O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
chilar mamlakatni mahsulot bilan to‘la ta’minlagani holda uni
eksportga ham yetkazib berishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1920-yilda
AQSHning qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan bitta ishlovchi 4 kishini
boqa olgan, 1997-yilga kelib, esa u 96 kishini boqa oladigan mah-
sulot yaratgan.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR

Agrar munosabatlar;

agrar munosabatlarning obyekti;

ijara munosabatlari;

yer rentasi;

renta munosabatlari;

differensial renta;

differensial renta I;

differensial renta II;
1. Agrar munosabatlarning mazmuni, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rni
va xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
2. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
3. Differensial I va II, absolut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari,
manbalari va taqsimlanishini bayon eting. Monopol renta nima?
4. Absolut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsim-
lanishini so‘zlab bering.
5. «Ijara haqi» va «yer rentasi»ning farqlarini aytib bering.
6. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini va uning asosiy turlarini bayon eting.
7. Yerning alohida resurs ekanligini nimalarda ko‘rish mumkin?
8. Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar nimani ifodalaydi?
9. Monopol rentaning boshqa turlardan farq qilishini aytib bering.
10. Yer bahosi va uning o‘sib borishi deganda nimani tushunasiz?
11. Fermer xo‘jaliklarining afzalliklarini aytib bering.


225
12-bob. 
YALPI MILLIY MAHSULOT
12.1. Milliy iqtisodiyot va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy iqtisodiyot — bu ma’lum bir davlat aholisining moddiy
va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, milliy xo‘jalik
majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning yer yuzida bir necha yuz xil
turi mavjud bo‘lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk,
xitoy kabi modellari butun dunyoga mashhur. Odatda, har bir
mustaqil davlatning iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deyiladi. Hozirgi
vaqtda dunyoda 215 dan ortiq mustaqil davlatlar bo‘lsa, shuncha
milliy iqtisodiyot mavjud. Shu davlatlar qatorida o‘zining munosib
o‘rniga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston ham o‘ziga xos bo‘lgan,
«O‘zbek modeli» deb nom olgan model asosida milliy iqtisodiyotini
rivojlantirib bormoqda.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatdagi firmalar, xonadonlar
va davlat ishtirokida yuz beradigan iqtisodiy faoliyatni o‘zida
mujassamlashtiradi. Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining
asosiy tayanchi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot deyilishi uning bosh-
qalar uchun yopiqligini bildirmaydi, aksincha, u ochiq bo‘ladi,
tashqi dunyo bilan o‘zaro manfaatli aloqaga tayanadi. Biroq milliy
iqtisodiyot, asosan, o‘zining resurslariga tayanadi, milliy an’analar,
odatlar va ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini tavsiflaydigan
bo‘lsak, u boy xomashyo bazasiga ega bo‘lib, ularni qayta ishlash
va tayyor sanoat mahsulotlari darajasida o‘z aholimizning ehtiyojla-
rini to‘la qondirishga va import mahsulotlarga o‘rinbosar bo‘lgan
tovarlar ishlab chiqara olish qudratiga ega bo‘lgan milliy iqtiso-
diyotlar qatoriga kirib bormoqda. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti
hozirgi vaqtda o‘z iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash orqali
mamlakatimiz aholisi ehtiyojlarini to‘la darajada qondirishi uchun
barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Bu borada
qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining


226
birinchi Prezidenti I. A. Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy islohot-
larni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida tamomila yangi xalq xo‘ja-
ligi kompleksini yaratish bilan bog‘liq vazifalar deb quyidagilarni
ko‘rsatib bergan edi:

boshqa mamlakatlardan xomashyolar va oziq-ovqat mahsu-
lotlari keltirishni qisqartirish, ana shunday mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish;

xalq iste’moli mollarining hayotiy muhim turlariga, aholining
va xo‘jalikning ehtiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish orqali qondirish;

iqtisodiyotning mutanosib va barqaror ishlashini ta’minlash;

iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishga qaratilgan bir tomon-
lama yo‘nalishini bartaraf etish, pirovard, tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishga erishish;

respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, valuta
zaxiralarini mustahkamlash;

tarmoqlar ichidagi va hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish,
respublika hududida ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirish
va oqilona foydalanish;

mehnat resurslarining oqilona band bo‘lishini ta’minlash,
milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ishlab chiqarish sohalarini
barpo etish.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish iqtisodiyotni davlat tomonidan
boshqarishning muhim vositasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi makro-
iqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar aniq yo‘nalishda o‘tkaziladi va vaqt nuqtayi
nazaridan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar ham milliy
iqtisodiyot asoslari poydevorini yaratish, makroiqtisodiy barqaror-
likni ta’minlashdan tashqari, bozor infratuzilmasini takomillash-
tirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga qaratilgandir.
Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda asosiy e’tibor pul-kredit
siyosatiga qaratiladi. Chunki kapital mablag‘larning taqsimlanish
yo‘nalishlari moddiy resurslardan foydalanishning vazifalarini
oydinlashtiradi. Ushbu masalaga O‘zbekiston Respublikasi misolida
yondashsak, mamlakatimiz valuta fondining 70 % kapital qurilish-
larga, 15 % iste’mol bozorini o‘ta taqchil tovarlar bilan to‘ldirishga
sarflanmoqda. Qolgan 15 % esa zaxira sifatida ajratilyapti. Respub-


227
lika iqtisodiyotini davomiylik asosida isloh qilishda asosiy tarkibiy
o‘zgarishlar uning moliyaviy va ishlab chiqarish sektorlarida
o‘tkazilayotir. Davlat organlarining kredit siyosati respublika iqtiso-
diyotining bazaviy va ustuvor sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Bular — yoqilg‘i-energetika kompleksi, oltin qazib olish, xom-
ashyoni qayta ishlash, uy-joy qurilishi, eksportga yo‘naltirilgan
tarmoqlar va suv xo‘jaligidir. Bu siyosat islohotlarning birinchi
bosqichida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim tarmoqlarni
tarkibiy qayta qurish zarurati bilan bog‘liq edi.
Shunday qilib, davlatning kredit siyosati nafaqat inflatsiyani
ushlab turish va moliya munosabatlarini bozor tamoyillariga emas,
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan, milliy
iqtisodiyotimiz uchun birinchi darajali obyektlarni yaratish va
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. O‘zbekiston hukumatining
kredit siyosatida investitsiyalarning ahamiyati katta bo‘lib, budjet
mablag‘lari, bank kreditlaridan tashqari xorijiy investitsiyalar
hisobiga ham ko‘paytirilmoqda. Xorijiy investitsiyalar yordamida
chetdan texnologiya, texnika, asbob-uskunalar sotib olinishi
iqtisodiyot tarkibida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirishga, ishlab
chiqarishni esa sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat
qilayotir.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda
davlatning yetakchilik roli juda beqiyos bo‘lib, u islohotlar uchun
zarur siyosiy-huquqiy asosni yaratish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirishning vazifalari va bosqichlarini aniqlashda faol ishtirokini
ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning
natijasi sifatida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan «Kimyoviy tola»
ishlab chiqarish birlashmasi, «GM—O‘zbekiston» qo‘shma kor-
xonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘qon, Andijon,
Yangiyo‘l biokimyo korxonalari, «Qizilqum fosfor», Hazorasp
shakar zavodi kabi ko‘plab korxonalarni keltirish mumkin.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish