O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi



Download 231,24 Kb.
bet117/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

GAPLAR USLUBIYAТI


Dars maqsadi: Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqidagi o‘quv­chilarning bilimlarini kengaytirish. Nutq jarayonida ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.


R E J A:

1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida.


2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap tuzilishi.
3. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.
4. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.


1-topshiriq. Quyida berilgan gaplarning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ayting:

1. «Odami ersang, demagil odami,


Oni kim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami», —
deydi Alisher Navoiy.
2. Alisher Navoiy xalq g‘amini yemagan odamlarni odam deb hisoblamaslik lozimligini bayon qilgan edilar.

Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o‘zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi o‘z fikrini qo‘shimcha dalillar bilan isbotlamoq uchun o‘zigacha bo‘lgan buyuk shaxslarning asarlaridan namunalar keltiradi. Yoki ma’lum bir shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gapdan foydalanadi. Masalan, «Тiz cho‘kib yashagandan tik turib o‘lmoq yaxshiroq», – deydi G‘ofir. Bu esa nutqning ta’sirchan, mantiqli va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.




Juda muhim. Monologik nutqda so‘zlovchining o‘zgalar gapidan aynan foydalanishi ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi.

Bunda qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: 1) so‘zlov­chining (muallifning) gapi; 2) o‘zganing gapi. Masalan. «Ko‘p narsa­larni ko‘zimga ko‘rsatdingiz. Yana ko‘p narsalarni ko‘rgani qo‘limga chiroq berdingiz, O‘rmonjon aka», – dedi Siddiqjon.


Yuqoridagi gapda dedi Siddiqjon qismi muallif gapi, ungacha bo‘lgan qism esa o‘zganing gapi hisoblanadi.
Fikrni asosli va go‘zal ifodalamoq uchun ko‘p hollarda xalq maqollaridan, hikmatli so‘zlardan, adabiy parchalardan foydalani­ladi. Nutqqa tayyor olib kirilgan bu maqol va hikmatli so‘zlardan so‘ng — deydi xalqimiz, — deydi adib singari muallif gaplari qo‘llanilib, ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Masalan, «Oltin boshing omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘l­mas», — deydi xalqimiz.
Ko‘rinadiki, bunday iboralardan o‘rinli foydalanish nutqiy madaniyatni oshiradi.

Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish