O‘quvchilar erishishi kerak bo‘lgan bilim va malakalar O‘quvchilar quyidagilarni bilishi zarur: - yulduzlar osmonining aylanishi, yulduzlar fonida Quyosh va Oy harakatlanishlarining sabablari;
- bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki osmonning yulduz turkumlarini va ularning eng yorug‘ yulduzlarini (Vega, Al-Toxir, Deneb, Aldebaran, Betelgeyze, Antares, Sirius, Polluks, Arktur va boshqalar).
-Oy fazalarini almashinishi sabablarini, Quyosh va Oy tutilishlarining asosiy sabablari;
- Quyoshning tush paytdagi balandligini yil fasllariga ko‘ra o‘zgarib borish sabablari;
- astronomik kuzatishlar asosida, geografik kenglamani aniqlash prino‘iplari;
-gelioo‘entrik ta’limotning ilmiy-dunyoqarash masalasida ahamiyati;
- Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni o‘lchash usullari;
- astronomik birlikning taxminiy qiymati;
-Oyning Erdan, planetalarning Quyoshdan o‘rtacha uzoqlik-larining taqribiy qiymatlari;
- birinchi va ikkinchi kosmik tezliklar;
- sun’iy yo‘ldoshlarning asosiy orbita elementlari;kosmik kemalarni Oyga va planetalarga uchirish asoslari;
- teleskoplarning vazifasi va ishlash prino‘ipi;
- keng to‘lqinli zamonaviy astronomiya (zamonaviy meto dlar) haqida;
- erdan tashqi astronomiyaning imkoniyatlari;
- osmon jismlarini o‘rganishda spektral analiz;
- Quyoshning asosiy fizik xarakteristikalari(Quyoshning aktivligi va uning Erga ta’siri);
- Er tipidagi planetalar va ular uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar;
- Gigant (ulkan) planetalar va ularning Er tipidagi sayyoralardan farq qiluvchi asosiy xususiyatlari;
- Quyosh sistemasi mayda jismlarning fizik tabiatlaridagi xarakterli xususiyatlar;
- Kosmik fazoni tadqiq etishning asosiy yo‘nalishlari va uni o‘zlashtirishning kelajak istiqbollari;
- Quyosh sistemasi jismlarning kelib chiqishi to‘g‘risida zamonaviy tasavvurlar;
- yulduzlargacha masofalarni aniqlash usullari, astronomiyada asosiy uzunlik birligi;
- galaktikamizdagi eng yaqin va eng uzoq yulduzlargacha bo‘lgan taxminiy birligi;
-yulduzlarning asosiy fizik xarakteristikalari (spektri, rangi, temperaturasi, radius va massalari) va ularning Quyosh bilan taqqoslash;
- nurlanish qonunlarining(Stefan-Bolo‘man, Vin) mohiyati va ulardan yulduzlarga tegishli fizik kattaliklarni aniqlashda foydalanish;
- yulduzlar energiyasining manbai;
-yulduzlar evolyustiyasi haqida tushunchalar.
- Galaktikamizning tarkibi va o‘lchamlari, unda Quyosh sistemasining o‘rni;
- yulduzlararo bo‘shliq, gaz va chang tumanliklar;
- tashqi-qo‘shni galaktikalargacha (Andrameda, Katta va Kichik Magelan bulutlari) taxminiy masoflar;
- olam tuzilishining tuzilishi va evolyustiyasi haqidagi tushunchalar.O‘kuvchilar egallashi lozim bo‘lgan malakalar:
- osmondan Qutb yulduzini (temir qoziq) topish va uning balandligiga ko‘ra joyning geografik kenglamasini aniqlash;
- Katta Ayiq, Kichik Ayiq, Kassiopeya va bu joydan yaxshi ko‘rinadigan yana 3-4 yulduz turkumini osmondan topa olish;
- yulduzlar xaritasidan foydalangan holda:
1) Yulduzlarning ekvatorial koordinatalarini aniqlay olishi;
2) Yilning ixtiyoriy kuni uchun Quyoshning o‘rnini xaritadan aniqlash;
3) Berilgan koordinatalarga ko‘ra harakatdagi osmon ob’ektining (Oy, planetalar va boshqalar) o‘rnini belgilay olishi;
- yulduzlar surilma xaritasini berilgan kun va soat uchun q o‘yib, yoritgichlarning ko‘rinish shartlarini aniqlash;
- yoritgichlarning kulminao‘iya holatlaridagi balandliklarini ularning og‘ishlari ( ) va joyning kenglamasiga () ko‘ra hisoblash masalalarni echa olish;
- osmon jismining ko‘rinma diametri va ungacha masofaga ko‘ra, uning chiziqli o‘lchamini (radiusini) hisoblash;
Keplerning III Qonuniga (jumladan, uning Nyuton tomonidan aniqlashtirilgan qonuni ko‘rinishiga) oid masalalar echish.
- osmon jismining berilgan massasi va radiusiga ko‘ra birinchi va ikkinchi kosmik tezliklarini hisoblashga doir masalalar echish;
- SY orbitasi elementlariga (peregeliy va apogeyining balandliklariga) ko‘ra uning davrini hisoblashga (yoki aksincha) doir masalalar echish.
- teleskopni parallaktik qurilma bo‘yicha(o‘zaro prependikulyar o‘qlaridan birini Olam o‘qi bo‘ylab yo‘lantirilgan holda) o‘rnatish;
- teleskopni o‘rganuvchi ob’ektga yo‘naltirish;
- maktab teleskopi va dala durbinining kattalashtirishini hisoblash.
- Quyosh sistemasi haqidagi ma’lumotlar aks etgan jadvaldan foydalana olish;
- astronomik lug‘at va taqvimlardan foydalan olish;
- yangi astronomik ma’lumotlar va kosmosni o‘zlashtirish bo‘yicha davriy
matbuot materiallaridan foydalanib, qisqacha obzor yoki referat tayyorlay olish;
- Quyosh va planetalarning fizik tabiatlariga oid sodda masalalarni echa olish;
- yulduzlarning ma’lum parallakslariga ko‘ra masofalarni hisoblash;
- spektr-yorqinlik diagrammasidan foydalanib, yulduzlarga tegishli xarakteristik kattaliklarni taxminiy aniqlash;
- yulduzlarning o‘lchamlari, yorqinliklari (yoki absolyut yulduz kattaliklari) va temperaturalari orasidagi munosabatlardan;
-Xabbl qonuni asosida Galaktikalargacha masofalarni hisoblash;
- Quyosh sistemasining Galaktika markazidan uzoqligi va tezligiga ko‘ra uning aylanish davrini (yoki aksincha davriga va uzoqligiga ko‘ra tezligini) hisoblash.