deb yozadi. Ilmiy 
tadqiqot maqsadi izlanuvchining yaratuvchanlik tuyg‘usi, fanning dolzarb 
muammosi, mavzuga doir axborotlarni aniqlanganligi, ijodiy ilhom, ilmiy til
muammoni yechimini bashorat qila olish kabi imkoniyatlar asosida 
umumlashtiriladi. 
Tadqiqot maqsadi – bu ilmiy izlanishning prognozlashtirilgan (ideal) natijasi, 
metodologik triadaning tarkibiy qismlaridan biri: maqsad, vosita, natija. 
Pedagogik tadqiqot maqsadi umumiy ko‘rinishda yangi ilmiy-metodik 
mahsulni o‘zida aks ettirib, tadqiqot so‘nggida yuzaga chiqishi mumkin. 
Birinchi bo‘limda ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika ijtimoiy fan sifatida ikki 
asosiy vazifani bajaradi: ilmiy-nazariy va konstruktiv-texnik (me’yoriy). Pedagog-
tadqiqotchi ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, u pedagogik voqelikni 
bor holaticha aks ettiradi: tashhis etadi, baholaydi, u yoki bu pedagogik vositalar, 
ta’lim modellarning samaradorligi yoki samarasining pastligini izohlaydi (empirik 
daraja); ta’lim-tarbiya, pedagogik voqelikning mohiyatini anglaydi (“nima 
mavjud?”); pedagogik qonuniyatlarni o‘rnatadi; ijtimoiy-madaniy o‘sish darajasini 
hisobga olgan holda ta’limning komponentlari, darajalari, sohalarini ilmiy nuqtai 
nazardan asoslaydi; fanlararo aloqadorlik asosida falsafa, yosh va pedagogik 
psixologiya, pedagogika va boshqa sohalarga oid bilimlarni integrallash vositasida 
yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlarni asoslaydi (nazariy daraja). Lekin 
pedagogika, tabiiy fanlardan farqli o‘laroq nafaqat pedagogik voqelikni aks 
ettiradi, balki unga qaytadan o‘zgartirish kiritish vositalari(me’yorlar)ni ishlab 


104 
chiqadi. 
Konstruktiv-texnik funksiyani bajarish jarayonida tadqiqotchi “zarur 
bilimlar”ni, ya’ni pedagogik jarayonning natijaviyligini ta’minlovchi me’yoriy, 
ko‘rsatmali-tavsifiy (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar, tavsiyalar) 
bilimlarni qo‘lga kiritadi. 
U yoki bu darajada ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani ko‘plab pedagogik 
tadqiqotlar bajaradi. Masalan, tadqiqot maqsadi quyidagicha shakllantirilgan: 
“ta’limning mazmunli komponenti sifatida shaxsiy tajribaning tabiatini aniqlash va 
uni ta’lim mazmuniga singdirish me’yorlarini ishlab chiqish” (A.V.Zelensova); 
“aniqlash” mazkur tadqiqotning ilmiy-nazariy, “ishlab chiqish” esa – me’yoriy 
funksiyasiga taalluqli. 
Tadqiqot vazifalari dissertatsiyaning istiqbolli rejasida, mazmun-
mundarijasida o‘z ifodasini topadi. 
Tadqiqotchining mutaxasisligi, qiziqishi, yaratuvchilik qobiliyati, ijodga 
intilishi aniq maqsadi va vazifasini belgilashda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot 
boshlanishida qo‘yilgan maqsad, vazifa qo‘lami kam bo‘lsada, izlanish jarayonida 
ko‘proq yutuqlarga erishi, yangi konsepsiyalar yaratilishi, qonuniyatlar ochilishi 
tajribalarga ega bo‘lish mumkin.
Tadqiqot maqsadi, vazifalarda o‘rganayotgan voqelik, predmet, uning tarkibi, 
mohiyati, boshqa voqea-hodisalar bilan bog‘liqligi, umumiy qonunityalar, nazariy 
asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni; mavjud shart-sharoit asosida tadqiqot 
obyekti va predmetini aniqlash; ilmiy izlanish metodlarini tanlash, kuzatish olib 
borish, tajribalar o‘tkazishdan; amaliyotga joriy etish, tavsiyalar ishlab chiqish 
ifodalanadi, belgilanadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish