14.8. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
Ish bilan bandlikni ta’minlashda davlatning roli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni
mehnat bozorida amalga oshiriladi. Mehnat bozoriga ishchilar
ishga yollanish uchun taklif bilan, ishga oluvchilar esa ularga talab
Fillips egri chizig‘i
9
6
4
2
0
2
6
4
8 10
12
14
A
Ishsizlik darajasi, %
Is
h
h
a
q
in
in
g
o
‘s
is
h
i,
%
265
bildirib chiqadilar. Bozorda ular o‘rtasida mehnat shartnomasi
tuzilib, ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni yuz beradi. Savdolar
mehnat birjalari vositachiliklari orqali amalga oshiriladi.
Ishga yollovchi va ishga yollanib ishlovchilar o‘rtasidagi
shartnomalarning tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar, odatda,
davlat tomonidan qabul qilingan mehnat qonunlari bilan belgila-
nadi. Mehnat shartnomalari, asosan, uch turga bo‘linadi:
1. Mehnat kontraktlari — ishga yollanuvchilar va ishga yollov-
chilar o‘rtasida yakka tartibda tuzilgan shartnoma deyiladi. Bu
shartnomada ishchi tomonidan bajariladigan ishning mazmuni,
ish sharoiti, ish haqi miqdori, ish haqining to‘lanish tartibi,
ishlovchining va ish beruvchining huquq va majburiyatlari aniq
belgilangan bo‘lishi shart.
2. Jamoa bitimi — bu korxona, tashkilot, firmalar, tadbirkorlar
bilan ishchi-xizmatchilar jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma
deyiladi. Bu shartnomaga binoan har ikki tomonning huquq va
majburiyatlari, ya’ni ish vaqti, mehnat intizomi, mehnat
xavfsizligini ta’minlash, ishchilarning malakalarini oshirish
tartiblari, ish haqi miqdori, ish haqini indeksatsiyalash, ya’ni
mamlakatda narx ko‘tarilib borganini hisobga olgan holda ish
haqini oshirib borish kabi masalalar qayd etiladi.
3. Bosh bitim — ish beruvchilar va ishchi-xizmatchilarning
kasaba uyushmasi bilan hukumat o‘rtasidagi bitim deyiladi. Bu
bitim bosh bitim deyilib, unga ko‘ra, umummamlakat doirasida
mehnat munosabatlarining asosiy jihatlari belgilanadi.
Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasida
tuziladigan shartnomaning asosida kelishilgan narx turadi va u
ish haqidir.
Ish haqi darajasi bozorga bog‘liq. Agar korxona va firmalarda
ishlab chiqarilgan tovarlar bozorda yaxshi sotilsa, ish haqi oshadi
yoki aksincha. Ish haqining oshishi bozorda ishchi kuchining
taklifini oshiradi. Ishchi kuchi tomonidan yaratilgan tovar yaxshi
sotilsa, ishchi kuchiga bo‘lgan talab ham oshadi. Chunki ishchi
kuchiga talab u keltirgan foydaga bog‘liq va doimo o‘zgarib
turadi.
Yuqorida aytganimizdek, ishchi kuchiga talab boshqa shart-
sharoit o‘zgarmasa, talab qonuniga ko‘ra, ish haqiga bog‘liq. Ish
haqi yuqori bo‘lsa, ishchi kuchiga talab qisqaradi, agar u past
266
bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Lekin mehnat bozoridagi taklif ham
narxga nisbatan elastik bo‘ladi, ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi
ko‘payadi, kamaysa, taklif qisqaradi. Ammo ishchi kuchining taklifi
shu odamning nimani afzal ko‘rishiga ham bog‘liq. Òurmush
darajasi past bo‘lib, moddiy muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p
pul topishga intilish ustunlik qiladi.
Moddiy to‘kinchilik va yuqori turmush darajasi muhayyo
sharoitlarda oz ishlab yaxshi yashash mumkin bo‘lganidan,
qo‘shimcha pul topishga nisbatan dam olish afzal ko‘riladi. Natijada
ish vaqti qisqarib, bo‘sh vaqt ko‘payishi mumkin. Demak, odam-
ning nimani afzal ko‘rishiga qarab mehnat bozorida taklifi o‘zga-
radi. Bu mehnat bozorida talab-taklif o‘yini deb aytiladi. Bozorda
talab va taklif tenglashganda muvozanat hosil bo‘ladi. Bu muvo-
zanat ma’lum ish haqi miqdori darajasida paydo bo‘ladi.
Òalab va taklif muvozanatiga ish haqidan tashqari boshqa omillar
ta’sir etadi. Òexnik-texnologik taraqqiyot mehnat unumdorligini
oshirib, ish kuchiga talabni qisqartiradi. Iqtisodiy turg‘unlik yoki
tanglik yuz berganda ish o‘rinlari qisqaradi, mehnatga talab
kamayadi. Yangi texnologiyaning joriy etilishi malakali ish kuchiga
talabni oshirib yuboradi. Ishlab chiqarish tarkibi o‘zgarsa, kasblarga
bo‘lgan talab nisbatlari ham o‘zgaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi
ishchilariga talab qisqargan holda, sanoatda, qurilish va xizmat
ko‘rsatish sohasidagi yangi kasblarga talab oshadi.
Ishchi kuchlarining to‘la va samarali bandlik muammolari
Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish va ulardan samarali
foydalanish to‘g‘risidagi nazariyalarda «to‘liq bandlik» tushunchasi
iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi
deb aytiladi — bu to‘g‘ri, albatta. Chunki biz yuqorida friksion va
tarkibiy ishsizlikning sabablarini ko‘rib chiqqanimizda, uning ishlab
chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda kelib chi-
qishini va uning obyektiv muqarrar hol ekanligini aytib o‘tganmiz.
Shuning uchun «to‘liq bandlik» deganda ishchi kuchining
friksion va tarkibiy ishsizlarni hisobga olmagan holda band bo‘lgan-
larga nisbatangina aytilishi mumkin. «Òo‘liq bandlik» sharoitidagi
ishsizlik darajasi ishsizlikning shu davr uchun «tabiiy darajasi»
deb yuritiladi va u milliy iqtisodiyotning real hajmi, ya’ni salohiya-
tini bildiradi.
267
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
Ishchi kuchini takror ishlab
chiqarish;
ishchi kuchi bandligi;
ishsizlik;
friksion ishsizlik;
1. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish deganda nimani tushunasiz?
2. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq?
4. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi?
5. Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
6. Mehnat bozorining qanday xususiyatlari bor?
7. Mehnat shartnomalarining qanday turlari bor?
8. Ishchi kuchiga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
9. Ishsizlik sabablari nima?
10. Qonunchilikka ko‘ra ishsiz deb kimlarga aytiladi?
11. Fillips egri chizig‘ini tushuntirib bering.
tarkibiy ishsizlik;
siklik ishsizlik;
ishsizlik darajasi;
Ouken qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |