O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Qimmatli qog‘ozlar — bu qonunda belgilangan tartibda
chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo‘lgan pulli hujjatdir. Ular
mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki
pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli
qog‘ozlar dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘plashni
hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutadi. Ular blanklar,
sertifikatlar shaklida yoki schotlardagi yozuvlar ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. Ulardan hisob-kitob qilishda, shuningdek,
kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalaniladi. Qimmatli qog‘ozlar
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tar-
qatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risi-
da»gi va «Fond birjasi to‘g‘risida»gi Qonunlarida ko‘rsatilganidek,
mamlakatimiz hududida qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari
amal qiladi:

aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, harakat muddati cheklan-
magan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan aksiyadorlik jamiyati
ustav fondiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat
mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;


280

dividend ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi;

aksiyadorning shu jamiyatni boshqarish ishiga qatnasha
olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.
Aksiyalarning oddiy va imtiyozli turlari mavjud.
Oddiy aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend
foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat’iy kafolatlan-
maydi, ammo u egasiga aksiyadorlik jamiyati yig‘inida ovoz berish
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend
foydaga qarab emas, balki zayomga to‘langani kabi, oldindan
belgilangan qat’iy foizlarda beriladi. Agar joriy yilda daromad
tegmay qolsa, u holda uning kelajakda olinishi kafolatlanadi.
Ammo imtiyozli aksiya egalari aksiyadorlar majlisida ovoz berish
huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Veksellar. Veksellar — bu muayyan summadagi qarzni
belgilangan muddatda to‘lash majburiyati qat’iy yuklangan, qonun
bilan tasdiqlangan holatda to‘ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik
tilxati, qimmatli qog‘ozning bir turi. U tijorat-savdo operatsiya-
larida ayirboshlash va muomala vositalari o‘rnida qo‘llaniladigan
kredit hujjatidir. Demak, veksel bu bir shaxs tomonidan ikkin-
chisiga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli
qog‘ozning bir turidir.
Vekselning quyidagi turlari mavjud: davlat, ya’ni xazina vekseli,
oddiy veksellar, o‘tkazma veksellar.
Xazina veksellari — bu Markaziy bank vositachiligida davlat
tomonidan chiqariladigan qisqa muddatli qarz majburiyatlari bo‘lib,
ular kafolatlanmaydi va garov bilan ta’minlanmaydi. Odatda,
bunday veksellar bir necha haftadan to bir necha oygacha (90 kun-
dan 120 kungacha) chiqariladi.
Oddiy veksellar — bir tashkilotning (veksel beruvchining)
boshqa bir tashkilotga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug‘i
bilan so‘zsiz ravishda belgilangan muddatda yoki talab qilingan
vaqtda ma’lum pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini o‘zida aks
ettirgan yozma hujjatdir. Bu veksel qarzdor tomonidan to‘l-
diriladi.
O‘tkazma veksel — tovar oldi-sotdisida yozilgan veksel
beruvchining tovar pulining veksel qabul qilib oluvchiga (ya’ni


281
tovar egasiga) uchinchi bir shaxs tomonidan to‘lanishi lozimligini
(veksel beruvchining buyrug‘ini) ifodalovchi yozma hujjatdir. U
qarz beruvchining qarzini qachon va kimga qaytarish haqidagi
yozma buyruqdir. O‘tkazma veksellar (tratta) muomalasida 3 ta
tomon qatnashadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish