O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI OLIY VA O'RTA TIBBIY TA'LIM BO'YICHA O'QUV-USLUBIY
IDORASI
M.X. MUXTOROV, I.K. QAHHOROV
REANIMATSIYA ASOSLARI
Tibbiyot kollejlari uchun о 'quv qo 'llanma
P.F. Borovskiy nomli tibbiyot koileji
AXBOROT-RESURS MARKAZI
TOSHKENT - „ILM ZIYO" - 2005
faqrizchilar: O.Sh. Eshonov - Buxoro tibbiyot instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kursi rahbari, t.f.n., dotsent;
I.P. Primbetova — 1-Respublika tibbiyot kolleji Oliy toifali metodisti;
M.A. Hamedova — Jarrohlik va reanimatsiya asoslari fani Oliy icifali o'qituvchisi.
Ushbu qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, to'qqizta bobdan iborat.
Kitobda reanimatologiya asoslari, uning vazifalari, kechiktirib bo'lmaydigan yordam va reanimatsiya talab etuvchi holatlar, ularni keltirib chiqaruvchi kasallik sabablari, belgilari va bosqichlari bo'yicha nazariy bilimlar hamda davolash va parvarishlash paytida hamshiraning vazifalari haqidagi mavzular yoritilgan.
ISBN 5-8244-1562-3
© „Ilm Ziyo" nashriyot uyi, 2005- y.
SO'ZBOSHI
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalq xo'jaligining barcha jabhalarida, shu jumladan, ta'lim va tibbiyot sohalarida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", „Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi", „Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonunlarning qabul qilinishi ta'lim va tibbiyot tizimi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 2-bosqichi ta'lim tizimining barcha sohalari qatori o'rta maxsus ta'lim muassasalari oldida qator muhim vazifalarni qo'ydi. Bu kadrlarni har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislar qilib tayyorlashdan iborat bo'lib, asosiy e'tibor ham shunga qaratilgan. Yuqori malakali o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlarini tayyorlashda o'quvchilarning ta'lim stan-dartlarida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarni mustaqil o'rganishlarini tashkil etish hamda ularni zarur o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Ushbu o'quv qo'llanmada reanimatsiya asoslari bo'yicha amaldagi yangi o'quv dasturida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarga oid, shuningdek, tomirlar ichida qonning ivishi, uzoq bosilib qolish sindromi kabi muhim mavzular ham ma'lum izchillikda yoritilgan.
Hamshiralik jarayonining ilmiy asoslarini batafsil o'rganish, har bir muayyan shifoxona sharoitiga mos keluvchi tashkiliy yechimlarni topish dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Qo'llanmada bunga erishish maqsadida bemorning hamshira parvarishi vositasida to'liq qondirilishi lozim bo'lgan barcha tibbiy-sanitar ehtiyojlarini inobatga olish, undan kelib chiqqan holda davolash va parvarishlash usullarining rejasini tuzish va nihoyat shu parvarishlash natijalarini baholash mezonlari keltirilgan.
Qo'llanma tibbiyot kollejlari o'qituvchi va talabalari uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, undan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
Qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |