O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

12.2. Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni
Biz yuqorida milliy iqtisodiyotning miqdoriy, sifat jihatlari
uning ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topishi va bu yalpi milliy
mahsulot ekanligini aytib o‘tdik. Yalpi milliy mahsulotning maz-
munini to‘liq anglab yetish uchun uning tushunchasini va qan-
day tarkibiy qismlardan iborat ekanligini o‘rganib chiqishimiz
zarur bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uning tushunchasiga
shunday ta’rif berilib, uning tarkibiy qismlari quyidagicha ifo-
dalanadi:


229
Shuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda milliy
mahsulotning tarkibiy qismlarini har xil talqin qiladilar, jumladan,
butun ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi, ya’ni yaratilgan
mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy
ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodimlarning mehnat
mahsulidir. Shakliga ko‘ra, u iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish
vositalaridan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy ko‘rsatkichi yalpi milliy
mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab
chiqarish faoliyatini to‘laligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish
sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidan iborat bo‘ladi.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u milliy iqtisodiyotda ma’lum bir vaqt mobaynida butunlay,
yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulot-
ning moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot
hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot bir yil davomida ma’lum bir mamlakatda
yaratilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor qiymatida
hisoblangan miqdoridir.
Sof milliy mahsulot (SMM) — miqdoran yalpi milliy mahsulotdan
(YMM) amortizatsiya ajratmalari (AA)ni chegirib olingandan so‘ng
qolgan qismidir:
SMM = YMMAA
Zaruriy
Mahsulot
Qo‘shimcha
SMMni yaratishda o‘z
mehnati bilan ishtirok
etganlarning, ishchi-dehqon
va xizmatchilarning
ishlash qobiliyatini
tiklash, oilasini
ta’minlash uchun
ketadigan mahsulot
Zaruriy
mahsulotdan
ortiqcha bo‘lgan
mahsulot
SMMning jamiyat a’zolariga ularning daromadi
sifatida tekkan qismi milliy daromad
(MD) deb yuritiladi.






230
Milliy iqtisodiyotning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida
milliy daromad ko‘rsatkichi e’tiborga loyiqdir. Milliy daromad
milliy iqtisodiyotni batafsil tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Milliy daromadni yaratilgan sof mahsulotlarning pul yoki qiymat
ko‘rinishidagi ifodasi deb aytish mumkin. Milliy daromad ko‘rsat-
kichini yanada kengaytirib sharhlasak, uning mamlakatlardagi aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori juda muhimdir. Dunyo
mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad
turlicha bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori, ya’ni u
20 ming AQSH dollaridan 40 ming AQSH dollarigacha to‘g‘ri
keladi. Rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich taraqqiy etgan
davlatlarga nisbatan ancha pastroq.
Milliy iqtisodiyotning sifat ko‘rsatkichlari ancha murakkab
tushuncha bo‘lib, ular mehnat unumdorligi, eksport va mamlakat
tashqi savdo almashuvining valuta samaradorligi, tarmoq va
korxonalar mahsulotining raqobatbardoshligini ifodalaydi. Asosiy
o‘lchov bo‘lib esa, mamlakatda ishlab chiqarilgan eksport mahsu-
lotlari evaziga qancha miqdordagi importni sotib olish imkoniyati
hisoblanadi. Eksportning valuta samaradorligi eksportdan tusha-
digan sof valuta tushumini, uni ishlab chiqarish va tashish uchun
ketgan transport xarajatlarini ifodalaydi.
Mamlakat tashqi savdo almashuvining valuta samaradorligi
bir mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashish xarajatlarini hamda
uni chetdan sotib olish va tashib keltirish xarajatlari o‘rtasidagi
nisbatni ifodalaydi. Òarmoq va korxonalar mahsulotining raqobat-
bardoshliligi uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, o‘xshash tovarlarga
nisbatan iste’mol afzalliklari farqini ko‘rsatib beradi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish