Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar. 1. Didaktik tavsifdagi mavzuga doir. Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni
modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning obyekti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy
tafakkurni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy
tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion omillari, didaktik parametrlari va
amaliy-texnologik tizimi.
2. Tarbiya nazariyasiga doir. Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining
ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tadqiqotning obyekti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida
ma’naviy madaniyatni rivojlantirish jarayoni.