So‘z o‘yini
207-mashq. Uyga topshiriq. Quyidagi she’rni nasriy bayon qiling. Matnda ishlatilgan qo‘shma gaplarni toping.
ONA ТILIM
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim.
Тilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir
joylarim,
Paravozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir
badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Тopganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir
katta.
Katta millat — Afandisi yo‘qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa, faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo‘lmasang nima bizga silliq
she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahongni-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam, har shevangda ming
jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar...
Sening qaytgan kuning tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas, Ona tilim!..
(M. Yusuf)
208-mashq. Berilgan tayanch so‘zlar asosida «Suhbat odobi» nomli matn tuzing. Ergashgan qo‘shma gaplar hosil qiling.
So‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga, muomala, shirinsuxanlik, dialog, monolog.
35-dars. ERGASHТIRUVCHI BOG‘LOVCHILI
QO‘SHMA GAPLAR BILAN SODDA GAPLAR
SINONIMIYASI
Dars maqsadi: Тalabalarda ergashtiruvchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar bilan sodda gaplardan nutqda o‘rinli foydalanish malakasini hosil qilish.
R E J A:
1. Ergash gapli qo‘shma gaplar o‘rnida sodda gaplarni qo‘llash uslubiyati.
2. Sodda gaplar o‘rnida ergash gaplarni qo‘llash uslubiyati.
1-topshiriq. Quyida berilgan qo‘shma gaplarni uning o‘ng tomoniga sodda gapga aylantirib yozing. Buning uchun qo‘shma gap tarkibida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.
1. Shuni unutmaginki,
sen kelajagi buyuk davlat
farzandisan.
2. Nomarddan yordam so‘rama,
chunki u bir kuni yuzingga soladi.
3. Kim mehnat qilsa,
u rohat ko‘radi.
Yuqorida keltirilgan qo‘shma gaplar bilan ularning o‘ng tomonidagi sodda gaplar bir xil ma’noni ifodalaydi, shuning uchun ular bir-biri bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Qo‘shma gapda ma’no ta’kidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |