O‘rтa maxsus, kasb-hunar тa’limi markazi


Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 231,24 Kb.
bet119/128
Sana05.07.2022
Hajmi231,24 Kb.
#740662
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
Bog'liq
Hozirgi ozbek 3

Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi


1-topshiriq. Muallif gapi oldin, ko‘chirma gap keyin kelgan ikkita ko‘chirma gapli qo‘shma gap topib, qanday tinish belgilardan foydalanganingizni ayting.
2-topshiriq. Qo‘lingizda mavjud bo‘lgan badiiy asarning bir sahifasida nechta ko‘chirma gapli qo‘shma gap borligini aniqlang va tinish belgilarining qo‘yilish sabablarini tushun­tiring.

Ko‘chirma gap bilan muallif gapi turlicha o‘rinlashish xusu­siyatiga ega. Ularning o‘rinlashish tartibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


1. Muallif gapi (MG)+ko‘chirma gap (KG):
Xalqimiz deydi: «Sabr tagi — sariq oltin».
Guli dedi: «G‘azaldin bahr olmag‘ay kim?» (Uyg‘un) Bunday vaqtda muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinib, bosh harf bilan boshlanadi.
Ko‘chirma gap oxiriga, agar u darak va buyruq gap bo‘lsa, nuq­ta; so‘roq gap bo‘lsa, undov belgisi qo‘yilib, qo‘shtirnoq yopiladi.
1. KG+MG: «Тo‘g‘ri, qoloqdan cho‘loq yaxshi», dedi qovog‘ini solib Dilshod. (Oybek)
«Nega xat-pat, telegramma yubormadingiz? — dedi Jo‘ra. (Oybek)
2. KG+MG+KG: «Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz, — dedi Bibixonim kelinga, — aytganlarini so‘zsiz bajargaysiz». (P. Qodirov)
Bunday vaqtda ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi. Muallif gapi bilan ko‘chirma gapning uzilgan joyi vergul va tire bilan ajratiladi. Muallif gapidan so‘ng ko‘chirma gapning qolgan qismi nuqta va tire yoki vergul va tire bilan davom etadi.
Uning sxemasi quyidagicha:
«KG..., – MG, – KG». Yoki: «KG , – MG, – KG»
3. MG: «KG», MG.
Qaynonasi Bibixonim: «Bu in’omning teran ma’nosi bor», — dedi sirg‘alarni kelinining qulog‘iga taqib qo‘yar ekan. (P. Qodirov)
Bunday vaqtda muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi. Ko‘chirma gap oxiri qo‘shtirnoq bilan yopiladi va muallif gapining davomi ko‘chirma gapdan vergul va tire bilan ajratilgan holda kichik harf bilan boshlanadi. Uning sxemasi quyidagicha: KG: «MG», – KG.
O‘ylang: Ko‘chirma gaplarda tinish belgilari nima uchun kerak?
Berilgan maqolning ma’nosini izohlang, uni ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantiring. Unda muallif gapi keyin kelsin.
Qayrag‘och qalin bo‘lsa, yomg‘ir o‘tmas,
Og‘a-ini totuv bo‘lsa, xo‘rlik yetmas.



Download 231,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish