6.11. Komalarda hamshira tashxisi va parvarish rejasini tuzish
38 yoshli bemor og'ir holatda tez yordam mashinasida tez tibbiy yordam bo'limiga keltirildi. Anamnezi, umumiy ko'rinishi, patogenezi, klinik belgilari va kasallikning kechishiga qarab shifokorlar giperglikemik koma, qandli diabet, insulinga muhtojlik formasi, dekompensatsiya darajasi, ogranizmda jarohatlanish borligini aniqladilar. Yo'ldosh kasali — surunkali gepatit, surunkali piyelonefrit. O'ng oyoqning bosh barmog'iga qarab diabetik gangrena (diabet asorati, angiopatiya) tashxisi qo'yilgan.
Hamshiraga biriktirilgan xonaga bemor yotqizildi, palata shifokoridan tegishli ko'rsatma, muolaja va topshiriqlar olib, hamshira ishga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |