O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Moliya, uning funksiya va vazifalari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

15.2. Moliya, uning funksiya va vazifalari
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati uning funksiyalari va
vazifalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya qiymatni taqsimlash
orqali pul fondlarini hosil qilish va ularni ishlatishni bildirar ekan,
shunga ko‘ra, u taqsimlash va nazorat qilish kabi funksiyalariga
ega hamda rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya va iqtisodiy axborot
berish vazifalarini bajaradi.
A) Òaqsimlash funksiyasi. Bu funksiya bilan moliya ijtimoiy
ishlab chiqarishning samarali va mutanosib rivojlanishi, jamiyat
ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida turli tarmoqlarning jamiyat
talablariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Moliya orqali milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimla-
nishi, pul jamg‘armalarining tashkil bo‘lishi va uning ijtimoiy
rivojlanishi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, tabiatni muho-
faza qilish, aholining sog‘lig‘ini saqlash, ma’rifat va madaniyatni
rivojlantirish, mehnatga yaroqsiz va ijtimoiy muhofazaga muhtoj
shaxslarni ta’minlash, mamlakat mudofaasini zarur darajada saqlab
turish kabi muhim ishlar amalga oshiriladi.
Òaqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi:

birlamchi taqsimlash mikroiqtisodiy darajada, ya’ni firma,
korxona, tashkilot, muassasalar ichida yuz beradi;

ikkilamchi taqsimlash firma, tashkilot, korxona, muassasalar
bilan davlat o‘rtasida yuz beradi.
Birlamchi taqsimlashda birlamchi daromadlar foyda, amortiza-
tsiya fondi, ish haqi fondi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari vujudga
keladi. Masalan, ishlab chiqarishda 100 mlrd so‘mlik mahsulot
yaratilsa, uning 60 mlrd so‘mi amortizatsiya fondiga, 20 mlrd so‘mi
ish haqi fondiga, 15 mlrd so‘mi foydaga va 5 mlrd so‘mi ijtimoiy
sug‘urtaga ajratiladi. Amortizatsiya fondi ishlab chiqarishni qayta
tiklashga ketadi. Hech qachon u ish haqi sifatida berilmaydi yoki
sug‘urta uchun sarflanmaydi. Shuningdek, amortizatsiya vazifasini
ish haqi fondi bajara olmaydi.
Ikkilamchi taqsimlashda davlat soliqlar va soliqdan tashqari
majburiy to‘lovlar orqali korxona mablag‘ining bir qismini o‘z
ixtiyoriga olib, uni umumjamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirish
uchun qayta taqsimlaydi. Bunda moliyaning o‘zagi bo‘lmish budjet
asosiy rol o‘ynaydi. Avvalgi misolimizga qaytsak, birlamchi taqsim-


271
lash tufayli hosil bo‘lgan 20 mlrd so‘mlik ish haqi fondining
5 mlrd so‘mi daromad solig‘i shaklida, 15 mlrd so‘mdan iborat
qolgan 4 mlrd so‘mi turli to‘lovlar shaklida davlatga tegadi. Davlat
o‘ziga tekkan 11 mlrd so‘mni budjet orqali qayta taqsimlab,
uning 5 mlrd so‘mini ijtimoiy himoyaga, 5 mlrd so‘mini mudofaaga
va 1 mlrd so‘mini boshqaruv xarajatlariga ajratadi.
B) Nazorat funksiyasi. Moliyaning ushbu funksiyasi bozor
iqtisodiyoti amal qilishining muhim iqtisodiy ta’sir usuli sanaladi.
Bu orqali mamlakatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy
faoliyatlari hamda ular tomonidan soliqlar, yig‘imlar va boshqa
to‘lovlarning amaldagi qonunlar asosida to‘g‘ri to‘lanishi, tashkil
etilgan fondlar mablag‘larining belgilangan aniq maqsad bo‘yicha
ishlatilishining nazorati ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Moliya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Rag‘batlantirish vazifasi. Bunda moliyaviy vositalar bo‘lgan
soliq, subsidiya, subvensiya kabilar bilan iqtisodiy faoliyat qo‘llab-
quvvatlanadi. Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib,
uning foydasi ortadi. Natijada korxonada foydani ishlab chiqarishni
rivojlantirishga sarflash imkoniyati paydo bo‘ladi. Boj pulini
kamaytirish orqali eksport rag‘batlantiriladi. Kerak bo‘lganda
zararni qoplash uchun subsidiya berish korxonani moliyaviy
sog‘lomlashtirish vositasi bo‘ladi. Davlat tomonidan korxona va
tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish orqali ularning ishi
rag‘batlantiriladi.
2. Ijtimoiy himoyalash vazifasi. Ushbu vazifani bajarish ikki
yo‘nalishda amalga oshiriladi:

aholiga bepul va imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sohalar bo‘lgan
xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport kabi sohalarni
moliyalashga sarflaydi. Chunki bu sohalar g‘oyat serxarajat sohalar
bo‘lib, bevosita yuqori foyda olish imkonini bermaydi. Shuning
uchun shu sohalarni boshqarishni davlat o‘z zimmasiga oladi va
ularning faoliyatini moliyalash uchun mablag‘larni budjetdan yoki
budjetdan tashqari maqsadli fondlardan ajratadi;

aholining nochor va yordamga muhtoj qatlamlariga pul bilan
ko‘mak berishga ishlatiladi. Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy
qatlamlar borki, ular o‘z daromadlari bilan o‘zlarini to‘la ta’minlay
olmaydi. Shuning uchun ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan
pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Masalan, ishsizlar uchun


272
ishsizlik nafaqasi, ko‘p bolali oilalar uchun bolalar nafaqasi, nogi-
ronlar uchun esa nogironlik nafaqasi davlat budjeti yoki budjetdan
tashqari maqsadli fondlar tomonidan to‘lanadi.
3. Iqtisodiy axborot berish vazifasi. Moliyada iqtisodiy faoliyat-
ning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy ko‘rsatkichlar shaklini
oladi, ularga foyda, rentabellik, korxona likvidligi, uning pul mab-
lag‘lari va qarzining miqdori kabilar kiradi. Shularga qarab firma-
ning moliyaviy ahvoliga baho beriladi. Moliyaviy ahvol haqida
axborotning ikki manbayi mavjud:
a) korxona va firmaning o‘zi e’lon qiladigan moliyaviy ko‘r-
satkichlar;
b) auditorlik xizmati korxona va firmaning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida bergan xolisona axboroti. Moliya va uning vazifalarini
chizma tarzida ifodalaymiz:

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish