17-mavzu. O`quvchilarni madaniy xulq-atvor ko`nikmalari bilan
tanishtiruvchi mashg`ulotlar
O`quvchilarga odob-axloq haqida tushuncha berish. Salomlashish odobi, ota-ona, aka-uka, opa-singillarga munosabat odobi. O`quvchilarni madaniy xulq-atvor ko`nikmalari bilan tanishtiruvchi mashg`ulotlar tizimini yaratish va bu mashg`ulotlar orqali o`quvchilarda salomlashish, so`zlashish odobi, ota-ona, aka-uka, opa-singillarga, birodarlarga munosabat odobi. Dasturxon atrofida o`zini tutish ko`nikmalarini tarkib toptirish. Orastalik insoniy fazilat ekanligi, odamlarning kiyimi, sochi, umuman tashqi qiyofasi, har tomonlama tartibli kiyinish, o`zini tutish, tartibli olib yurish. Uy-joylarni, maktab, sinf xonalarini, o`quv qurollarini saranjom-sarishta tutish malakalarini singdirish. O`quvchilarda madaniy hulq-atvor ko`nikmalarini tarkib toptirishda xalq ijodining mahsuli-afsona, ertak, maqol, rivoyat va hikoyatlardan unumli foydalanish.
Amaliy ish. “So`zlashish madaniyati”, “Kiyinish madaniyati”, “Jamoat joylarida o`zini tutish madaniyati” kabi mavzularda mashg`ulot ishlanmasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |