O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Obligatsiyalar va ularning turlari. Obligatsiya — bu o‘z qiymatiga
nisbatan (egasiga yutuq chiqish imkoniyati bilan) qat’iy belgilangan
foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozdir. U aholi,
korxona, tashkilot qo‘lidagi pul mablag‘larini to‘plash, joriy yildagi
budjet kamomadini qoplash, aksiyadorlik jamiyati faoliyatini
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ yaratish, mijozlarning
mazkur qimmatli qog‘ozdan daromad olishga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish kabi maqsadlarda chiqariladi.
Obligatsiyani quyidagi emitentlar muomalaga chiqarishlari
mumkin:

davlat tashkilotlari (respublika hukumati va viloyat hokim-
liklari);

korxona, tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari.
Obligatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:

qisqa muddatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 1 yilgacha);

o‘rta muddatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 1 yildan
5 yilgacha);

uzoq muddatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 5 yildan
30 yilgacha).
Xazina majburiyatlar mijozlarning budjetga pul mablag‘lari
berganliklarini tasdiqlovchi, mazkur qimmatli qog‘ozlarga egalik
qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish
huquqini beruvchi hujjatdir. U taqdim etuvchiga tegishli qimmatli
qog‘ozdir.
Xazina majburiyatlari davlat budjeti kassa rejasining bajarilishini
ta’minlash, budjet kamomadini to‘ldirish va moliyaviy barqaror-
likni ta’minlash maqsadlarida chiqariladi.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
a) uzoq muddatli — besh yil va undan ko‘proq muddatga;
b) o‘rta muddatli — bir yildan besh yilgacha;
d) qisqa muddatli — bir yilgacha bo‘lgan muddatga (3, 6 va
12 oyga) mo‘ljallab chiqarilgan.


282
Bank sertifikati — bu emitent bank tomonidan uning nomiga
mijozning pul mablag‘lari qo‘yilganligi to‘g‘risida berilgan yozma
guvohnoma bo‘lib, u o‘zining egasiga belgilangan muddat o‘tishi
bilan bankka qo‘ygan pul summasini (yoki depozit summasini)
va bu qo‘yilgan pul summasi bo‘yicha foiz daromadi olish huquqi
borligi to‘g‘risida guvohlik beradi.
Bank sertifikatlari ikki turda chiqariladi:
1. Depozit sertifikati;
2. Jamg‘arma (omonat) sertifikati.
Depozit sertifikatlari — bu pul mablag‘lari bo‘lib, omonat qo‘yil-
gani to‘g‘risidagi, omonatchining belgilangan muddat tugagandan
so‘ng omonat summasi va unga tegishli foizlarni olishga bo‘lgan
huquqini tasdiqlovchi bank guvohnomasidir.
Depozit sertifikatining egasi yuridik shaxs hisoblanadi. Jamg‘ar-
ma sertifikati ham pul mablag‘lari bo‘lib, omonat qo‘yilgani
to‘g‘risidagi bankning guvohnomasidir. Jamg‘arma sertifikatining
egasi jismoniy shaxs hisoblanadi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar — bu birlamchi qimmatli qog‘oz
(aksiya, obligatsiya va h.k.)larning shu bozorda amal qilinishi
natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi qimmatli qog‘ozlardir. Hosilaviy
qimmatli qog‘ozlar o‘z egasiga birlamchi qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish va sotish huquqini beradi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:
Opsion — bu muayyan qimmatli qog‘ozni kelishilgan baho va
muddatda sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi ikki tomonlama
shartnoma.
Fyuchers — bu qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni kelishilgan
muddatda, shartnoma tuzilgan kunda o‘rnatilgan narxda kelgusida
ma’lum bir sanada sotish yoki sotib olish majburiyligi to‘g‘risidagi
shartnoma.
Depozit tilxatlari — bu chet el emitentlarining qimmatli qog‘oz-
larining milliy valuta denomillashtirilgan ekvivalentini o‘zida aks
ettiruvchi qimmatli qog‘ozlardir.
Varrant — bu egasiga muayyan vaqt uchun yoki muddatsiz
shart bilan shartnomada ko‘rsatilgan narxda qimmatli qog‘ozni
sotib olish huquqini beruvchi guvohnomadir.
Varrant nomi yozilmagan va yozilgan (taqdim etuvchiga
tegishli) ko‘rinishlarda bo‘ladi. U qimmatli qog‘oz bozorlarida
xuddi aksiyaga o‘xshab muomalada bo‘ladi.


283

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish