O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Xalqaro qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘oz bozorining xalqaro
moliyaviy markazlari orqali baynalmilallashish natijasida yuzaga
keladi.
Privatizatsiya cheki — bu qimmatli qog‘ozlarning maxsus bir
turi bo‘lib, uni aksiyadorlik jamiyatlari emas, balki faqat davlat
muomalaga chiqaradi. Ular o‘z egasida davlat tasarrufidan chiqa-
rilgan korxonalarning maxsus auksionlar (kimoshdi savdosi) orqali
sotuvga qo‘yilgan aksiyalariga yoki maxsus investitsiya fondlarining
aksiyalariga almashtirib olish huquqini beradi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘oz bozorlarining
xalqaro moliyaviy markazlari orqali baynalmilallashishi natijasida
yuzaga keladi. Ularning nominal va bozor narxi chet el valutasida
belgilanadi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:
Yevronota — bu o‘zgaruvchan stavkada 3 oydan 6 oygacha
mud-dat bilan chiqariladigan korporatsiyalarning qimmatli
qog‘ozlaridir.
Yevroobligatsiyalar — bu xalqaro qimmatli qog‘ozning turi
bo‘lib, milliy bozorlar uchun chiqarilgan chet el zayomlari, xalqaro
bozorga joylashtirish maqsadida chiqarilgan yevrozayom (yevro-
obligatsiya)lardan iborat.
Yevroobligatsiyalar uzoq muddatlarda: 4, 7, 15, 30 va 40 yillik
muddat bilan chiqariladi. Emitent sifatida, asosan:

hukumat;

xalqaro tashkilot;

transmilliy korporatsiyalar;

mahalliy hukumatlar;

ayrim davlat va davlatlararo tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Fond birjasi. Fond birjasi mas’uliyati cheklangan jamiyat
bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar savdosini o‘tkazadigan, ular bozor
bahosini belgilaydigan hamda qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida
axborotlar tarqatadigan maxsus muassasadir. Fond birjasi
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond bir-
jasi to‘g‘risida»gi, «Birja va birja faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun-
lariga muvofiq ish yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi fond birjasining faoliyat yuritishi uchun ruxsatnoma
beradi.


284
Fond birjasining ta’sischilari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan
ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Davlat organlari xodimlari, sud, prokuratura
xodimlari, birja ta’sischilari va a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Hozirgi vaqtda dunyoda 200 dan ortiq fond birjasi faoliyat ko‘rsat-
moqda. O‘zbekistonda yagona «Òoshkent» fond birjasi mavjud.
Fond birjasi ustav fondlarida cheklashlar bor, ya’ni fond birjasi
bajarayotgan operatsiya hajmi ustav fondidan ortib ketmasligi
kerak. Fond birjasi savdoni o‘tkazish qoidalarini o‘zi ishlab
chiqadi.
Fond birjasining moliyaviy faoliyati quyidagicha:

aksiyalar sotuvidan foiz daromadlari;

brokerlik joylarini sotishdan tushgan daromad;

a’zolik badallaridan tushgan daromad;

birja savdosini rasmiylashtirishdan tushgan daromad;

birja yig‘imlari va ma’lumotlarni sotishdan tushgan daro-
mad;

birja ustavida ko‘rsatilgan har xil ishlarni qilishdan keladigan
daromad.
Mablag‘larni joylashtirishning samarali yo‘llarini qidirish va
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshirishda korxonalar
vositachilarga murojaat qiladilar. Fond birjalari tovar birjalarining
fond bo‘limlari, investitsion institutlar, banklar vositachi bo‘lib
maydonga chiqishlari mumkin.
Zamonaviy birjalarda dallollar kamdan kam hollarda yolg‘iz
ish olib boradilar. Ular brokerlik, dilerlik ishlarini amalga oshira-
digan kuchli firmalarga birlashadilar. Hozir jahonda 60 dan ortiq
mamlakatlarda 200 ga yaqin fond birjalari bor. Shulardan 15 tasi,
jumladan, 5 tasi Kanada birjasi, 100 dan ortig‘i Yevropada, 20 tasi
Janubiy Amerikadadir. Afrika, Osiyo, Avstraliyada ham birjalar
bor. 30 dan ortiqroq birja Parijda joylashgan va qimmatli qog‘ozlar
strukturasini muvofiqlashtirib, aksiyadorlarning teng huquqlarini
ta’minlash bilan shug‘ullanadigan Fond birjalari xalqaro fede-
ratsiyasi (FBXF)ga kiradi. FBXF qo‘mitalarining yillik kengash-
larida qonunchilik va qimmatli qog‘ozlar savdosini tartibga
solish, iqtisodiy siyosatning fondlar bozoriga ta’siri, birja ish
texnikasi va texnologiyasini rivojlantirish singari masalalar ko‘rib
chiqiladi.


285
Fond birjasi faoliyatining ayni muddaosi qimmatli qog‘ozlar
bilan bo‘ladigan ishlarni bitkazishdir. Fond birjalarida savdo
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar
bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari,
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi;

fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning
mavjudligi soni va sifatini sotuvchining qo‘lidagi hujjat—sertifikat
tasdiqlaydi;

fond birjasida qimmatli qog‘ozlar istalgan miqdorda sotil-
maydi. Savdo bu yerda lot (to‘p)lar, ya’ni birjadagi bir kontrakt
yoki miqdor va sifat jihatdan standart tipi bo‘yicha amalga oshiri-
ladi. Fond birjasi bu ulgurji savdo shaklidir;

fond birjasida faqatgina kotirovka ro‘yxatida qayd qilingan
qimmatli qog‘ozlargina sotiladi. Qimmatli qog‘ozlarni mazkur
ro‘yxatga kiritish, ya’ni birjaga qo‘yish listing deb ataladi;

fond birjasida baho ochiqdan ochiq o‘rnatiladi. Ular to‘g‘risi-
dagi axborot zallardagi tablolarda e’lon qilib turiladi.
Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi, bir tomonda
birjada o‘zining qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilishga vaqti
yo‘q yoki umuman bu ish bilan shug‘ullanish istagi bo‘lmaganlar
(emitent va tadbirkorlar), ikkinchi tomonda esa muayyan haq
evaziga shu qimmatli qog‘ozlarni sotishni o‘z zimmasiga oluvchi
brokerlar. Uchinchi tomonda qimmatli qog‘ozlarga xaridor kompa-
niyalar va xususiy shaxslar. Har uchala tomonning manfaatini
birlashtiruvchi joy — fond birjasidir.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish