278
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari, moliya jamiyatdagi
ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonlari ustidan nazorat
qilish vositasi hamdir. Moliyaviy nazorat orqali davlat va jamiyat,
korxonalar, umuman, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya
intizomiga rioya qilishlari, moddiy javobgar bo‘lishlari, turli soliqlar
va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashlari kabi masalalarni boshqarib
borishni amalga oshiradi.
15.6. O‘zbekistonda moliya bozorini
shakllantirish jarayoni
Bozor
munosabatlari rivojlanib, uning unsurlari tobora
ko‘proq tatbiq etilayotgan iqtisodiyot isloh etilib, tadbirkorlar,
hissadorlik jamiyatlari soni tez o‘sib borayotgan, bank ishi har
tomonlama rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar
kengayib, mamlakat jahon iqtisodiyoti
tizimiga faol kirib
borayotgan hozirgi sharoitda moliyaviy aktivlar tobora ko‘proq
ahamiyat kasb etib boradi.
Iqtisodiyotda shunday sohalar bo‘ladiki, ularda ma’lum payt-
larda pul mablag‘lari yetishmay turgani holda iqtisodiyotning
boshqa ayrim sohalarida mablag‘lar bo‘sh turadi. Shu bilan birga
mablag‘larning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lib
turishi vaqt
o‘tishi bilan navbatlashib boradi. Ya’ni pul mablag‘lari yetish-
masligidan qiynalayotgan soha yoki korxona muayyan vaqtdan
keyin ortiqcha miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lib qolishi
mumkin va aksincha.
Shu munosabat bilan ortiqcha pul mablag‘larining egalarini
ana shu mablag‘larga muhtoj bo‘lib turganlarga uchrashtirib
qo‘yishga yordam bera oladigan mexanizm bo‘lishi kerak. Ortiqcha
pul mablag‘larining egalari va shu mablag‘larning iste’molchilari
alohida bir bozorda — pul bozori, moliya bozorida uchrashadilar.
Bu bozor juda murakkab tuzilishga va yuqori-past pog‘onalarga
ega bo‘lgan maxsus bozor bo‘lib,
unda juda katta miqdordagi
pullar bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarga o‘tib boradi va o‘tish
harakatlari iqtisodiyotning mikrodarajadan tortib makrodaraja-
gacha bo‘lgan ahvoliga ta’sir ko‘rsatadi.
Moliya bozorini o‘rganishni turli tomonlardan — institutsional
jihatdan, bozor subyektlaridagi
investorlar va emitentlar, vositachi-
279
larning, turli moliyaviy dastaklarning turlari nuqtayi nazaridan
boshlash mumkin. Moliya bozorining eng muhim tomoni shuki,
u bozor sarmoyalar safarbar etilishini rag‘batlantirib, bo‘sh turgan
pul mablag‘larini iqtisodiyotdagi turli sohalar o‘rtasida qayta
taqsimlashni, taqsimlanganida va rivojlanib borayotgan istiqbolli
sohalar foydasiga qayta taqsimlanishini ta’minlab beradi.
Rivojlangan moliya bozori ishlab chiqarishni rivojlantirishni,
umuman, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantiradigan kuchli man-
badir. Bo‘sh turgan pul mablag‘larining egasi (investor) o‘zidagi
pullarni daromad olish maqsadida beradi. Shunday qilib, moliya
bozori rentabel korxonalarga mablag‘ berib turish orqali samarali,
jo‘shqin iqtisodiyotning shakllanib borishiga yo‘l ochadi.
Moliya bozorida pul mablag‘larining muomalada bo‘lishi,
ya’ni aylanib
borish muddatlari har xil, shunga ko‘ra moliya
bozorini shu muddatlarning qanday bo‘lishiga qarab pul bozori,
sarmoyalar bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lib o‘rganish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: