Gemosorbsiya yoki qonni sun'iy tozalash maqsadli ko'rsat-malarga ega. Bu maqsadda bemor qoni maxsus sorbentlardan o'tkazilib bemorning o'ziga qayta quyiladi. Natijada qon tarkibidagi zaharli moddalarni aktupka — sun'iy ventilatsiyalangan ko'mir o'ziga tortib oladi. Sorbentlar turli xil bo'lishi mumkin.
Limfasorbsiya organizmdan bir kecha-kunduzda 6—8 litrgacha limfa suyuqligi ajralishidir. Shuning uchun ham o'tkir zaharlanishlar yoki kritik holatlar, o'tkir jigar-buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak yetishmovchiliklarida limfasorbsiyaning
o'rni muhimdir. Bu maqsadda ko'krakda limfa yo'li topilib, limfa yig'iladi. Yig'ilgan limfa sorbentlar orqali o'tkazilib qayta organizmga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |