Fanning maqsadi va vazifasi
O’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh avlodni ilk yoshdan, maktabgacha bo’lgan davrda ham jismoniy ham ruhiy jihatdan garmonik to’g’ri taraqqiy etgan inson qilib tarbiyalash haqida bilimlar beradi.
Ularga jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari, organizmlarini chiniqtirish tadbirlari, ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirish va o’tkazish haqida tushuncha berish fanning asosiy maqsadidir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy tomondan rivojlantirishning o’ziga hos xususiyatlari: “Bolajon” tayanch dasturi va “ Sog’lom avlod dasturi” asosida maktabgacha ta’limning turli yosh guruhlarida ushbu fan bo’yicha bilim berish metod va usullarini o’rgatishdir.
O’quv mashg’ulotlari turli shakllarda ma’ruza, suxbat, baxs-munozara, semenar, amaliy mashg’ulotlar, inavasion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o’tkazish fanning asosiy maqsadidir. Shu bilan birga fan anatomiya, fiziologiya, pedagogika, gigiyena, meditsina fanlari bilan o’zaro bog’liqdir.
O’quvchilarga doimiy ravishda oila bilan, hamda maktabgacha ta’lim muassasalari bilan aloqadorlikda ish olib borishga o’rgatiladi.
Bolani tug’ilgan kunidan har tamonlama yetuk va barkamol inson bo’lib etishishida jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tibor berish darsning asosiy vazifasi. Bolalar bilan badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sayr, harakatli o’yinlar, ochiq havodagi jismoniy mashqlarni tashkil etish va o’tkazish uslubiyati haqida bilim berish darsning asosiy vazifasidir.
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Bilimlar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, «Sog’lom avlod» dasturini va «Bolajon» tayanch dasturi asosida bilimlar berish. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha bilim berish metod va usullarini o’rgatish.O’quv mashg’ulotlarni turli shakllarda: ma’ruza, suhbat, amaliy dars, bahs-munozara, ilg’or pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan, internet tarmoqlaridan foydalanib o’tkazish.
Ko’nikma:Fanni o’rgatish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:
- o’z ustida ishlash;
- axborot resurs markazidan foydalanish;
- mustaqil ishlarni bajarish;
- tarbiyachilik kasbiga bo’lgan amaliy mahoratlarni tarbiyalash;
- qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil shug’ullanish.
-fanni amaliyot bilan bog’lash
- yakka tartibda yondoshish
Do'stlaringiz bilan baham: |