O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


O‘ylang: Undalmalarning o‘rni erkin bo‘ladi, degan fikrni izohlab bering. Тayanch tushunchalar



Download 231,24 Kb.
bet74/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

O‘ylang: Undalmalarning o‘rni erkin bo‘ladi, degan fikrni izohlab bering.
Тayanch tushunchalar: grammatik aloqaga kirishmaslik, subyektiv munosabat, undash ohangi.
Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, undalmani toping hamda uni gapning uchta joyida keltiring.


O‘qish bilmasang, uqib ol, qizim;
Qulog‘ingga taqib ol, qizim.


137-mashq. Gaplardagi undalmalarni aniqlang, o‘rnini va tinish bel­gilarini izohlang, qanday uslubiy vazifa bajarilayotganini tushuntirib bering.

1. Ey inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘y­gunicha poylab turadi. 2. Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganni siyla­mas, degan maqol bor-ku. 3. Hamdam aka, anchadan beri birovni chaqa olmay zada bo‘lib turgan ekansiz-a? — dedi Zohid jilmayish­ga harakat qilib. 4. Kel, o‘zbek qardoshim, kel, mening aziz qo‘nog‘im bo‘l, qalbing huzurli o‘lsun, — dedi u o‘rnidan turib. 5. Bo‘tam, yana bir Hadisi sharif borki, unda qabristonni ziyorat qilishga da’vat etiladi. 6. Jalil, og‘ayni, otamga o‘z qo‘ling bilan bir palov damlab bergin. 7. Asad, shu paytgacha emaklasak ham birga emakladik, yugursak ham birga yugurdik, tursak — birga turdik. 8. Salom qardoshim, Xongireydan senga ulug‘ salomlar, — dedi Mamatbey u bilan ko‘risha turib. 9. Sen bola, menga aql o‘rgatma — bor, jo‘na, turqingni ko‘rmay. Mahmudga borib ayt. 10. Yoshulli, sizlar adolat qilasizlar, deb eshitgan edik. (Т. Malik)


138-mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari undalma vazifasida kelgan gaplar tuzib yozing.

Sarvari olam, Hurmatli Prezident, ey Inson, obod o‘lkam, O‘zbekistonim, ey sen zakiy, boy ota, gulim, ona tilim, Vatan, azizim onam, ko‘zim qorasi.




139-mashq. Quyidagi gaplarni o‘qing. Ularni undalmali gaplarga aylantirib ko‘chiring.

Namuna: Otashga sig‘indi bir zamon xalqim. (A.Oripov)


1. Xalqim, bir vaqtlar sen otashga sig‘ingan eding. 2. Mil­latimizning har bir hikmati zamirida olam-olam mazmun yashiringandir. 3. Qush qanchalik baland yoki uzoqqa parvoz qilmasin, baribir o‘z oshyoniga qaytib keladi. 4. Kishi qozonga nima solsa shuni, tosh solsangiz, tosh olasiz, osh solsangiz, osh olasiz. 5. Go‘dak oilaviy muhitda ulg‘ayadi, muhit uni qanday oziqlantirsa, shunday ruhda kamolga yetadi. 6. Тalabalik yillarim dugo­nalarim biznikiga kelishini buvijonim juda yaxshi ko‘rardi. 7. Men bir narsaga qattiq ishonamanki, hayotimdagi og‘ir va baxtiyor kunlarda doim buvimning ruhi menga madad bo‘lib kelyapti. 8. Shu payt eshik ochilib, bolalarning xushchaqchaq ovozlari, onajonimning bag‘riga otilib, mehr to‘la bildirilgan salom-aliklari barala yangradi. 9. Ayol qanchalik didli-farosatli, tabiatan ozoda, saranjom-sarishta, buning ustiga shirinsuxan bo‘lsa, hatto xonadon devorlari ham jilva qilib turadi. 10. Muhabbatxon xonado­nimga quyosh bo‘lib, o‘zgacha harorat olib kirdi. («Sanam» jurnalidan)





Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish