?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
268
15-bob.
MOLIYA TIZIMI
15.1. Moliya munosabatlarining mohiyati va vazifalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa
iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, narx, tannarx, qiymat, kredit
va h.k.) kabi jamiyatdagi muayyan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar,
ya’ni mehnat mezoni, iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘bat-
lantirish, milliy daromadni taqsimlash va qaytadan taqsimlash kabi
munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti muno-
sabatlari sharoitida moliya kategoriyasining ahamiyati kuchaya
borib, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy mexaniz-
miga aylanadi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar va pul
munosabatlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Moliya munosabat-
larining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik
shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining iqtisodiy
jihatdan alohidaligi, tashkiliy-huquqiy jihatdan mustaqilligi kabi
masalalar bilan bog‘liq. Lekin moliya iqtisodiy kategoriya sifatida
pul-moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga to‘la
qamrab ololmaydi.
Moliya jamiyatda pul resurslari (fondlari)ni hosil qilish, taq-
simlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan vujudga keladigan iqti-
sodiy munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Chunki har qanday iqtiso-
diy faoliyat mablag‘, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish mahsuloti
va xizmatlar, odatda, taqsimlanganda yoki sotilganda qiymat
shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada dastlab turli maqsadlarga mo‘l-
jallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib,
shundan so‘ng iste’mol qilinadi.
«Moliya» so‘zi lotincha «finis» so‘zidan olingan bo‘lib, «tugadi»,
«oxirgi», «finish», «yakunlash» kabi ma’nolarni bildiradi. Òarixan
bu so‘z xalq bilan davlat o‘rtasidagi pul to‘lovlarining tugallangan-
ligini, hisob-kitoblarning oxiriga yetkazilganini bildiruvchi tushun-
269
cha sifatida kelib chiqqan. Davlatga o‘z badallarini, o‘z daromadla-
ridan davlat hissasini bergan shaxslar «finis» degan hujjat olishgan.
Keyinchalik bu so‘z Yevropa mamlakatlarida «financia» — davlat
daromadlari hamda xarajatlarining umumiy ma’nosini anglatadigan
tushunchaga aylandi. Shunday qilib, moliya munosabatlari vujudga
kelib chiqdi.
Ayrimlar moliya munosabatlari deganda pul munosabatlarini
tushunadi, bu to‘la ma’noda to‘g‘ri emas. Pul munosabatlari moliya
munosabatlariga nisbatan ancha keng ma’noni anglatadi. Bino-
barin, moliyaviy munosabatlar pul munosabatlarining bir qismini-
gina tashkil etadi. Ya’ni bunga shunday izoh berish mumkinki,
biz pulni kundalik ehtiyoj tovarlari sotib olganimizda yoki trans-
portga tushganimizda ularga pul to‘laymiz yoki pul munosabatlariga
kirishamiz, ammo buni moliyaviy munosabatlar deya olmaymiz.
Chunki moliyaviy munosabatlar deganda pulning davlat budjeti,
sug‘urta fondlari, davlatning valuta zaxiralari, korxona va firma-
lar pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishi kabilar bilan bog‘liq
bo‘lgan pul munosabatlari tushuniladi.
Har qanday munosabat kabi moliya o‘z subyekti va obyektiga
ega. Moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishda ishtirok
etuvchilar moliya munosabatlarining subyektini tashkil etadi.
Ularga korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolar, tadbirkor-
lar, davlatning o‘zi, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar kiradi.
Moliya munosabatlarining obyekti pul fondlari va boshqa moliyaviy
resurslardir.
Iqtisodiyot nazariyasi moliyaning ikki turda bo‘lishini ko‘r-
satadi.
Mikromoliya. Bu — iqtisodiyotning asosini, boshlang‘ich
zvenosini tashkil qiluvchi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, firmalar, tashkilotlar, xonadon
xo‘jaligi kabilarning moliyasidir. Bu moliyaviy resurslar ularning
topgan daromadlari va boshqalardan olgan qarzlaridan tashkil
topadi.
Makromoliya. Bu ma’lum bir mamlakatning umummilliy,
umumxalq manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan davlat moliya-
viy mablag‘i instituti hisoblanadi va u davlat budjeti sifatida namoyon
bo‘ladi.
270
Do'stlaringiz bilan baham: |