O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Paradigma nima? Pedagogik tadqiqot paradigmasi yadrosini nima tashkil 
etadi? 
2.
Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli qanday 
tuzilishga ega? 
3.
Deskriptiv empirik model komponentlariga nimalar kiradi? 
4.
Empirik ma’lumotlar deganda nima tushuniladi? 
5.
Illstratsiya va misollar va dalillar o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud? 


91 
II BOB. METODOLOGIK APPARAT VA TADQIQOT SIFATINI 
TA’MINLASH
2.1. 
PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK 
TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH. PEDAGOGIK 
TADQIQOTLARNING DOLZARBLIGINI ANIQLASH 
 
 Tayanch tushunchalar:
muammo, pedagogik muammo, tadqiqot 
muammosi, mavzu, tadqiqot mavzusi, tadqiqot natijasi. 
Pedagogik tadqiqotlar muammosi.
Ilmiy tadqiqot muammoni qo‘yishdan 
boshlanadi. Falsafada muammo anglanish paytida obyektiv paydo bo‘luvchi savol 
yoki savollar jamlanmasi majmui sifatida aniqlanadi, ularning yechimi muhim 
amaliy yoki nazariy ahamiyatni o‘zida aks ettiradi. Muammoning tuzilishida 
quyidagi savol ko‘ndalang turadi: “Avval fanda ma’lum bo‘lmagan qaysi jihatni 
o‘rganmoq kerak?” (V.V.Krayevskiy). 
Tadqiqot muammosi fan va amaliyot uchun birdek dolzarb bo‘lishi kerak. 
Muammo – bu “bilmaslik haqidagi bilim”dir. Muammo tuzilishi ta’lim amaliyoti 
(ta’lim va tarbiya) pedagogika fani (didaktika, tarbiya nazariyasi, metodika) 
holatining obyektiv ilmiy tahlili natijasi hisoblanadi, uning maqsadi ilmiy “bilim” 
va “bilmaslik” chegaralarini aniqlashdir. Masalan, tadqiqotchi muammoni 
quyidagicha ifodalab beradi: “Didaktik tadqiqotlarning qanday sifat mezonlari 
mavjud?”. Aslida pedagogik tadqiqotlarning sifat mezonlari metodolog olimlar 
E.V.Berejnova, 
V.M.Polonskiy, 
V.V.Krayevskiy, 
V.I.Zagvyazinskiy,
V.A.Slastiyonin kabilar tomonidan tizimlashtirilgan, asoslangan, ishlab chiqilgan. 
Yuqorida ifodalangan muammo aslida “tadqiqotchining o‘zining muammosi”, 
ya’ni u mazkur masala haqida yetarlicha bilimga ega emas. 
Ilmiy muammo ta’lim yoki tarbiya amaliyoti, pedagogik nazariyada topilgan 


92 
ziddiyatlar asosida ifoda etiladi. Ziddiyat – bu “qarama-qarshilik”, “mos emaslik”, 
masalan, pedagogik jarayon komponentlari orasida – maqsadi va mazmuni, 
mazmuni va metodik vositalari bilan.
Qarama-qarshilik va «ziddiyatlar» amaliyotda – ilmiy tadqiqotlar olib borish 
uchun hali sabab emas! Amaliyotdagi har qaysi ziddiyat ham fan vositasitalari 
yordamida hal bo‘lavermaydi. Qolaversa, fan ziddiyatlarni echmaydi, balki 
asboblarni ularning yechimi uchun sharoit sifatida ishlab chiqadi. 
A.M.Novikovning ta’kidlashicha, pedagogik tadqiqot muammosi mantiqan 
o‘rnatilgan qarama-qarshilikdan sizib chiqadi: faqat fanga oid, ilmiy bilimning 
yassiligiga olib o‘tilgan, fan tilida ifodalangan jihatlardangina ajratib olinadi. 
Qarama-qarshilik yechimining dastlabki sharti-vositasi ishlab chiqilganda, variant 
mavjud bo‘ladi. Ilmiy ish bilan amaliy masalani ajratib olish muhim. Amaliy 
masaladan ilmiy muammoga o‘tish uchun, ikki tartibni amalga oshirish kerak: 
berilgan amaliy masalani echish uchun qaysi ilmiy bilimlar kerakligini aniqlash
ushbu bilimlar fanda borligini aniqlash; agar bilimlar bor bo‘lib, ularni tanlab 
olish, tizimlashtirish, foydalanish zarur bo‘lsa, u holda ilmiy muammoning o‘zi 
mavjud emas; agar kerakli bilimlar yo‘q bo‘lsa yoki to‘liq bo‘lmasa, muammo 
yoki muammolar majmui yuzaga keladi. 
Tadqiqot muammosi dolzarblik, yangilik, nazariy ahamiyat (o‘sishga 
ko‘maklashish, nazariy bilimlarni takrorlash emas) va amaliy ahamiyat (ta’limiy 
amaliyotning real masalalari yechimini topishga yordam berish) talablariga javob 
berishi lozim.
Ilmiy muammoni tuzish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish kerak: 
-
ta’lim amaliyotining tanqidiy tahlilini amalga oshirish (anketalashtirish, 
testdan o‘tkazish, ekspertli baholash uslubi va b.), uning sifati va effektivligini 
aniqlash, amaliyot holatini determinatsiyalovchi faktorlar, “qarama-qarshiliklar”, 
«ziddiyatlar», kelishmovchiliklarni shakllantirish; 
-
fanda amaliyot qarama-qarshiliklarni echish vositalari ishlab chiqilganmi, 
shuni aniqlash (ilmiy tadqiqotlar natijalari tanqidiy tahlili asosida: yondoshuvlar, 
konsepsiyalar, ta’lim jarayoni modellari, ta’lim metodikasi), ilmiy “bilim” va 


93 
“bilimsizlik” chegaralarini o‘rnatish (nima ishlab chiqilganu, nima ishlab 
chiqilmagan va “fan xaritasida oq dog‘” sifatida nima namoyot bo‘lgan); 
-
tadqiqot obyektiga nisbatan, ma’noviy-kategorial apparatni qo‘shgan 
holda shaxsiy konseptual pozitsiyani asoslash (tadqiqotchi mavjud konsepsiya yoki 
nazariyaning adepti bo‘lishi mumkin); 
-
tadqiqotning muammoli maydonini aniqlash, konkretlashtirish va birinchi 
navbatda shaxsiy tadqiqotning muammosini shakllantirish; 
-
shaxsiy ilmiy muammoni dolzarblik mezonlari pozitsiyasi, potensial 
nazariy va amaliy mazmuni jihatidan tanqidiy refleksiyasini amalga oshirish 
(Muammo bormi? U dolzarbmi? Yyechimga egami? Uning yechimiga nazariy va 
amaliy extiyoj bormi? Pedagogik fan zamonaviy rivojlanish bosqichida uning 
yechimi mavjudmi?). 
Muammo ko‘pincha so‘roq gap shaklida shakllanadi. Muammo tuzilishi 
mono- va polikomponentli bo‘lishi mumkin. Muammoning monokomponentli 
tuzilishida muammo bitta masaladan iborat bo‘ladi («Magistrantlarda pedagogik-
metodologik refleksiyani qanday shakllantirish mumkin?»), polikomponent 
shaklida – bir necha masala («Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni 
shakllantirish mazmuni va metodlari») muhokama uchun qamrab olinishi mumkin. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish