O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 231,24 Kb.
bet97/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Juda muhim. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuk­lamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi.

Har qanday sodda gap o‘zaro bog‘lanib, qo‘shma gapni hosil qila bermaydi. Faqat o‘zaro mazmuniy muvofiq bo‘lgan gaplargina bir-biri bilan bog‘lanib, qo‘shma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yog‘di va gullar ochildi; Bahor keldi, paxta terimi boshlandi deb bo‘lmaydi, chunki bu gaplar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi.


Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar alohida qo‘llangan sodda gaplar bilan teng emas. Alohida qo‘llangan sodda gaplar gram­­­matik, mazmun va ohang tugalligiga ega bo‘ladi, ammo qo‘sh­ma gap tarkibidagi sodda gaplar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini o‘zida na­moyon etsa ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qo‘sh­ma gapning oxirida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida-alohida gaplar emas, balki bir umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi. Masalan: Suv keldi — nur keldi.


Eslab qoling. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning o‘zaro grammatik, mazmun va ohang tomondan bog‘lanishidan tashkil topgan sintaktik butunlik qo‘shma gap deyiladi.


178-mashq. O‘qing. Har bir qo‘shma gap necha sodda gap (qism)dan iboratligini va ularni o‘zaro bog‘lovchi vositalarni ayting.

GO‘ZALLIK ТALQINLARI


Insonning aziz-u mukarram qilib yaratilgani ayon haqiqat va uning murakkab, tushunarsiz mavjudot ekanligi ham sir emas. Shu sababli bani bashar o‘z hayotida ko‘p qoqinadi, aksar yaxshilig-u yomonliklar ichida surinadi. Mirzakalon Ismoiliy bu nozik masa­lalar tegrasida nazokat va tabiiylik bilan qalam tebratadi. Binobarin, inson Olloh tomonidan yaratilgan jamiki suvrat-u siyratlarning mukammali ekan, u shunga monand ravishda fe’l-atvorga, go‘zal­likka ega bo‘lmog‘i lozim, lekin go‘zallik deganda nimani tushu­namiz? Shahlo ko‘zlar, tiniq chehra-yu la’li lablar mutano­sibligimi? Yoki chiroyli kiyim-bosh, qimmatbaho taqinchoq-u bezaklar­nimi? Menimcha, go‘zallikning o‘z qonunlari, qoliplari bor. Yuqorida sanal­gan narsalar bilan «chiroyli odam» bo‘lish mumkin, lekin «go‘zal inson» bo‘lish uchun esa uni odamiylik fazilatlari to‘ldirishi kerak. «Go‘zallik ham bamisoli daraxt. Yaprog‘i — axloq, ildizi — ichki dunyo, mevasi — yaxshi fazilat. Xulosa qilib aytganda, odam bola­sidagi go‘zallik tabiat ato qilgan husn-jamoldan tashqari, yana eng yaxshi xulq-atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o‘z ichiga olgan odamiylikdan iboratdir. Mana shunda go‘zallik insonga husn beradi. Bu xil go‘zallik yaproqlarsiz, ildizlar­siz qurishi muqarrar bo‘lgan daraxtga sira-sira o‘xshamaydi, qurimaydigan, o‘lmaydigan, boqiy go‘zallikdir, — deydi M. Ismoiliy.


(«Sanam» jurnalidan)



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish