O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillari.
Demokratik 
jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o‘z qonunlaridan, predmetidan 
kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. 
Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, 
polisu’bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, texnologik 
yondashuv kabi qonsepsiyalar yaratildi. Albatta bu konseptual yondashuvlar davr 
taqozosi bilan takomillashib boradi. Professor A.Choriev qonuniyatli yondashuv 
ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning metodologik asosi ekanligini 
asoslagan. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari asrlar bo‘yi 
tajribalarda sinalgan, qaror topgan. Har bir fanning o‘ziga xos qonuniyati 
bo‘lganidek, pedagogik jaaryonning qonuniyatlari ilmiy tadqiqotning yorqin 
yo‘llanmasi bo‘ladi. 
Metodologiya metodlar, usullar, majmui sifatida qarashlar, “yondashuvlar”, 
konsepsiyalar uchun ham fanning umumiy qonuniyatlari nazariy (boshlang‘ich) 
asosi bo‘ladi. Har bir qonuniyatni amaliyotida o‘ziga xos metod, usullari 
qo‘lanishi tabiiy hol. Pedagogik qonuniyatlar o‘tgan asrning 80-yillarida 
umumlashtirila boshlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jaryoniga faqat 
falsafiy yondashuv mavjud. Muayan qonuniyatlarga asoslanilmagani uchun 
fanning predmetsizlikda kamsitishga urinishlar ham bo‘ldi. Har bir voqeligining 
o‘ziga xos qonuniyati mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda qonuniyatli 
yondashuv obyektniing, muammoning muayyan mohiyatini aniqlash, ixtironing 
nazariy ahamiyatini, tadqiqot samaradorligini oshiradi. 
1. O‘rganayotgan muammoning tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik 
tamoyili: 
- muammoning o‘rganilishi tarixiy taraqqiyoti, qonsepsiyalar, tajribalar tahlili; 
- milliylik, milliy qadriyatlar ustuvorligi, ijtimoiy, iqtisodiy mohiyatini; 


113 
- globallashuv sharoitida umuminsoniylik xususiyati, jahonda ilg‘or 
tajribalar, tadqiqotning jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonshumul 
ahamiyati tadqiqotning dolzarbligini, nazariy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini 
beradi. 
2. Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy xususiyati o‘rganayotgan muammoni, ixtironi 
“davr talabiga, mavjud sharoitga mosligi, optimallik” tamoyili:
- jamiyatni tezkor rivojlanishida ixtironing tutgan o‘rni, dolzarbligi va fanga 
qo‘shilgan hissa; 
- bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat buyurtmasi Kadrlar tayryolash Milily 
modelida fanning vazifalariga hozirjavobligi; 
- tadqiqot obyektining tipikligi;
- natijaning umumlashganligi kabi tamoyillar. 
3. Ta’lim-tarbiyada nazariyaning amaliyot bilan birligi: 
- tadqiqotning nazariy g‘oyalarni amalda qo‘llanishi, amaliyot asosida nazariy 
konsepsiyalar yaratilishi; 
- amaliyot har qanday bilim, g‘oya va ixtironing mezoni ekanligi; 
- tadqiqot ishining bilish nazariyasiga asoslanishi; 
- insonda, uzluksiz ta’lim-tarbiyada tajribaning murakkabligi, mas’uliyatliligi, 
mukammal nazariyaga tayanishi; 
4. Ta’lim-tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili: 
- insonni bir butun, yaxlitlikda o‘rganish;
- “ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona 
qarash, sharqona hayot falsafasidir” (I.Karimov). 
- ta’lim jarayonida rivojlanishni jismoniy, ma’naviy va intellektual o‘sishga 
erishish. 
5. Ta’lim-tarbiyaning o‘quvchi imkoniyatiga mosligi: 
- pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish va demokratiklashtirish, 
indivuduallashtirish va tabaqalashtirish;
- shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya, kompetentsiyaviy ta’lim, antrogogik 
ta’lim paradigmalari; 


114 
- globallashuv sharoitida yoshlarni har tomonlama kamol toptirish. 
6. Tarbiyalash va o‘z-o‘zinii tarbiyalash, o‘qitish va o‘rganish faoliyat 
uyg‘unligi:
- tarbiyalash faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘llash o‘z-o‘zini tarbiyalash 
motivi, ko‘nikmasi va madaniyatini shakllantirish imkoniyati; 
- o‘z-o‘zini tarbiyalash samaradorligi; 
- tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqligi; 
- ta’limni ikki tomonlama xususiyati; 
- o‘rgatish va o‘rganish faolligi uyg‘unligi; 
- masofaviy ta’lim-tarbiya jarayoni; 
7. Ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari o‘zaro 
bog‘liqligi: 
- optimal maqsadga mos mazmun, metodlarni tanlash, qo‘llash 
YUNESKOning pedagogik texnologiyaga bergan bahosida o‘z ifodasini topgan; 
- intelektual rivojlangan barkamol avlodni, shaxsni tarbiyalash maqsadiga mos 
ta’lim-tarbiya mazmuninii belgilanishi;
- har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish mazmuniga mos metod, 
vositalarni qo‘llash ta’lim-tarbiyaning samarali omili ekanligi; 
-pedagogik texnologiyaning usullari shakllari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, 
mavjud shart-sharoitga bog‘liqligi kabilar; 
8. Ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘liqliq tamoyili: insonni o‘rganadigan fanlar 
nazariy rivojlanishida deferensiatsiya holati mavjud bo‘lsada, ijtimoiy funksiya 
amaliyotida integratsiya tabiiy holdir. Tabiiy fanlarning tutash bandida yangi-
yangi fanlar paydo bo‘lishi, fanning ufqi kengayishi, jamiyat taraqqiyotida 
imkoniyatini oshishi insonshunoslik fanlarining ham o‘zaro bog‘liqliq qonuniyati 
mavjudligini ko‘rsatadi. Jamiyatni ijtimoiy taraqqiyoti, inson, insoniylik, insoniyat, 
triadasi insonshunoslik fanlari hamkorligini taqozo etadi.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish