O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Ishsizlik turlari va ularning farqlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

14.5. Ishsizlik turlari va ularning farqlari
Ishsizlikning asosiy turlari quyidagilar: friksion ishsizlik,
ayrimlar uni tarkibiy ishsizlik deb ham aytadilar. Chunki ma’lum
vaqt o‘tishi bilan bozorda iste’mol talabi va texnologiya tarkibida
o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi, ishlab chiqarishning yangi tarmoq-
lari rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, bu esa, o‘z navbatida, ishchi
kuchiga va uning tarkibiga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga ham
olib keladi. Bunday o‘zgarish natijasida kasblarning ayrim
turlariga talab kamayadi yoki ayrim boshqa yangi kasblarga talab
ortadi.
Ishchilar bunga mos ravishda o‘z kasblarini tez o‘zgartira
olmasliklari yoki moslasha olmasliklari tufayli ish joylarining
yangi tarkibiga to‘liq javob bermasligi sababli tarkibiy ishsizlik
kelib chiqadi. Bu ishsizlik vaqtinchalik ishsizlik deb yuritilib, u
ishchilarning ish joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski
ishdan ketib, yangi ishga joylashgunlaricha davom etadi. Shun-
day qilib, friksion va tarkibiy ishsizlik bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishsizlikning obyektiv muqarrar ravishda bo‘lishini
bildiradi.
Mavsumiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi ko‘proq qishloq xo‘ja-
ligi, qurilish va turizm, dam olish, kurort sohalarida xizmat qiluv-
chilarda bo‘ladi. Bu ishlarda band bo‘lganlarning mavsum tugagach
ishsiz qolishiga aytiladi.
Yashirin ishsizlik. Bunda ishchilar rasman ish bilan band
bo‘ladilar, lekin ular qisman ishlashi, ya’ni to‘liq ishlamay, qisqarti-
rilgan ish kuni yoki qisqa ish haftasida ishlaydilar xolos, shuning
uchun ularni yashirin ishsizlar deyiladi.
Siklik ishsizlik. Bu ishsizlik iqtisodiyotda sodir bo‘lib turadigan
siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq kelib chiqadi. Ishsizlikning bu
turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida
iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida ish bilan bandlik ortadi va u
yo‘qolib ketadi.
Ixtiyoriy ishsizlik. Bunda ayrim mehnatga layoqatli kishilar
o‘z ixtiyorlari bilan ishlamaydilar. Ularning mulkiy yoki boshqa
daromadlari bo‘lib, shuning hisobiga yashashlari mumkin.
Òexnologik ishsizlik. Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar
ishlatilishi natijasida kelib chiqadi.


260
Hududiy ishsizlik. Bu ishsizlik ko‘proq hududlarning demogra-
fik, tarixiy, milliy-madaniy va ijtimoiy-psixologik kabi xususiyatla-
ridagi farqlar bilan bog‘liq kelib chiqadi.
Òurg‘un ishsizlik. Aholining o‘z ish joyini yo‘qotgan, mehnatga
layoqatlilarning bir qismini tashkil qilib, ishsizlik bo‘yicha nafaqa
olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat qilishga hech
qanday qiziqishi bo‘lmaganlardan iborat.
Umumiy ishsizlik. Bu holat, odatda, iqtisodiy tanglik sharoitida
yuz beradi. Bozorlarda tovarlar va xizmatlarga talab juda kamayib
ketadi, natijada ularni ishlab chiqaruvchilar mehnatiga talab
qisqaradi, bu umumiy ishsizlikka olib keladi.
Iqtisodiyot nazariyasi ishsizlik darajasini o‘rganishga alohida
e’tibor bilan qaraydi, chunki ishsizlik darajasining o‘ta yuqori
bo‘lishi mamlakatning ijtimoiy barqarorligiga salbiy ta’sir etadi.
Mamlakatda ishga layoqatli kishilarning ishsizlik darajasi quyidagi
formula bilan aniqlanadi — ishsizlik darajasi ishsizlar sonining
ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizidagi ifodasidir:


100,
Is
Id
Ml
bu yerda, Id—ishsizlik darajasi; Is—ishsizlar soni; Ml—mehnatga
layoqatli aholi soni.
Ishsizlikning muddat ko‘rsatkichi ham mavjud bo‘lib, u ishsiz-
likning davomiyligini bildiradi. Bu jihatdan qisqa muddatli va
uzoq muddatli ishsizlik bor. Ularning nisbati har bir mamlakatning
iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot rivojlangan davrlarda
ish bilan to‘la bandlikka erishiladi. Lekin bu mamlakatdagi barcha
ishchi kuchlari yuz foiz ish bilan band bo‘lganini bildirmaydi.
Odatda, ko‘p mamlakatlarda hozirgi vaqtda mehnatga layoqatli
aholining 95 % i ish bilan band bo‘lsa, u to‘liq bandlik deb
hisoblanmoqda.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish