Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.
Ilk matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasi fani mutaxasislik fani xisoblanib u to`rt semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish umumkasbiy “Maktabgacha ta`lim pedagogikasi”, maxsus fanlardan (“ Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”, “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi”, “Tasviriy faoliyat”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Musiqa”, “Bolalar adabiyoti”, “Komp`yuter saboqlari”) fanlariga bog`lab olib boriladi, shuningdek “Matematika asoslari” fanlaridan o`quvchilar yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi.Ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish uchun o`quv materiallari turli usullarda taqdim etiladi. Ta`lim jarayonida o`qitishning an`anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda qo`llanishi lozim, bunda ta`lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o`quv materialining mazmunidan kelib chiqgan holda tanlanadi.
Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo`llashda fanni o`zlashtirish uchun omil bo`ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati va o`rni benihoyadir. Oquv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalanish o`quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va kasbiy ko`nikmalarini rivojlantirishda ham muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Ta`lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi, pedagog tomonidan ta`lim oluvchilarning qiziqishi o`rganilib, ta`lim jarayonida faolligi muttasil ta`minlanishi, o`quv materialini kichik-kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochib berishda har bir uslubdan o`z o`rnida foydalanish, ta`lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Ana shunday faol ta`lim uslublaridan biri “Case study” hisoblanadi. Yana fanni o`qitishda “Hamkorlikda o`qitish”, “Tarmoqlar”, “Sinkveen”, “BBB”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Romashka metodi”, “Baliq skeleti”, “O`rgimchak to`ri” “Baxs munozara”, “Davra suhbati” kabi texnologiyalardan ,shuningdek, audio-, video-, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.
Baholash-ta`lim jarayoninig ma`lum bosqichida o`quv maqsadlarga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o`lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.Ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy layoqatini baholashda og`zaki va yozma baholash topshiriq shakllaridan foydalaniladi.
Test usuli, reyting tizimi, o`quvchining bilim va ko`nikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishdan esa pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |