I bo`lim. Fanning maqsad va vazifalari. Xavfsizlik texnikasi qoidalari
O`quv ustaxonada amaliy mashg'ulot fanining asosiy maqsadi ta'lim muassasalarida bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun amaliy bilim va ko'nikmalar berishdan iboratdir.
Ushbu fanni o'qitishdagi asosiy vazifalardan biri O'zbekiston Respubiikasining «Ta'lim to'g'risidagi Qonuni» va “Mehnat qonunlari kodeksi” asosida mehnat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish, talabalarni maktab ta'limini o'rgatishdagi bolalar mehnat faoliyatiga rahbarlik qilish uchun tayyorlashdan iboratdir.
Bular asosan quyidagilardan iborat:
-o'quvchilarni tanlagan kasblariga qiziqishlarini uyg'otish, olgan bilimlarini rivojlantirish, mehnat orqali hosil bo'lgan ko'nikma va malakalarini shakllantirish;
-o'quvchilarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash va kasbga yo'naltirish,
-tanlangan kasbga nisbatan qiziqishlarini tarbiyalab, ijodiy ko'rgazmalar, to`garaklar tashkil qilishga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |