Tadqiqot mavzusi.
Tadqiqot mavzusini shakllantirish uchun quyidagi
savolga javob topish kerak: «Ilmiy ishni qanday nomlash kerak?».
V.V.Krayevskiyning ta’kidlashicha, mavzuni ifoda qilishda muammo aks
ettiriladi, bunda mavzu fanda ma’limlikdan yangi bilimga harakatni aks ettirishi
lozim.
Mavzuni aniqlash uchun ilmiy muammoni yuzaga chiqarish va shakllantirish
kerak, uning dolzarbligini isbotlash lozim. Tadqiqot mavzusi – bu qisqa
ifodalangan muammodir.
Mantiqiy-metodologik aspektda “mavzu” (“sarlavha”) ilmiy ishning asosiy
savolidir (Yu.A.Petrov). Misol: «Ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlar
sifatining qanday invariant mezonlari mavjud?».
95
Pedagogik tadqiqotning mavzusini aniqlash metodologik me’yorlari
(metodologik kamchiliklar):
Amorflik, «protsessuallik», «butun olamga xos» tadqiqot mavzusi
masshtabi». Ba’zida mavzular “protsessuallik” tarzida shakllanadi»: «jarayonni
o‘rganish», «takomillashishtirish», «tadqiqot», «tayyorlash», «muammolari» ,
«butun olamga xos» tadqiqot mavzusi masshtabi: mavzuning tadqiqot obyekt
maydoni (obyekt bilan emas!) bilan o‘xshashligi: «O‘quvchilarni chet tiliga
o‘rgatishning samarali metodlari»); tadqiqot mavzusini to‘g‘ri ifodalash.
Tadqiqot usullarining tadqiqot mavzulari bilan o‘xshashligi: «tahlil»,
«jarayonni modelashtirish».
Ilmiy tadqiqot mavzusi jiddiy ravishda uning asosiy natijasi bilan
aniqlanadi! «Tafakkur madaniyati: ilmiy-pedagogik tadqiqotning metodologik
muammosi» nomli fundamental monografiyasida professor Yu.A.Petrov
ta’kidlaydi: «Savol tug‘iladi: ilmiy ishning mundarijasiga mos sarlavhasini,
yakuniy holatda esa – uning asosiy natijasini qanday tanlash mumkin? Buning
uchun ish nimadan tashkil topganini aniq tasavvur qilib, uning asosiy natijasi nima
ekanligini anglash kerak». Misol uchun tadqiqotning mavzusi «Ta’lim va fan
internatsionallashuvi sharoitida amaliy-pedagogik tadqiqotlar sifatining invariant
mezonlari» tarzida bo‘lsa, asosiy natija – «Ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy
tadqiqotlar sifatining invariant mezonlari» ko‘rinishida aks etadi.
Tadqiqot mavzusi tasdiqlanguncha tadqiqotning muammoli maydonini
aniqlashtirib olish, muammoni identifikatsiyalash va aniqlashtirish, uning fan va
amaliyot uchun dolzarbligini asoslash – tadqiqot mavzusini shakllantirish kerak.
Ushbu barcha pedagogik jarayonlarni tadqiqotchi mustaqil amalga oshirishi lozim!
Balki olimlar, ilmiy maslahatchilar “mavzuni” emas, dissertatsiyalarning “ishchi
nomini” tasdiqlashar, sababi ushbu nomlar “ilmiy tadqiqot mavzusiga” aylangunga
qadar ko‘p bora aniqlashtiriladi? (Hech kimga sir emas: bugun hatto himoyaga
tavsiya etilgan dissertasiyalarning mavzulari ham himoyadan bir necha kun oldin
keskin o’zgarishga uchraydi – ta’kid B.X.ga tegishli). Bu jihatni R.Dey obrazli
tasvirlab bergan: «Ish yozilgunga qadar sarlavhani o‘ylab topish, hali bola
96
tug‘ilmasidan avval unga ism berish bilan barobar: sababi siz o‘g‘il bolaga adashib
qizning ismini berib qo‘yishingiz mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |