Komalarda kuzatish varaqasini to'ldiring. Komalarda qanday
kuzatish hollarini bilasiz? Qanday tahlillar olib ularga e'tibor
berasiz?
Komalarda tez sodir bo'lib turadigan xavfli sindrom —
Mendelson sindromining oldini olish choralarini bilasizmi?
Komalarda ovqatlantirishni qanday amalga oshirasiz?
Komalardagi parvarish usullarining boshqa parvarish usullaridan
farqi nimada?
TESTLAR /. Koma so'zining ma'nosi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A. O'zini-o'zi himoya qilish.
B. Tebranish.
С Qo'zg'alish.
D. Chuqur uyquga ketish.
E. A va D javoblar to'g'ri.
2. Jigar komasi sabablari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A. Jigar va o't yo'llari kasalliklari.
B. Sirroz.
C.Gipoksiya va og'ir shikastlar.
D. Shok holatlari.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
3. Miyaga qon quyilishi natijasida sodir bo 'ladigan кота qanday
nomlanadi? A. Gipoglikemik koma.
B. Apopleksik koma.
C. Uremik koma.
D. A va С javoblar to'g'ri.
E. Hamma javoblar to'g'ri.
4. Buyrak kasalliklari natijasida yuzaga kelib, qonda siydik
miqdori ко 'payadi, azot qoldiqlari bilan organizm qattiq zaharlanadi.
Ushbu ta'rif qaysi komaga tegishli? A. Uremik koma.
B. Apopleksik koma.
C. Gipoglikemik koma.
D. Jigar komasi.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
5. O'tkir buyrak yetishmovchiligining 3-bosqichi qanday
nomlanadi? A. Poliuriya bosqichi.
B. Oligoanuriya bosqichi.
C. Sog'ayish bosqichi.
D. Boshlang'ich bosqich.
E. Kompensatsiya bosqichi.