O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Yerning resurs sifatida alohida xususiyatlari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

11.2. Yerning resurs sifatida alohida xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi uchun yer asosiy va hal qiluvchi ishlab
chiqarish vositasi bo‘lganligi sababli, birinchidan, insonni iqtisodiy
faoliyat ko‘rsatishiga va ikkinchidan esa, tabiat rivojlanishi qonun
va qonuniyatlariga, tabiiy-biologik shart-sharoitlar, ya’ni iqlim
sharoiti, ob-havo holatiga, tuproqning tabiiy xossalariga, shu-
ningdek, o‘simliklarda yuz beradigan biologik o‘zgarishlarga bog‘liq
bo‘ladi. Yer mamlakatning asosiy resursi bo‘lib, uni hech bir narsa
bilan tenglashtirish yoki almashtirish mumkin emas, u tengsiz,
tanho, yagona va o‘ziga xos xususiyatga ega. Yerning cheklangan
resurs ekanligi, ko‘paytirish mumkin emasligi, hali o‘rnini bosa-
digan o‘rinbosar resurs yo‘qligi, uning o‘ziga xos bo‘lgan resurs
ekanligini ko‘rsatuvchi xususiyatidir. Yerning resurs sifatida alohida
xususiyati shundaki, u cheklangan va uning hajmi o‘zgarmas hisob-
lanadi. Masalan, butun yer kurrasining hajmi 510 mln km
2
bo‘lsa,
uning 13 % igina ishlov berishga yaroqli yerlar hisoblanadi.
Yer o‘ta noyob, qimmatli asosiy resurs, uning o‘rnini bosa ola-
digan boshqa resurs hali paydo bo‘lmagan. Lekin yerning foyda-
lanadigan qismi juda ozligi, unga qo‘shimcha mablag‘ sarflab ko‘pay-
tirish zarurligini ko‘rsatadi. Qo‘riq yerlarni sug‘orish, zax yerlarni
quritish orqali yaroqsiz bo‘lib yotgan yerlarni dehqonchilik uchun
yaroqli yerga aylantirish zarur. Yer insonlarga dehqonchilik qilish,
undirma sanoatni yurgizish, qurilish qilish, qo‘yingki, undan jamiyat
manfaati yo‘lida foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi.
Yerga kishilar tomonidan mehnat sarflanib, unga organik va
kimyoviy o‘g‘itlar solinib, sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya
kabi ishlarni amalga oshirish yo‘llari bilan uning hosildorligi
oshirilib hosil olinsa, bu iqtisodiy unumdorlik deyiladi. Yerdan
olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligi,
insonning faol mehnati va boshqa xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lar
ekan.


212
Har qanday ishlab chiqarishda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida
ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida
sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa davlat, xususiy, shaxsiy,
jamoa mulki shaklida bo‘lib, turli mulkchilikka asoslanadi. Shun-
dan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda hozirgi davrda qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarish korxonalari shakli, asosan, fermer,
dehqon xo‘jaligi kabi shakllarida tashkil qilingan. Ularning asosiy
kapitali turli bino, inshootlar, traktor va boshqa agregatlar, trans-
port vositalari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari,
shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan turli xil
asbob-uskunalardan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining eng asosiy ishlab chiqarish
vositasi bo‘lgan yer qiymati, kapital qiymati tarkibida hisobga
olinmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari asosiy kapitalining ayrim
turlari sanoat tarmoqlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish qurol va
vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar
ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadi va uning pirovard
natijasiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligi
korxonalari kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, mexa-
nizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma kapitali quyidagilardan
iborat bo‘ladi: urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati
bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari — asbob-
uskunalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, boquvga qo‘yilgan
hayvonlar, yem-xashak kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni mavsumiy
xarakterda bo‘lib, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotish
davrida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni
pul shaklidan ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari
shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqa-
rilgan mahsulotlarning miqdori, uning sifati ham yerning hosildor-
ligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy-biologik, iqtisodiy
sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan
kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir agrar xo‘jalikning
muhim vazifasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish
jarayoni mavsumiyligi korxona xo‘jaligida mavjud bo‘lgan qurol-
vositalaridan, ya’ni turli ekish agregatlari, hosilni yig‘ib-terib olish
kombaynlari kabilardan foydalanish ham mavsumiy bo‘ladi, qolgan
vaqtda esa ular bekor turadi.


213
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat jarayonlarining
mavsumiyligi sababli, yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi
bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilina-
digan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar bo‘ladi.
Masalan, qishda aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi (urug‘lik,
yem-xashak, turli oziqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida
turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning
butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib
boradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida
sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning
samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. O‘zbe-
kiston aholisining turli hududlar bo‘yicha turlicha joylashganligi,
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlarning cheklan-
ganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi.
Lekin bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar
islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
Buning natijasida hozirgi vaqtda respublikamizda dehqon, fermer
xo‘jaliklari vujudga keldi. 2017-yilning boshida fermer xo‘jalik-
larining umumiy soni 160,4 taga yetdi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish