O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 0,71 Mb.
bet98/134
Sana16.12.2022
Hajmi0,71 Mb.
#888922
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O

YETAKCHI MORFEMA


So‘zning tub ma’noli qismiga asos deyiladi. Asosda qo‘shimchalar qo‘shish natijasida turli xil ma’nolar yuzaga chiqariladi. Masalan: tin-ch, tin-ish, tin-ch-lik, tin-im-siz, be-tin-im kabi so‘zlarning asosi «tin» so‘zidir, lekin qo‘shimcha qo‘shilishi bilan ma’no o‘zgarib bormoqda.
Ayrim so‘zlar tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zining tub — asos qismini o‘zgartirishi, boshqacha shaklga kirishi mumkin. Yomg‘ir (yom-g‘ir), ko‘mir (ko‘m-mir), olg‘a (ol(d)-ga) kabi so‘zlarni asos va qo‘shimcha qismga ajratib bo‘lmaydi. Turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham asos ko‘pincha birinchi bo‘lib keladi. Masalan: tadbirkor, toy-choq va hokazo.
Bir asosdan yasalgan so‘zlar asosdosh sanaladi: fikrdosh, fikriy, hamfikr, fikran singari. Ba’zi hollarda asosdan oldin ham qo‘shimcha qo‘shilishi mumkin. Masalan: bexabar, nodavlat, serhashamat, bama’ni. Bunday qo‘shimchalar, asosan, sifat so‘z turkumida uchraydi. Biror narsaga egalikni (badavlat, baquvvat, serfarzand, serqatnov) yoki ega emaslikni (beibo, behayo, noo‘rin, nomard) bildiradi.
Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan ba’zan asosda o‘zgarish ro‘y berishi mumkin.
1. Tovush tushadi: past-ay, sust-ay, o‘rin-a
pasay, susay, o‘rna
2. Tovush o‘zgaradi: ong-la, son-a, quvna-q

angla, sana, quvnoq


3. Tovush orttiriladi: u-ga, shu-da, bu-dan

unga, shunda, bundan




165-mashq. Matnni o‘qing. So‘z shakli yasovchi qo‘shimchalarni topib izohlang.

Insondagi har bir tuhfa — ko‘z, quloq, til, oyoq, yurak, aql-zako yaxshilik uchun yaratilgandir. Biz ularni tinmay ishlatyapmizmi, demak, ularning zakotini to‘lashimiz kerak. Zakot bu — sizdan hech narsa so‘rama­ganlarga qaytimini kutmay yaxshilik ulashishdir. Agar bu zakotni to‘la­masak, ustiga-ustak qo‘limiz, tilimiz, fe’limizni o‘zgalarga ziyon keltirishga majbur qilsak, bizga nasib etgan bu ne’matlar bir kuni, albatta, o‘z xunini so‘raydi. Baxtsizlik, kulfat hech qachon chetdan kelmaydi, biz uni o‘z fe’limiz bilan yasab olamiz.


Ishingiz o‘ngidan kelavermayaptimi, demak, birovlarga qilgan baxil­ligingiz uchun javob beryapsiz.
Uyingizga ketma-ket kulfat yog‘ilib qoldimi, bilingki, dilozorlik qilganingiz uchun qaytimini olyapsiz.
Kimgadir qasd qilish payiga tushdingizmi, demak, eng yaxshi bolan­gizning qaysidir yo‘li bog‘landi.
Bu rivoyat emas, bu hikoyat emas. «Qilmish — qidirmish» deganlari bu! Siz birovga birgina boshingiz bilan yomonlik qilasiz, kulfatni esa butun oilangiz, ko‘pincha esa eng asragan, yaxshi ko‘rgan kishingiz tortadi.
Hadisi sharifda shunday deyilgan: «Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa bo‘ladi».



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish