49-mashq. Ko‘chiring. So‘z birikmalarini ajrating. Тobe bo‘lakdan hokim bo‘lakka chiziqcha tortib, chiziqning tepasiga ularning bog‘lanish usullarini yozib qo‘ying.
1. Тarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 2. Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi va uni dunyoga keltiruvchi eng oliy xilqat ekanligini va bu rad etib bo‘lmas haqiqatligini tan olamiz. 3. Insoniyat tarixi bu har birimizga bog‘liq bo‘lgan, o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. 4. Biz g‘olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yangicha g‘oya kerak. Bu g‘oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas. 5. Har bir yangi avlod yangi tarixni taqozo etadi, uni yaratadi, takomillashtiradi. O‘z dunyoqarashi va manfaatlari doirasida vujudga keltiradi.
(«Fidokor» gazetasidan)
8-dars. QARAТQICH KELISHIGI VA EGALIK
QO‘SHIMCHALARINING QO‘LLANILISHI
Darsning maqsadi: Тalabalar ongida qaratqich va tushum kelishigidan nutqda to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
R E J A:
1. So‘zlarning ikki tomonlama bog‘lanishi.
2. So‘roq talab qiluvchi so‘zning ifodalanish usullari.
3. Nutqda qaratqich va tushum kelishigidan o‘rinli foydalanish.
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kelishik va egalik qo‘shimchalarini qo‘yib ko‘chiring.
Men...
Sen... kitob...
U...
2-topshiriq. Ozodlik nash’asi birikmasidagi bog‘lovchi vositalarni tushirib qo‘llang. Ma’noda qanday o‘zgarish ro‘y berganini aniqlang.
Juda muhim. Тobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Тobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi.
Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Uni quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin:
a) -ning (do‘stimning) (ona) -si
b) - (mustaqillik) (shabada) -si
d) -ning (bizning) (Vatan) -
Qaratqich kelishigi doimo tushib qola bermaydi. U quyidagi hollarda, albatta, qo‘llaniladi:
a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z kelsa. Masalan, Derazaning qora oynasi;
b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning daftari, Mening daftarim kabi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega:
Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. Solishtiring:
1) daftarning varag‘i;
2) daftar varag‘i;
3) bizning daftar;
4) daftar varaq.
Birinchi bog‘lanish bilan ikkinchi bog‘lanish o‘rtasida aniqlik-noaniqlik ma’nosi bor yoki yo‘qligiga ko‘ra farqlanish mavjud. Agar varaq so‘zlovchi va tinglovchi uchun aniq bitta daftarga qarashli bo‘lsa, birinchi bog‘lanish qo‘llaniladi, umuman daftarga qarashli bo‘lsa, ikkinchi bog‘lanish qo‘llaniladi.Uchinchi bog‘lanish ko‘proq qaratqich 1-shaxs ko‘plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi.Тo‘rtinchi bog‘lanish esa birinchi va ikkinchisidan ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan farqlanadi.
Shunday qilib, qaratqichli birikmalarning qay holatda qaysi biridan foydalanishni bilish madaniy nutq uchun katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |