19. Yurish, yugurish, Sakrash mashqlarining turlari va o’rgatish uslubi
(Nazariy)
Asosiy harakat mashqlaridan yurish mashqlarning odatdagi turibo’lib, oyoq uchida, tovonda yurish, kim o’zarga yurish, colonna va qator bo’lib, tarqalib yurish, ilon izi, ho’rozsimon bo’lib yurishga o’rgatish.
Yugurishning xilma-xil turlaridan foydalanish, oyoq uchida yurish, katta qadam tashlab yurish, qorin devoir, orqa va oyoq yuzasi muskullarini chiniqtiruvchi, sonlarni baland ko’tarib yugurish, musiqa ostida va ritmik yugurish.Signal asosida bajariladigan topshiriqlar bilan yugurish, predmetlarni oralab va predmetlar bilan yugurish,fazoda mo’ljal olish, kim o’zarga yugurish, chap berib yugurish texnikasini bajarish.
Sakrash asiklik tipdagi harakat bo’lib , yugurib kelib sakrash, depsinish, parvoz etish va yerga tushish bosqichlarini to’g’ri tashkil qilish. Sakrashni takomillashtirish uchun qisqa, uzun va aylantiriladigan arg’amchilar bilan bajariladigan mashqlar, bir oyoqda navbati bilan sakrashlar, oyoqlarni to’g’ri va chalishtirilgan holda yengil sakrash, polga qator qilib qo’yilgan predmetlardan sakrab o’tish mashqlari; burilib va qo’llarni turlicha harakatlantirib bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga, yon tomonlarga siljitib sakrash mashqlarini bajarish. Irg’itish yoki uloqtirish asiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, orqa yelka osha uloqtirish, o’ng qo’l bilan yuqoridan uloqtirish, o’ng qo’l bilan yondan uloqtirish malakasini oshirish.
Mustaqil ish. Asosiy harakat mashqlaridan yurish va yugurish, sakrash mashqlarini dastur bo’yicha amaliyotga bog’lagan holda mustaqil mashqlar tuzdirish.
20. irg’itish Emaklash va muvozanatni saqlash mashqlarining turlari va o’rgatish uslubi (Nazariy)
Irg’itish yoki uloqtirish asiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yuqoriga, oldinga, pastga uloqtirish, uzoqqa va nishonga uloqtirish, orqa yelka osha uloqtirish, o’ng qo’l bilan yuqoridan uloqtirish, o’ng qo’l bilan yondan uloqtirish malakasini oshirish.
Emaklash yoki tirmashib chiqishning quyidagi turlari; emaklab o’tish, oshib o’tish, orqadan suqilib o’tish, gorizontal va qiya tekislikda, (polda, gimnastika skameykasida) to’rt oyoqlab emaklash, gimnastika devor, Narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho’pga tirmashib chiqish texnikasini o’rgatish.
Muvozanat mashqlarini ilk yoshdan joriy etish, parallel qo’yilgan ikkita ip orasidagi cheklangan fazodan o’tish, keyinchalik murakkab mashqlar; bolalarga poldan 15-20 sm ko’tarilgan taxta ustidan, qiya qilib qo’yilgan taxtadan yurish, skameykaga qo’yilgan predmetlardan hatlab o’tish, skameyka bo’ylab muvozanat saqlab yurish malakasini o’stirish.
Mustaqil ish. Turli yosh guruhlarda o’quvchilarni asosiy harakat mashqlarini plan konspektini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |