Yurak-tomir sistemasidagi o'zgarishlar gipotoniya, aritmiya, ekzotoksik shok ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin.
Gipertonik sindromlar shok yoki zaharlanishning oldingi fazalariga to'g'ri keladi. Chunki zaharlanishning dastlabki bosqichlarida zaharli moddalar so'rilib, tomirlar devorini spazmga uchratadi, natijada gipotoniya ,yurak yetishmovchiligi esa tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori va gipovolemik holat natijasida kelib chiqadi. Yurak ritmining buzilishi, zahar yurakning o'tkazuvchi yo'llariga ta'sir qilishi va organizmdagi suv-tuzlar mutanosibligi buzilishi oqibatida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |