O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


-DARS. KESIM VA UNING IFODALANISHI



Download 231,24 Kb.
bet34/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

10-DARS. KESIM VA UNING IFODALANISHI


Darsning maqsadi: Тalabalar ongida kesim va uning shakllari haqida ko‘nikma hosil qilish.


R E J A:

1. Kesimlikning belgilari.


2. Ot kesim va fe’l kesimlar haqida.
3. Kesimlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.


1-topshiriq. Ko‘pdan quyon qochib qutulmas maqolidagi so‘zlar­ning bir-biri bilan qanday bog‘langanini aniqlang. Har bir bog‘lanishda qaysi so‘z takrorlanayotganini aniqlang.
2-topshiriq. Litseyning III bosqich o‘quvchisiman gapidan gapga xos bo‘lgan shaxs-son, zamon, bo‘lishli- bo‘lishsizlik, tasdiq- inkorlik ma’nolari qaysi bo‘lakda o‘z ifodasini topgan?


Esda saqlang. Kesimlik (shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modal) ma’nosini ifoda etgan gapning markaziy bo‘lagi kesim deyiladi.

Kesimlik ma’nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Har bir kesimlik ma’nosi alohida-alohida ifodalanishi mumkin. Masalan, yoz-ma (tasdiq-inkor) -say (mayl) -di (zamon) -m (shaxs-son). Bitta kesimlik shakli bir necha kesimlik ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, kel-di (o‘tgan zamon, III shaxs, tasdiq, aniqlik mayli) yoki o‘quvchi-man (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli). Ba’zan kesimlik ma’nolari hol shakli orqali ifodalanadi. Masalan, Kel (kelasi zamon, II shaxs, tasdiq-buyruq mayli) yoki Men o‘quvchi (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik).


Kesim nima qildi? nima bo‘ldi? nima qilmoqda (qilyapti)? kim (dir)? nima (dir)? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Masalan, Ishlasang, tishlaysan maqoli ikkita kesimdan tashkil topgan. Birin­chisi nima qilsang? Ikkinchisi nima qilasan? so‘roq­la­ri­ga javob bo‘ladi. Otam — o‘qituvchi gapida o‘qituvchi bo‘lagi kesim sanalib, kim (dir)? Kim hisoblanadi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.


Fe’l kesim va ot kesim

Kesimlar ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) fe’l kesimlar; 2) ot kesimlar.




Esda saqlang. Fe’ldan ifodalanib, nima qilmoq? nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lgan kesimlarga fe’l kesim deyiladi.

Masalan, kitob o‘qiyapman gapida o‘qiyapman nima qilyapman? so‘rog‘iga javob bo‘lib, fe’l kesim sanaladi.


Opam — shifokor gapida shifokor kim (dir)? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ot kesim hisoblanadi.


Esda saqlang. Ot, sifat, ravish, son, olmoshdan foyda­lan­gan ke­sim­larga ot kesim deyiladi.

Fe’l kesimlar shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl (modal) ma’nolarni kesimlik (fe’l) shakllari orqali ifodalaydi. Ot kesimlarda esa otni kesim qilib shakllantirish uchun maxsus vositalar (-man,-san,-dir; bo‘la (-man,-san,-di), hisoblana (-man,-san,-di), sanala (-man, -san,-di) qo‘shiladi.


Masalan: U o‘quvchi(dir)
U o‘quvchi hisoblanadi
U o‘quvchi sanaladi.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish