204
asosiy masalasini
Iste’mol xarajatlari +
Investitsiya +
Davlat
xaridlari =
Yalpi talab tashkil etadi.
J.M. Keyns iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda
eng muhim masala, bu aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni
bartaraf etish iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir deb qaraydi. Uning
fikricha, ish bilan band bo‘lish samarali taklif bilan,
taklifning
o‘zi esa aholining va tadbirkorlarning ishlab chiqarish xarajatlari
bilan belgilanadi. Bandlik, iste’mol va investitsiya bir-biri bilan
bog‘liq. Bandlik iste’molni kuchaytiradi, iste’mol va investitsiya
o‘zgarsa bandlik ham o‘zgaradi, deydi. Keyns fikricha, iste’mol
funksiyasi nisbatan barqaror, shuning uchun davlat investitsiyani
rag‘batlantirib turishi kerak.
J.M. Keyns davlat xarajatlari masalasida mamlakatdagi ayrim
samarasiz tarmoqlarni, kommunal xo‘jalik korxonalarini budjetdan
moliyalashtirish, ayniqsa, aholining ma’lum qatlamiga yordam
berish kabilarni tavsiya etadi. Budjet orqali talabni kengaytirish
ishsizlikni, oqibatda esa, ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinligini
kamaytiradi. Davlat xarajatlarining zarurligi va samaradorligini
ularni ishlab chiqarish hajmi, daromadlar, bandlikka ta’siri nuqtayi
nazaridan asoslab berish uchun J. M. Keyns «multiplikator» naza-
riyasini ishlab chiqadi.
Uning fikricha, investitsiyaning o‘sishi ishlab chiqarishga qo‘shim-
cha ish kuchini jalb qiladi, u, o‘z navbatida, qo‘shimcha daromad
va iste’molni yuzaga keltiradi. Natijada
sarflangan investitsiyaga
qaraganda ishlab chiqarish hajmi va daromad bir necha barobar ko‘p
o‘sadi. Bu natija esa multiplikator effekti deb ataladi. Chunki
investitsiyalar iqtisodiyotda o‘zgarish sodir qiladi va u xuddi zanjir-
simon reaksiya bo‘lib, har bir keyingi bosqichda so‘nib borayotgan
tarzda bo‘lsa ham YIMning bir necha marta o‘zgarishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda iste’mol bilan jamg‘arishning mutanosibligi
saqlanishiga davlat tomonidan muhim e’tibor qaratiladi, chunki
birining ortishi ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Agar
mamlakatda ko‘proq jamg‘arilsa, iste’mol
kamaytiriladi, bu, o‘z
navbatida, daromadning ham qisqarishiga olib keladi. Chunki
iqtisodiyotda bir subyektning xarajati ikkinchisining daromadi
bo‘ladi.
Daromadning pasayishi, o‘z navbatida, jamg‘arishning
pasayishiga olib keladi, kapitallashgan tovarlarga bo‘lgan talab
qisqaradi. Bu esa investitsiyaning qisqarishiga olib keladi. Demak,
multiplikator ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi.
Investitsiyaning
o‘sishi milliy daromadning multiplikativ ko‘payishiga olib keladi.
205
Ikkinchi tomondan, investitsiyaning uncha ko‘p bo‘lmagan qisqa-
rishi keskin ravishda milliy daromadning kamayishiga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda investitsiya kam bo‘lsa, ishsizlikning ko‘payi-
shiga, jamg‘arishdan ortishi esa inflatsiyaning o‘sishiga olib keladi.
Investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo‘lsa, pulni inves-
titsiya qilgandan ko‘ra, jamg‘arish qulay bo‘ladi. Agar investi-
tsiyadan olinadigan daromad pasaysa, investitsion faollik ham susayadi.
Aksincha bo‘lsa, faollik ham kuchayadi. Demak, davlat ana shu
faollikni ta’minlash uchun doimo sharoit yaratib turishi kerak bo‘ladi.
J.M. Keynsning bu nazariy modeli davlatning iqtisodiyotni
uzoq muddatga asoslangan tartibga solishiga qaratilgan. Uning
parametrlari va yo‘nalishlari har bir mamlakatning xususiyatidan
kelib chiqib, milliy iqtisodga moslashtirilishi kerak bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda bozor tizimida yashayotgan davlatlar o‘zining
fiskal
siyosatini Keyns nazariyasiga asoslanib olib borishmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisodiyotni tartibga solishning
Keyns modelining asosiy xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
davlat budjeti orqali milliy daromadning qayta taqsimlana-
digan ulushi yuqori bo‘ladi;
davlat va aralash korxonalar tashkil qilinishi, davlat tadbirkor-
ligini keng rivojlantirishga olib keladi;
iqtisodiyotning moliya-budjet va pul-kredit mexanizmlaridan
foydalanib vaziyatni barqarorlashtirish, siklli tebranishlarni tartibga
solish, bandlik darajasini ko‘tarish, iqtisodiy o‘sish sur’atini qo‘llash
uchun keng foydalaniladi.
J.M. Keyns tomonidan taklif etilgan iqtisodiyotni tartibga solish
modeli hozirgi vaqtda ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa, AQSH,
Angliya va boshqa g‘arb mamlakatlarida keng qo‘llaniladi va iqtiso-
diyotni tanglikdan olib chiqishga yordam bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: