7.4. Suvga cho'kkanda birinchi yordam
Kishilar baxtsiz hodisa yoki tutqanoq tutib qolishi oqibatida cho'kadilar. Suvga cho'kkan kishi uchun eng muhimi qo'rquvni yengish va suvdan qutilib chiqish yo'lini izlashdan iborat. O'zi uddasidan chiqmasa atrofdagilar uni qutqarishi zarur. Cho'kkan kishining ahvoli qutqaruvchining mahoratiga, suvning harora-tiga, uning suvda bo'lgan vaqtiga va asab sistemasining bolatiga bog'Hq. Bemor qutqarilgandan so'ng qo'zg'aluvchan, ba'zan behush ham bo'ladi; o'zini-o'zi nazorat qila olmaydi; qaltiray boshlaydi, terisi oqargan, tovuq terisini eslatadi; tomir urishi tezlashgan, qon bosimi yuqori; o'tkir nafas yetishmovchilik belgilari ko'zga tashlanib turadi. Suvga cho'kkan kishida o'Hm mexanizmi ikki ko'rinishda: asfiksiya vagipotermiyanatijasida yuzagakeladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |