Oshqozonni yuvish texnikasi. Oshqozonni yuvish zaharlanish sodir bo'lgan joydan boshlanadi. Bemorning boshi biroz pasaytiriladi va chap yonboshga yotqiziladi. Zondga vazelin moyi surtilib, oshqozon ichiga tushganiga ishonch hosil qilinadi va zond voronkasi 20—30 sm ko'tarilib, 2—3 litr suv quyiladi, keyin voronka pastga tushirilib suv chiqarib tashlanadi. Suvning birinchi qismini laboratoriyaga tekshirish uchun yuborilgani ma'qul. Shu tartibda oshqozon toza bo'lgunicha 10—15 litr suv bilan yuviladi. Bemor hushida bo'lsa, yuvish mohiyati tushuntiriladi. Bemor behush bo'lsa, oldin intubatsiya qilinib, keyin oshqozon yuviladi, aks holda Mendelson sindromi kelib chiqishi mumkin. Yuvishdan oldin antidodlar yuborilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Oshqozon-dan qon kelishi yuvishga monelik qilmaydi. Oshqozonni yuvishdan oldin atropinizatsiya qilinsa, zond yuborish oson bo'ladi. Ayrim zaharlar suvda eruvchan bo'lib, hujayralar ichidagi va hujayralardan tashqaridagi suvda to'planadi. Ayrim zaharlar esa yog'da eruvchan bo'lib, yog' qatlamiga to'planadi, zaharlanishlarni davolashda bunga ahamiyat berish lozim.
Zahar organizmdan quyidagi yo'llar bilan chiqariladi:
biotransformatsiya — zahar oqsillar bilan birikib turli xil
zaharsiz yoki zahri kam birikmalar hosil qiladi. Bu metabolik
jarayonlarni organizmning o'zi tashkil qiladi. Bu yerda jigar va
buyrakning ham xizmati katta. Organizmda bu jarayon terlash,
qusish, nafasning tezlashuvi, ichning ketishi kabi holatlarda
namoyon bo'ladi;
buyrak orqali chiqarish, bunda siydik sun'iy yo'l bilan
ko'paytiriladi. Buning uchun bemorga 3—5 litr suyuqlik quyilib
yoki sun'iy gemadelatsiya o'tkazib, siydik haydovchi dorilar (manitol, mochevina, laziks) yuboriladi. Shu muolajani sutka mobaynida 2—4 marta takrorlash mumkin. Bunda qonning elektrolitlar balansini tekshirib turish kerak. Agar bemor hushida 4 bo'lsa, muolajani unga 5—8 litr suv ichirish yo'li bilan ham arhalga oshirsa bo'ladi.
Zaharni organizmdan bemorni kuchli terlatish (aspirin yoki asfezol, paxikarpin berish yo'li bilan) yoki o't ajralishini ko'pay-tirish yo'li bilan ham chiqarish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, detoksikatsiya uchun bemorga aktiv ko'mir yoki sorbentlardan ichiriladi, limfasorbsiya, gemodializ, peritonial dializ, gemasorbsiya kabi intra va ekstrakorporal detoksikatsiya usullari qo'llaniladi.
Spetsifik va antidotlar bilan davolash usuli zaharning fizik-kimyoviy holatiga ta'sir qilishga asoslangan. Antidotlar zaharli moddalarni topib, ular bilan birlashib, zaharsiz birikmalar hosil qiladi yoki ular ta'sirida zahar o'z kuchini yo'qotadi.
Og'ir metallar antidoti 5 % li unitiol, barbituratlar antidoti bemegrid, analgetiklar antidoti nolarfin, prozerin hamda fosfor antidoti atropin va hokazo.
Simptomatik terapiya u paydo bo'lgan simptom va sindromlarga qarshi kurashishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |